Dorixona xodimlarining shaxsiy gigiyena qoidalari


kirish oldida almashtirilishi kerak


Download 22.39 Kb.
bet2/5
Sana05.01.2022
Hajmi22.39 Kb.
#203007
1   2   3   4   5
Bog'liq
Dorixonadagi xodimlarning

kirish oldida almashtirilishi kerak

Shu erning o‘zida Spasokukotskiy-Kochergin usulida 100 ml suv va 0,5ml 10% ammiak eritmasi solingan ikkita  sirli tog‘arachada qo‘l zararsizlantiriladi. Qo‘lni   dokali  salfetka yoki paxta  bilan  avval  birinchi,  so‘ng  ikkinchi  tog‘arachada  zararsizlantiriladi.  Agarda  ikkinchi tog‘aradagi  suv xira bo‘lsa zararsizlantirishni yana  takrorlash lozim. Qo‘l  yuvilganidan so‘ng quruq steril sochiq, so‘ng 3-5 daqiqa 70% li  etil spirti bilan artiladi.    Bu  omillarni  oldini  olish  uchun  avvalam  bor  ish  joyini  to‘g‘ri jihozlash, kompleks  va kichiq mexanizatsiyalangan texnologik  va organizatsion  muhit  ta‘minlanishini to‘g‘ri  tashkil qilish kerak. Barcha  kerakli  jihozlar,  dori  tayyorlash  uchun  kerak   bo‘ladigan  qo‘shimcha  materiallar  va  moddalar  ortiqcha harakat qilmaslik,  osonlikcha  olish  uchun  ish  stoliga  maksimal darajada yaqin joyga joylashtirilgan bo‘lishi kerak. Ish joyi qulay, tanani noto‘g‘ri turishga majbur qilmaydigan qilib tanlanishi kerak. 

Ishda qo‘llaniladigan jihozlar va bo‘ylumlar stol ustida  qulay va ratsional joylashtirilishi lozim.  Ish  jarayonida  o‘ng  qo‘lda olinadigan  barcha  narsalar  (taroz  toshlari, ruchka  va boshqalar) o‘ng tarafda joylashtirilishi kerak. Chap tarafda taroz, signaturlar, dorixona shisha idishlari va boshqalar joylashtiriladi. Stol va  stul  konstruktsiyasiorganizmning  fiziologik  holatiga  mos  kelishi  va   ishlashga qulay bo‘lishi kerak (harakatlanadigan, aylanadigan va boshqa). Ish  turini  va  faoliyatini  almashtirib turish  maqsadga  muvofiqdir.  Kukunli  dori shakllarini qadoqlashda,  idishlarni  to‘ldirishda,  eritmalarni   qadoqlashda  va  boshqa jarayonlarni qo‘l mehnati bilan bajarishni qisqartirish va iloji boricha to‘liq taqiqlash  kerak. 


Download 22.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling