«Dorivor o’simliklarni yetishtirish texnologiyasi» fanidan kurs ishi mavzu: Qush toron (Гореи птичий) Polygonum aviculare L


Download 0.8 Mb.
bet2/6
Sana09.06.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1473995
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Qushtoron Sa\'dullayeva Sarvinoz

Yovvoyi holda o‘suvchi dorivor o‘simliklarni muhofaza qilish, madaniy holda yetishtirish, qayta ishlash va mavjud resurslardan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Respublikada so‘nggi yillarda dorivor o‘simliklarni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, dorivor o‘simliklar yetishtiriladigan plantatsiyalar tashkil etish va ularni qayta ishlash borasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.
Mahalliy floraga mansub 4,3 mingdan ortiq o‘simliklarning 750 ta turi dorivor hisoblanib, ulardan 112 ta turi ilmiy tibbiyotda foydalanish uchun ro‘yxatga olingan, shundan 70 ta turi farmatsevtika sanoatida faol qo‘llanib kelinmoqda.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining 2020yil 1-maydan boshlab dorivor o‘simliklarni yetishtirish, saqlash, birlamchi yoki chuqur qayta ishlash

  2. Asosiy turdagi dorivor o‘simliklarni yetishtirishga ixtisoslashtiriladigan hududlar ro‘yxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar hokimlari dorivor o‘simliklar klasterlarini tashkil etishda iqtisodiy jihatdan barqaror faoliyat yuritayotgan, zarur infratuzilma obyektlari, shuningdek, molmulk va boshqa vositalarga ega bo‘lgan salohiyatli yuridik shaxslarni tanlash va shakllantirishga shaxsan mas’ul hisoblanadi.
I BOB. Qush toron (Горей птичий)Polygonum aviculare L ni yetishtirish texnologiyasi

I.1Toron turkumi turlari


Toron (Polygonum) turkumi. Turlari poyalari tik, yer bag'irlab, ba’zan chirmashib o'suvchi o't yoki butachalardir. Gullari ikki jinsli, to'g'ri, barg qo'ltig'ida yoki poyaning uchidagi shingilsimon to'pgulda yig'ilgan. Gulqo'rg'on bargchalari doirada 5 tadan joylashgan. Changchilari 5—8 ta, urug'chisi 1 ta 2—3 mevachabargdan iborat. Mevasi gulqo'rg'on bilan o'ralgan yong'oqchadir.
O'zbekistonda toronlarning 44 turi tarqalgan.
Qizil tasma, qush tili (P. avicularc) poyasi yer bag'irlab, ba’zan tik o'sadigan, gullari oq, mayda, barg qo'ltig'idan chiqadigan, changchilari 5 ta, yong'oqchasi tuxumsimon o't. Hamma yerda, ayniqsa kamsuv joylarda, yo'l chetlari, tashlandiq maydonchalarda o'sadi. Qush tili, qizil tasma – P. aviculare.
Bir yillik o‘t-o‘simlik, poyasi yarim yotib o‘sadi. Bu o‘simlik hamma yerda mavjud, mollar va parrandalarga beriladi, meditsinada undan qon to‘xtatadigan dori olinadi.
Suv murchi, suv qalampiri (P. hydropirer) poyasi tik, silliq, qizg'ish, bir yillik o't. Zax yerlarda, buloqlar va tog' soylari bo'yida, botqoqlik hosil bo'lgan yerlarda o'sadi. Bargida achchiq ta’mi bor, dorivor o'simlik.

1-rasm Turlari

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling