Kafedra: Dori turlari texnologiyasi Bajardi: Xoshimova Rayhona. 318-A guruh Tekshirdi: Aliqulova Azizaxon Reja: - Qattiq dori turlari: kukunlar
- Kukunlar tayyorlashning alohida hollari: to’zg’uvchi, qiyin maydalanuvchi, bo’yo’vchi va ekstraktlar bilan kukunlar tayyorlash
Kukunlar Qattiq dori turi hisoblanib, yuqori maydalanganlik darajasiga ega bo’ladi. Shu sababli kukunlar qattiq dori turlari ichida eng yaxshi ta’sir ko’rsatadi. Kukunlarning tayyorlanish texnologiyasi - Poroshoklar tayyorlash - maydalash, elash, aralashtirish, dozalash va qadoqlash kabi jarayonlarni o‘z ichiga oladi.
- Keltirilgan jarayonlar kukun texnologiyasida to‘la bo‘lishi yoki ba'zi bir jarayonlarning bo‘lish-bo‘lmasligi dori tarkibi, uning qo‘llanilishi va tarkibga kirgan dori moddalarning xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi.
- Kukunlarning maydalilik darajasi, tayyorlanishi, qadoqlash usullari ham shu xususiyatlariga qarab tanlanadi.
Kukunlar Kukunlar tayyorlashning xususiy texnologiyasi Qiyin maydalanadigan moddalar bilan poroshoklar tayyorlash - Qiyin maydalanadigan moddalarga yod, kamfora, mentol, timol, fenilsalitsilat, benzonaftol, salitsilat kislota, tetraborat natriy, streptotsid va boshqalar kiradi.
- Bularni maydalash uchun uchuvchan erituvchilar ishlatiladi. Erituvchilar sifatida spirt, efir, spirt-efir aralashmasi ishlatiladi.
Rp.: Camphorae 0,1 Rp.: Camphorae 0,1 Sacchari 0,2 Misce fiat pulvis Da tales doses N 6 Signa.Bitta poroshokdan 3 mahal ichilsin. Pasporti: Kamfora 0,6 g 0,1*6=0,6 g qand poroshogi 1,2 g 0,2*6 =1,2 mumumiy =0,6q1,2=1,8 g m (1 ta poroshokning og’irligi) = 1,8∕6=0,3 g Tayyorlanishi: hovonchaga 1,2 g qand kukuni solinib maydalanadi va u kapsulaga olib quyiladi. So‘ngra hovonchada 0,6g kamfora bir necha tomchi etil spirti bilan birga maydalanadi, maydalash, to erituvchi uchib ketgunga qadar davom ettiriladi. Keyin unga oz-ozdan kapsuladagi olib qo‘yilgan qand kukuni qo‘shib aralashtiriladi, toki bir xil poroshok hosil bo‘lguncha. Tayyor poroshok 6 ta pergament qog‘ozga 0,3g dan qadoqlanadi. So‘ngra kogoz xaltachaga joylashtirilib, yorlig‘i yopishtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |