Dorixona qidiruv mobil ilovasini ishlab chiqish


Download 212.18 Kb.
bet3/9
Sana03.06.2024
Hajmi212.18 Kb.
#1899112
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Rajabova Gulshira

1.2 Muxitni sozlash

Android platformasiga ilova yaratish uchun sizda Java dasturlash tilida (yoki Kotlin),Android APIs, va Android application architecture dan xabaringiz bo’lishi kerak.Bundan tashqari, yana bir muhim yordamchi albatta foydali, har tomonla qulay sharoitga ega bo’lgan dastur kerak.Ko’p yillar davomida, Eclipse IDE Android dasturlash uchun ishlatilib kelindi.Lekin bugun Android Studio o’zining imkoniyatlari bilan yetakchilikni qo’lga oldi.


Android Studio
Android Studio Google ning Android ilovalarini qurish uchun ishlab chiqqan rasmiy IDE hisoblanadi.Bu IDE IntelliJ IDEA asosida qurilgan, bu IDE dasturchilarga kerakli bo’lgan ko’plab foydali imkoniyatlarni taqdim etadi.


Android Studioni Ko’chirish (Download)


Google Android Studioni Windows, Mac OS X va albatta Linux platformalari uchun ishlab chiqqan.Siz Android studioni Android Studioni rasmiy sahifasidan ko’chirib olishingiz mumkin, u yerda siz Android Studioga kerak bo’ladigan SDK ni ham topishingiz mumkin bo’ladi.Android Studioni ko’chirishdan oldin o’zingizni kompyuteringizni tuzilishiga qarab chiqing:
Android Studionni Windows 10 x64-bit ga o’rnatish
Ko’chirib bo’lganingizdan so’ng sizda xuddi shu ekran ochilishi kerak. Android Studio Setup (Figure 1)

Next tugmasini bosgan holda keyingi oynaga o’tamiz, ya’ni Android Virtual Device paneliga (AVD).


Finish tugmasi bosilishi bilan Android Studio avtomat ishga tushadi va birinchi bo’lib sizdan android studioga tegishli loyihani ya’ni proektni ochishni yoki ochmaslikni so’raydi.


So’nggi qism barcha kerakli fayllar yuklash jarayoniga ham yetib keldik.Finish tugmasini bosib bir oz kutamiz kerakli fayllarni yuklash jarayoni bir oz muddatni o’z ichiga oladi.



Finish tugmasini bosgan holda Welcome Android Studio oynasiga o’tamiz.

Shu bilan bizni Android Studioni o’rnatish jarayoni yakunlanadi va biz o’zimizni birinchi Android dagi loyihamizni Start a new Android Studio project tugmasi orqali ishga tushiramiz.
Android Studio sizdan loyihangiz uchun kerakli faktorlarni tanlashingizga imkoniyat beradi ya’ni target devices… Buni boshida shunday qoldirsangiz ham bo’ladi va Next.
Endi activityni sozlashga ham keldik, o’zingiz uchun kerak bo’ladigan activity turini tanlang va davom ettiring Next. (Men Empty Activity da davom ettirdim).

Bundan so’ng sizda ushbu oyna ochiladi. Next
Birinchi marta Android Studioni o’rnatsangiz xuddi shu oynaga duch kelasiz bunda Android Studio constraint layoutga tegishli bo’lgan bir ikki fayllarni yuklab oladi bu sizga user interfaceni hosil qilish uchun kerak bo’ladi.

Download 212.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling