respublika oliy ta’lim muassasalari biologiya yo‘nalishlarining 3 va 4-kurslari tahsil olayotgan iqtidorli talabalar tarkibidan alohida guruhlarda chuqurlashtirilgan o‘qitish amaliyotini yo‘lga qo‘ysin;
kadrlarga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqib, barcha qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan kollej va texnikumlarda mutaxassisliklar klassifikatsiyasini inobatga olgan holda “Dorivor o‘simliklar yetishtirish agrotexnologiyasi” yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘ysin.
11. O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi (N.J.Bakirov) ikki oy muddatda:
O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi huzuridagi Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash ilmiy-ishlab chiqarish markazi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash ilmiy-ishlab chiqarish markazining ilmiy salohiyatini oshirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
12. Markaz Toshkent viloyati, Toshkent tumani, Darxon qo‘rg‘oni, Chimkent yo‘li ko‘chasi, 2-uyda joylashgan Ijtimoiy-iqtisodiy kasb-hunar kollejining foydalanilmasdan turgan binosiga joylashtirilsin.
13. O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi (N.J.Bakirov) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
14. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir o‘rinbosari Sh.M.Ganiyev belgilansin.
Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.A.Gulyamov zimmasiga yuklansin.
Do'stlaringiz bilan baham: |