- Agar murakkab poroshoklar tarkibiga buyovchi moddalar kirsa (akrixin, etakridin laktat, riboflavin, metilen kuki, brilliant yashili va boshqalar), ular bilan poroshok tayyorlaganda alohida hovoncha va tarozilar ishlatiladi.
- Dori moddalarni bo‘yovchi xususiyatga ega bo‘lishi va kam miqdorda yozilganligi uchun, havoncha va dastani ifloslanishi oldini olish maqsadga muvofiqdir.
- Tayyorlash vaqtida rangli moddalar rangsiz moddalar o’rtasiga solib tayyorlanadi.
Rp.: Riboflavini 0,01 Rp.: Riboflavini 0,01 Sacchari 0,2 Misce fiat pulvis Da tales doses N6 Signa. Kuniga bitta poroshokdan 3 mahal ichilsin. Pasporti: Riboflavin 0,06 g 0,01*6=0,06g qand poroshogi 1,2g 0,2*6 =1,2 mumumiy =0,06q1,2=1,26g m 1 ta poroshokning og‘irligi 1,26∕6=0,21 g Bu retseptni 2 xil tayyorlanishi mumkin: 1- usul rangli moddalar bilan poroshoklar tayyorlash. Tayyorlanishi: hovonchaga 1,2 g qand kukunini solib maydalanadi. Maydalangan qandning 1 qismini xavonchada qoldirib, uning ustiga 0,6 g riboflavin solinadi, yaxshilab aralashtiriladi va olib qo‘yilgan rangsiz modda qanddan oz ozdan solib, aralashtirish davom ettiriladi. Bir xil rangli aralashma hosil bo‘lgandan so‘ng, tayyor poroshokni 0,21 g dan 6 ta mumli kapsulaga qadoqlanib, qog‘oz xaltachaga solinadi. 2- usul bo‘yovchi moddalar bilan poroshoklar tayyorlash Tayyorlanishi: havonchaga rangsiz moddaning qolgan qismi solinib, asta sekin bir xil rangli massa xosil bo‘lguncha aralashtiriladi. Kukunlar tayyorlashning xususiy texnologiyasi - Ekstraktlar (Extractum) deb, o‘simlik xom ashyosidan biologik faol moddalar suv, spirt, efir yoki boshqa ajratuvchilar yordamida ajratib olingan va ajratuvchisi qisman, ba'zan butunlay bug‘latilgan ajratmalarga aytiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |