Dorixona xodimlarining shaxsiy gigiyena qoidalari
XODIMLARGA QO’YILADIGAN GIGIYENIK TALABLAR
Download 22.39 Kb.
|
Dorixonadagi xodimlarning
XODIMLARGA QO’YILADIGAN GIGIYENIK TALABLAR
Toza xonalarga qo’yiladigan shaxslar: shaxsiy gigiyena talablariga rioya qilishi; toza xonalardagi xulq-atvor qoidalarini bajarishi; sog’lig’i bo’yicha toza xonalarda ishlashga qarshi ko’rsatmalarga ega bo’lmasligi; ishga qo’yilishdan oldin o’quv kursida o’qib chiqishi va keyinchalik muntazam takror o’qitilishi; barcha yo’riqnomalar va ish reglamentlariga qat‘iy rioya etishi lozim. Muhim omil – xodimlarning tozalikni saqlashga ijobiy munosabati, ularning saranjom-sarishtaligi, tartibliligi, qoidalarga qat’iy rioya qilishga moyilligi, ishonchliligidir. Xodimlarning o’zlari va boshqalarning xatolarini va kamchiliklarini qayd qilish va tahlil qilishga, ishdagi barcha buzilishlar haqida ma‘lum qilishga tayyorligi texnologik jarayondagi xavf-xatarlarni tahlil qilish va uchun asos yaratadi va belgilangan tozalik darajasini saqlashga imkon beradi. Ammo aynan ularning bajarilishi alohida shaxslar uchun muayyan qiyinchiliklarni tug’diradi. Shu bilan bir vaqtda, tozalik va tartibga so’zsiz rioya qilish – bu samarali ishlashning majburiy sharti bo’lib, ularni bajarmasdan toza xonaga yaqinlashish ham mumkin emas! Tana yuzasi maydoni o’rtacha 1,75 kv. m ni tashkil qiladi. Tashqi teri qoplamasi bir necha kunda yangilanadi, bunda odam har haqiqada 0,5 mkm o’lchamli bir necha yuzlab va millionlab zarrachalar ajratadi. Ajralayotgan zarrachalarning bir sutkalik umumiy massasi 10 g ga teng. Alohida xavfni mikroorganizmlar tug’diradi. Ularning ko’payishi uchun uchta shart zarur: issiqlik, namlik va ozuqa muhiti. Tananing ko’pchilik qismlarida bu sharoitlar o’zaro uyg’unlikda mavjud, bular, birinchi navbatda, bosh, soch qoplamalari, burun, og’iz, quloqlar, tirnoq va ular atrofidagi bo’shliq, odamning kiyim ostida yashiringan joylari. Bunday joylar tozaligiga alohida e‘tibor berish kerak. Toza xonaga kirayotgan har bir kishi: xonaga kirishdan oldin qo’llarini yaxshilab yuqishi, steril zonalarga kirishdan oldin qo’llarni bilakkacha yuvishi; xojatxonadan chiqqandan keyin qo’l yuvishi; qo’li bilan burnini artmasligi; og’iz bo’shlig’ini ozoda tutishi va tishlarini muntazam tozalashi; ozoda kiyinishi lozim. Xodim uydan chiqayotganda u bir kun oldin nima bilan shug’ullanganini (dala holida ishlash, avtomobilni tuzatish, uy hayvonlarini parvarishlash, sport o’yinlari va h. k. ) eslab, o’zini tartibga keltirishi lozim. Xodimni ishga qabul qilish paytida mehnat shartnomasiga maxsus bo’lim kiritib, unda xodimning shaxsiy gigiyena bo’yicha majburiyatlari va javobgarligini belgilab qo’yish maqsadga muvofiq. Masalan, tozalik sinfi 5ga teng xonalarda ishlovchilar ishga pardozsiz kelish, ish kunidan oldin spirtli ichimliklar ichmaslik, korxona hududida hamda ishga kelishdan oldin ikki soat davomida chekmaslik majburiyatini oladilar. Oxirgi talab shunga bog’liqki, kashandalar nafas bilan chiqaradigan havoda zarrachalar konsentratsiyasi juda yuqori bo’ladi, bu konsentratsiya chekish tugagandan keyin juda sekin kamayadi. Bu zarrachalar ko’pincha kichkina o’lchamda bo’lib, niqobda ushlanib qolmaydi. Ba‘zan savol tug’iladi: toza xonaga kirishdan oldin cho’milish kerakmi? Amaliyot shuni ko’rsatmoqdaki, agar odam ishga yuvinib kelgan bo’lsa, ishxonada dush qabul qilishga hojat yo’q. Bundan tashqari, dush ostida iliq yoki issiq suvda cho’milish teri poralarining ochilishiga, ter va mikroorganizmlar ajralishiga olib keladi. Busiz esa mikroorganizmlar teri qoplamasi yuzasiga chiqmaydi. Bevosita ishdan oldin dush qabul qilish zarurligi haqida qat‘iy ma‘lumotlar yo’q. Shu bilan birga, alohida hollarda ishdan keyin dush qabul qilish talab etilishi mumkin. Avariyali vaziyatlar uchun dush to’rlari nazarda tutilishi mumkin. Dushni (vanna emas) har kuni uyda qabul qilish zarur, zero u vannadan samaraliroq hisoblanadi. Pardoz anjomlari va zeb-ziynat bezaklari Pardozlash vositalari (kipriklar uchun tush, upa, lab bo’yog’i, tirnoq bo’yog’i, rumyana va h. k. ) mikroorganizmlarning ko’payishi uchun qulay muhitni yaratadi. Qimmatbaho zeb-ziynat bezaklarida iflosliklar yig’ilib qoladigan joylar ko’p bo’ladi, shuning uchun toza xonaga kirishdan oldin ularni yechish talab etiladi. Quyidagi foydali qoidani unutmaslik kerak: toza xonaga ish uchun yoki xodimlar faoliyatini ta‘minlash uchun kerak bo’lmagan buyumlarni olib kirmaslik. Download 22.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling