Dorixona loyihasi, jihozlanishi va obodonlashtirishga gigiyenik talablar
Download 71.97 Kb.
|
Dorixona loyihasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Derazalarning orientatsiyasi.
Yorug‘lik iqlimi. Quyosh nurlarining intensivligi joyning geografik kengligi, quyoshning nechog‘li baland turganligi, havoda bulut bor-yo‘qligi va atmosfera havosining nechog‘li
musaffoligiga qarab o‘zgarib turadi. Tabiiy yorug‘lik bilan yoritilish darajasining mazkur joyda kun soatlari va yil oylari sari o‘zgarib turishi o‘sha joyning yorug‘lik iqlimi deb ataladi. Qurilishni loyihalashtirishda yorug‘lik iqliminiig shart-sharoitlari hisobga olinadi: shu sharoitlarga qarab binolar hammadan qulay qilib (kungay tomonga yoki terskay tomonga qaratib) solinadi, deraza o‘rinlari va normal yorug‘ tushib turishi uchun zarur deraza yuzalari shu sharoitlarga qarab tanlanadi va olinadi. Derazalarning orientatsiyasi. Derazalarning kunga yoki teskari tomonga qaragan bo‘lishi binolarning tabiiy yorug‘lik bilan yoritilishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Binolarning kunga tomonga nisbatan to‘g‘ri qurishni derazalar orqali xonalarga tik quyosh nurlari tushib turishiga imkon beradi, bu - sog‘lomlashtiruvchi kuchli omildir. Turarjoy binolarida gigiyena nuqtai nazaridan har bir xonaga tik quyosh nurlari tushadigan va yilning har qanday faslida ham xonaga imkoni boricha uzoqroq oftob tushib turadigan bo‘lishi zarur deb hisoblamoq kerak. O’z-o‘zidan ravshanki, binoni qaysi tomonga qaratib qurish kerakligini aniqlashda iqlim xususiyatlarini hisobga olmoq lozim: bir tomondan xonalarga tik quyosh nurlari yetarlicha tushib turadigan bo‘lishi, ikkinchi tomondan esa yilning issiq faslida xonalarning ortiqcha qizib ketishiga yo‘l qo‘yilmaydigan bo‘lishi kerak. Mo‘‘tadil iqlimda (45° shimoliy kenglikdan shimolroqda) turarjoy xonalarining derazalari janubi-sharq, janubga qarab turadigan bo‘lsa, hammadan qulay xisoblanadi. Download 71.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling