Dorixona muassasalari tomonidan tayyorlanadigan va idishlarga joylanadigan dori vositalarini tashqi bezagiga doir qoidalarni tasdiqlash


Download 343.34 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana08.02.2023
Hajmi343.34 Kb.
#1176852
  1   2   3   4
Bog'liq
1129-сон 18.04.2002. Dorixona muassasalari tomonidan tayyorlanadigan va idishlarga joylanadigan dori vositalarini tashqi bezagiga doir qoidalarni tasdiqlash haqida 1675766758054



Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.02.2017
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRINING
BUYRUG‘I
DORIXONA MUASSASALARI TOMONIDAN TAYYORLANADIGAN VA IDISHLARGA
JOYLANADIGAN DORI VOSITALARINI TASHQI BEZAGIGA DOIR QOIDALARNI TASDIQLASH
HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2002-yil 18-aprelda 1129-son bilan davlat
ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
Respublika hududida faoliyat ko‘rsatayotgan mulkchilik shaklidan qat’i nazar dorixona
muassasalari tomonidan tayyorlanadigan va idishga joylanadigan dori vositalarini sifati, saqlash
sharoitlari, yaroqlilik muddati, ularni to‘g‘ri va o‘z vaqtida ishlatilishi ustidan nazoratni kuchaytirish
va tashqi bezagini yagona tartibini joriy qilish maqsadida, buyuraman:
1. “Dorixona muassasalari tomonidan tayyorlanadigan va idishga joylanadigan dori vositalarini
tashqi bezagiga doir 
qoidalar
” tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq 2002-yil 1-iyuldan kuchga kiritilsin.
3. Ushbu buyruq kuchga kiritilishi munosabati bilan SSVning 2002-yil 30-yanvardagi 35-son
buyrug‘i o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur buyruq kuchga kirishi munosabati bilan sobiq SSSR Sog‘liqni saqlash vazirligining
1972-yil 19-iyuldagi 583-sonli “Dorixona muassasalari tomonidan tayyorlanadigan dori vositalarini
tashqi bezashni yagona qoidalarini tasdiqlash haqida”gi va unga qo‘shimcha 1982-yil 4-iyunda
chiqarilgan 530-sonli buyruqlari O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘llanilmasin.
5. Sog‘liqni saqlash vazirligi Davolash profilaktika yordami Bosh boshqarmasi boshlig‘iga (F.O.
Ilxomov), ushbu buyruqni barcha tibbiyot va dorixona muassasalari rahbarlariga yetkazish vazifasi
topshirilsin.
6. Mazkur buyruqni ijrosi ustidan nazoratni vazirning birinchi muovini D.A. Asadov va vazir
muovini M.X. Xodjibekovlar zimmasiga yuklatilsin.

Download 343.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling