Dorixona xodimlarining shaxsiy gigiyena qoidalari


TOZA XONALARGA QO’YILADIGAN GIGIYENIK TALABLAR


Download 22.39 Kb.
bet3/5
Sana05.01.2022
Hajmi22.39 Kb.
#203007
1   2   3   4   5
Bog'liq
Dorixonadagi xodimlarning

TOZA XONALARGA QO’YILADIGAN GIGIYENIK TALABLAR

Umumiy holatlar Toza xonalardan foydalanganda belgilangan tozalik sinfini muntazam

saqlab turishga qaratilgan chora-tadbirlar kompleksi bajariladi. Toza xonalardan foydalanish

tartibi ISO 14644-5 ―Toza xonalar va ular bilan bog’liq nazorat qilinadigan muhitlar. 5 -qism.

Ekspluatatsiya‖ standarida belgilangan. Toza xonalardan foydalanishni tashkil qilishda barcha

ishlarni bajarish tartibini belgilab olish lozim, buning uchun quyidagi savollarga javob berish

kerak: qanday ish bajariladi (ishning predmeti), qanday bajariladi (ishni bajarish

texnologiyasi), ijrochi kim, nimalar bilan ishlanadi (uskunalar, materiallar va h. k. lar

ro’yxati), qanday hujjatlar bo’yicha ishlanadi (yo’riqnomalar va h. k. ).

Toza xonalar tizimidagi kritik jihat – xodimlardir, agar bunday xonalarda tegishli

tayyorgarligi bo’lmagan va bunday maqsadlarga mos kelmaydigan xodimlar ishlasa, loyiha

eng yuqori darajada ishlab chiqilgan bo’lsa ham toza xonadan foydalanish ko’zlangan

maqsadni bermaydi, uni tashkil etishga sarflangan mablag’lar zoye ketadi.

Toza xonalardan foydalanishda kritik omillarni yetarlicha hisobga olmaslik toza

xonaning ifloslanishiga va mahsulot sifatining pasayishiga olib keladi. Rejali tartibda xavf

omillari ustidan nazoratni yo’lga qo’yish va iflosliklarni aniqlash bo’yicha harakatlarni

belgilab olish kerak.


Download 22.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling