Dorivor òsimliklar fandango test savollari


Download 9.59 Kb.
Sana09.06.2023
Hajmi9.59 Kb.
#1471864
Bog'liq
Mashhura dorivor


Dorivor òsimliklar fandango test savollari
1. Alkaloidli o‘simliklarni tekshirish ishlari kim rahbarligida boshlangan?
A) akademik A.P.Orexov
B) akademik A.M.Gammerman
C) akademik F.A.Satsiperov
D) akademik I.A.Muravev
2.Vitamin terminini ishlatishni kim, qachon tavsiya etgan?
A) K.Funk, 1912 yil
B) S.Yunusov, 1943 yil
C) K.Funk, 1918 yil
D) K.Tpapp, 1858 yil
3. Na'matakning nechta turi bor?
A) 13ta B) 14ta C)7ta D) 9ta
4. Efir moyi o‘simliklar tarkibida necha foizgacha uchraydi?
A) 0,001-20 %
B) 0,001-2 %
C) 0,01-0,2 %
D) 0,01-20 %
5.Efir moyli o‘simliklar qanday muhitni yoqtiradi?
A) issiqlik va yorug‘lik
B) namlik va yorug‘lik
C) issiqlik va namlik
D) salqin va namlik
6. Qaysi polisaxarid moddaning suvli eritmasi sovutilsa jele hosil bo‘ladi?
A) pektin moddalar
B) shilliq moddalar
C) daraxt yelimlari
D) kraxmal
7. Biologik faol moddalar meva va urug‘larda qaysi vaqtda ko‘p to‘planadi?
A) meva va urug‘lar to‘liq yetilganida
B) meva va urug‘lar dumbul vaqtida
C) meva va urug‘lar pishishga o‘tish vaqtida
D) meva endi shakllana boshlaganida
8. Na'matakning qaysi turida gullari sariq bo‘ladi?
A) Qo‘qon na'matak
B) Bigger na'matak
C) Tikanli na'matak
D) May na'matak
9. Tibbiyotda va farmasevtikada nechta o‘simlikdan olingan kraxmal ishlatiladi?
A)4
B) 3
C) 5
D) 6
10. Tog‘ jambili ( tymus vulgaris) o‘simligining bo‘yi necha sm?
A) 40-60sm
B) 30-40sm
C) 60-80sm
D) 90sm
11. Qaysi o‘simlik mevasi turli vitaminlar saqlovchi polivitaminli mevalarga kiradi?
A) na'matak
B) sebarga
C)kiyiko‘t
D) yalpiz
12. .Dorivor gulxayri preparatlari qanday dori vositasi sifatida ishlatiladi?
A) balg‘am ko‘chiruvchi va yumshatuvchi
B) nafas yo‘llarini yumshatuvchi
C) o‘rab oluvchi
D) balg‘am ko‘chiruvchi
13. Kurtaklar qanday vaqtda yig‘iladi?
A) erta bahorda, bo‘rtish paytida
B) bahorda, tinim davri tugamasdan
C) erta bahorda, o‘sa boshlagan paytida
D) erta bahorda, ochilgan paytida
14. Polisaxarid moddalar berilgan qatorni belgilang:
A) kraxmal, shilliq moddalar, pektin moddalar
B) kraxmal, ballast moddalar, pektin moddalar
C) ballast moddalar, shilliq moddalar
D) kraxmal, shilliq moddalar, oqsil moddalar
15. Shilliq moddalar odatda necha guruhga bo‘linadi?
A) 2
B) 3
C) 4
D)5
16. Rozmarin ( rosmarinus officinalis) qaysi oilaga kiradi?
A) labguldoshlar (Labiatae)
B) Dukkakdoshlar (Fabaceae)
C) Ra'noguldoshlar (Rosaceae)
D) Chinniguldoshlar (Caryophyllaceae)
17. Achchiq bodom urug‘ida qaysi modda bo‘lgani uchun urug‘idan moy olayotganda suv aralashib ketishiga yo‘l qo‘yilmaydi ?
A) amigdalin
B) etil spirt
C) fenol
D) benzol
18. .Qanday o‘simliklarning yer ostki organlarini kovlash qat’iyan man etiladi?
A) gullab turgan o‘simliklarning
B) buta va ko‘p yillik o‘simliklarning
C) gulli o‘simliklarning
D) bir yillik o‘simliklarning
19. Yog‘ issiq preslab olingan bo‘lsa, unga kislota qo‘shilgandan so‘ng qanday rangga kiradi?
A) qorayadi
B) ko‘karadi
C) qizaradi
D) sarg‘ayadi
20. Yer ostki qismlari dorivor mahsulot beradigan o‘simliklarlarga qanday o‘simliklar kiradi?
A) yorongul, yetmak, otquloq
B) sebarga , beda, g‘o‘za
C) yorongul, yalpiz, tog‘ jambili
D) rozmarin, na'matak
21. Efir moylarini ishlab chiqaruvchi va saqlovchi organlar qaysilar?
A) bezsimon dog‘lar, bezli tuklar, maxsus bezlar
B) barglar, bezli tuklar, maxsus bezlar
C) bezsimon dog‘lar, bezli tuklar, barglar
D) bezsimon dog‘lar, barglar, maxsus bezlar
22. Oddiy isiriq (adraspan) qaysi oilaga kiradi?
A) tuyatovondoshlar (zygophyllaceae)
B) ituzumdoshlar ( solanaceae)
C) torondoshlar ( polygonaceae)
D) dukkakdoshlar ( fabaceae)
23. .Nechanchi yilda S.Yu.Yunusov boshchiligida qanday laboratoriya tashkil etildi?
A) 1943 yil, alkaloidlar laboratoriyasi
B) 1931 yil, alkaloidlar va glikozidlar laboratoriyasi
C) 1943 yil, narkotiklarni o‘rganish laboratoriyasi
D) 1933 yil, alkaloidli o‘simliklar laboratoriyasi
24. Vitaminlar erituvchilarda erishiga qarab necha guruhga bo‘linadi?
A)2
B) 3
C) 4
D) 5
25. Yer usti qismlari dorivor mahsulot beradigan o‘simliklarga qanday o‘simliklar kiradi?
A) na'matak, sebarga, kiyiko‘t
B) otquloq, sebarga, yalpiz
C) yorongul, yetmak, yalpiz
D) yetmak, na'matak, otquloq
Download 9.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling