Dorixona loyihasi, jihozlanishi va obodonlashtirishga gigiyenik talablar
Download 71.97 Kb.
|
Dorixona loyihasi
Dorixona loyihasi, jihozlanishi va obodonlashtirishga gigiyenik talablar. Dorixona sog‘liqni saqlash tizimiga taalluqli muassasalaridan biri bo‘lib hisoblanadi, u davolash-profilaktika muassasalarini va aholini dori preparatlari, sanitariya va boshqa tibbiyot mollari bilan o‘z vaqtida ta’minlaydi. Tayyorlash va saqlashda gigiyenik rejimlarga qattiq rioya qilish zarur. Shuning uchun dorixonada olib boriladigan gigiyenik tekshiruvlarning natijasiga ko‘ra, dorixonaga qo‘yiladigan gigiyenik talablarni o‘rganish ishning asosiy maqsadi hisoblanadi. Dorixonada sanitar-gigiyenik talablarining buzilishlarini aniqlash, shuningdek zararli ishlab chiqarish omillarining dorixona ishchilariga ta’siri natijasida kelib chiqadigan kasb kasalliklarini aniqlashdan iborat. Dorixona ishchilariga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash asosiy maqsad bo‘lib hisoblanadi. Dorixonaga qo‘yiladigan gigiyenik talablar: dorixona yer maydoniga gigiyenik talablar; dorixona jihozlari, xonalar ichining loyihalashga va jihozlashga qo‘yiladigan gigiyenik talablar; xonalarni tozalash, dorixona jihozlarini saqlash va avaylashga qo‘yiladigan sanitariya talablari; tozalangan suv va infeksiya uchun suvlarni qabul qilish, saqlash va jo‘natishga qo‘yiladigan sanitariya talablari; dori preparatlarini aseptik sharoitda tayyorlashga qo‘yiladigan gigiyenik talablar; steril dori shakllarini tayyorlashga qo‘yiladigan gigiyenik talablar. Download 71.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling