Dorixona muassasalari tomonidan tayyorlanadigan va idishlarga joylanadigan dori vositalarini tashqi bezagiga doir qoidalarni tasdiqlash


Download 343.34 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana08.02.2023
Hajmi343.34 Kb.
#1176852
1   2   3   4
Bog'liq
1129-сон 18.04.2002. Dorixona muassasalari tomonidan tayyorlanadigan va idishlarga joylanadigan dori vositalarini tashqi bezagiga doir qoidalarni tasdiqlash haqida 1675766758054

Vazir F.G‘. NAZIROV
Toshkent sh.,
2002-yil 15-aprel,
177-son
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni 
saqlash vazirligining 2002-yil 15-apreldagi 
177-sonli 
buyrug‘i
bilan 
TASDIQLANGAN
Dorixona muassasalari tomonidan tayyorlanadigan va idishga joylanadigan dori vositalarini
tashqi bezagiga doir
QOIDALAR
Ushbu qoidalar O‘zbekiston Respublikasi “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi
Qonunining 
9-moddasiga
muvofiq ishlab chiqilib, mulkchilik shaklidan qat’i nazar dorixona
muassasalari tomonidan tayyorlanadigan va idishga joylanadigan dori vositalarini tashqi bezashda
qo‘llaniladi.
I. UMUMIY QOIDALAR
1. Mazkur qoidalar mulkchilik shaklidan qat’i nazar barcha dorixona muassasalari uchun
taalluqlidir.
2. Dorixona muassasalari tomonidan tayyorlanadigan va idishga joylanadigan dori vositalarini
tashqi bezashda tegishli yorliqlardan foydalaniladi, ularni qo‘llanilishiga qarab quyidagilarga
bo‘linadi hamda tegishli ajratish rangli hoshiyalar bilan farqlanadi.
a) “Sirtqi” — to‘q sariq rangli;


b) “Ichish uchun” — yashil rangli;
v) “Ko‘z tomchisi” — pushti rangli;
g) “Ko‘z surtmasi” — pushti rangli;
d) “Inyeksiya uchun” — ko‘k rangli.
3. Dorixona muassasalari tomonidan tayyorlanadigan va idishga joylanadigan dori vositalarini
tashqi bezashda ishlatiladigan yorliqlarning barchasida quyidagi shartli belgi va yozuvlar bo‘lishi
kerak:
a) emblema (ilon o‘ralgan vaza);
b) dorixonaning nomi;
v) dorining nomi;
g) qo‘llash usuli;
d) Bolalardan ehtiyot qiling;
e) Salqin va yorug‘lik tushmaydigan joyda saqlansin degan ogohlantiruvchi yozuvlar;
j) “Sirtqi” ishlatiladigan surtma dorilar yorlig‘ida “Surtma” degan, “Ichish uchun” ishlatiladigan
kukun dorilar yorlig‘ida “Kukun dori” degan yozuv, “Ko‘z tomchisi” dorisi yorlig‘ida tomchi va
ko‘zning rasmi, “Ko‘z surtmasi” dorisi yorlig‘ida ko‘zning rasmi, “Inyeksiya” uchun ishlatiladigan
dorilar yorlig‘ida “Sterillangan” degan yozuv hamda ignali shprits rasmi bo‘ladi.
4. Alohida saqlash sharoitini, ehtiyotlik bilan ishlatishni talab qilinadigan dori vositalariga
asosiy yorliqdan tashqari, qo‘shimcha ogohlantiruvchi yozuvlar yopishtiriladi (
1-sonli ilova
). Ular
quyidagi matnda davlat tilida yoziladi va tegishli ajratish ranglarga bo‘yaladi:
a) “Qo‘llashdan oldin chayqatilsin” — asosi oq rangda, harflari yashil;
b) “Yorug‘lik tushmaydigan joyda saqlansin” — asosi ko‘k rangda, harflari oq;
v) “Salqin joyda saqlansin” — asosi havo rangda, harflari oq;
g) “Bolalar uchun” — asosi yashil rangda, harflari oq;
d) “Ehtiyotlik bilan!” — asosi oq rangda, harflari qizil;
e) “Yurak dorisi” — asosi to‘q sariq rangda, harflari oq;
j) “Olovdan saqlang” — asosi qizil rangda, harflari oq.
5. Yorliqlar dori vositalari solinadigan idish hajmiga va turiga qarab quyidagi o‘lchamlarda
bo‘ladi:
a) hajmi 10 ml/dan 100 ml bo‘lgan idishlar uchun — 63x30 mm;
b) hajmi 100 ml/dan 200 ml bo‘lgan idishlar uchun — 90x48 mm;
v ) hajmi 200 ml/dan katta bo‘lgan idishlar uchun — 120x65 mm;
g) dorilarga ishlatiladigan karton quti, qog‘oz paketlar uchun — 70x50 mm;
d) hajmi 10 gr/dan 30 gr bo‘lgan bankalar uchun — 66x20 mm;
e) hajmi 30 gr/dan katta bo‘lgan bankalar uchun — 81x27 mm.
6. Ogohlantiruvchi yozuvlar yorliqlarining o‘lchami — 10x50 mm.
7. Sham dorilar, tibbiyot qalamchalari va burun tomchicini tashqi bezashda “Sirtqi” yorlig‘i
ishlatiladi va dori turi qo‘lda yozib qo‘yiladi.
8. Dorixonalar tomonidan tayyorlanadigan va idishga joylanadigan dori vositalarini tashqi
bezashda ishlatiladigan yorliqlarni tipografiya usulida tayyorlatish yoki tegishli shtamplardan
foydalanish mumkin. Ularning matni davlat tilida yoziladi. Shtamplardan foydalanilganda yorliqlar
umumiy qoidalarning 
2-bandiga
asosan tegishli ajratish ranglariga bo‘yaladi.
9. Yorliqda dori vositasining nomi lotin alifbosida, bemorning ismi familiyasi, buyurtma
raqami, qo‘llash usuli, tayyorlangan sanasi, yaroqlilik muddati, seriyasi, tahlili, bahosi, tayyorlagan,
tekshirgan va ruxsat bergan mutaxassislarning familiyasi davlat tilida qo‘l bilan yoziladi.



Download 343.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling