Dorixonada retseptlarni qabul qilish va ular asosida dori vositalarini berish. Imtiyozli retseptlar asosida dori vositalari bilan ta’minlash o‘quv mashg‘ulot shakli
Vazifa1. “Insert usuli”da guruh bilan ishlash qoidalari
Download 72,76 Kb.
|
4-Дор-да рец-ни қ.қ. Имтиёзли рецептлар (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tushunchalar V +
- Dori vositalarini berish
- Vazifa 2. Bumerang usuli. Guruh bilan ishlash qoidalari
- Vazifa 4. Jadvalni to‘ldiring Noto‘g‘ri yozib berilgаn retseptlаrni dorixonаdа hisobgа olish JURNАLI
- Vazifa 5.“Dorixonalarda retseptlarni qabul qilish va dori vositalarini berish” mavzusi yuzasidan keyslar “Keys-stadi” metodi
- Keys metodi” ni amalga oshirish bosqichlari
- Keys stadi metodi haqida tushuncha.
- Vazifa 6. Mini keys Quyidagi vaziyatli masala bilan tanishing va javob berishga harakat qiling.
- Foydalanilgan adabiyotlar
Vazifa1. “Insert usuli”da guruh bilan ishlash qoidalari.
Insert- samarali o‘qish va fikrlash uchun belgilashning interfaol tizimi hisoblanib, mustaqil o‘qib o‘rganishda yordam beradi. Bunda amaliy mashg‘ulot mavzulari, kitob va boshqa materiallar tinglovchiga vazifa qilib beriladi. Uni o‘qib chiqib “V”+, -, ? belgilari orqali o‘z fikrini ifodalaydi. Matnni belgilash tizimi. (V)- men bilgan narsani tasdiqlaydi. (+)- yangi ma’lumot (-)- men bilgan narsaga zid. (?)- meni o‘ylantirdi. Bu borada menga qo‘shimcha ma’lumot zarur. Insert jadvali
Vazifa 2. Bumerang usuli. Guruh bilan ishlash qoidalari Guruhning har bir a’zosi: - o‘z sheriklarining fikrlarini hurmat qilishlari lozim. - berilgan topshiriqlar to‘g‘risida faol hamkorlikda va ma’suliyat bilan ishlashlari lozim. - o‘zlariga yordam kerak bo‘lganda so‘rashlari mumkin. - yordam so‘ralganda ko‘mak berishlari lozim. - guruhni baholash jarayonida ishtirok etishlari lozim. Vazifa 3. Jadvalni to‘ldiring Retseptlаrni qаyd etish JURNАLI
Vazifa 4. Jadvalni to‘ldiring Noto‘g‘ri yozib berilgаn retseptlаrni dorixonаdа hisobgа olish JURNАLI
Vazifa 5.“Dorixonalarda retseptlarni qabul qilish va dori vositalarini berish” mavzusi yuzasidan keyslar “Keys-stadi” metodi Keys-stadi interaktiv ta’lim metodi sifatida talabalar tomonidan eng afzal ko‘riladigan metodlar qatoriga kirmoqda. Ushbu texnologiya asosan farmatsevtika fanlaridan dars beruvchi o‘qituvchi va talabalarning umumiy intellekual va kommunikativ salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan. Buning sababi sifatida ushbu metod talabalarga tashabbus bildirish, nazariy holatni o‘zlashtirishda hamda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishda mustaqillikka ega bo‘lish imkoniyatini berishida ko‘rish mumkin. O‘z navbatida vaziyatlarning analizi (tahlili) talabalarning kasbiy shakllanish jarayoniga kuchli ta’sir o‘tkaza olishi, ularning kasbiy jixatdan “ulg‘ayishiga” xizmat qilishi, ta’lim olishga nisbatan qiziqish va ijobiy motivatsiyaning shakllantirishi alohida ahamiyatga ega. Keyslar metodi o‘qituvchining tafakkur turi sifatida, alohida paradigma ko‘rinishida gavdalanib, ijodiy salohiyatni rivojlantirish, noan’anaviy tarzda fikrlash imkoniyatini beradi. “Keys metodi” ni amalga oshirish bosqichlari
Keys. Shifokor retsepti asosida beriladigan dori vositalari va shifokor retseptisiz beriladigan dori vositalari yo‘riqnomalari bilan tanishing. Siz qanday farqlarni aniqladingiz? Rasmiylashtirish va qadoqlashda ularning o‘ziga xos tomonlarini aniqlang Keys stadi metodi haqida tushuncha. Keys-stadi (inglizcha sase – vaziyat, holat, study -o‘rganish). Keys-stadida bayon qilingan va ta’lim oluvchilarni muammoni ifodalash hamda uning maqsadga muvofiq tarzdagi echimi variantlarini izlashga yo‘naltiradigan aniq real yoki sun’iy ravishda yaratilgan vaziyatning muammoli-vaziyatli tahlil etilishiga asoslanadigan o‘qitish usulidir. Keys-stadi - o‘qitish, axborotlar, kommunikatsiya va boshqaruvning qo‘yilgan ta’lim maqsadini amalga oshirish va keys-stadida bayon qilingan amaliy muammoli vaziyatni hal qilish jarayonida prognoz qilinadigan o‘quv natijalariga kafolatli etishishni vositali tarzda ta’minlaydigan bir tartibga keltirilgan optimal usullari va vositalari majmuidan iborat bo‘lgan o‘qitish texnologiyasidir. Vazifa 6. Mini keys Quyidagi vaziyatli masala bilan tanishing va javob berishga harakat qiling. Toshkent shahridagi "Dori- darmon”AK ga qarashli 5-dorixona mudiri ish kunining oxirida giyohvand dori vositalariga yozilgan retseptura blankalarini hisobini olib borish kerakligini aytdi. Shahardagi 1-poliklinika shifokori tomonidan “Kodterpin”ning 60 ta tabletkasiga yozilgan retsept blankasida hamma asosiy rekvizitlar bor, ” Retsept uchun “ degan muhr bosilgan,”Maxsus tayinlangan” yozuvi, shifokorning shaxsiy muhri va imzosi mavjud. Viloyat poliklinikasidan “Ketamin”ning 20ta ampulasiga yozilgan retseptura blankasida (to‘liq narxda) xam barcha asosiy rekvizitlar bor, bulardan tashqari retseptning nomeri, bemorning manzili ko‘rsatilgan, qo‘shimcha tarzda ” Retsept uchun “ degan muxr bosilgan. Dorixona mudiri yosh farmatsevtga kamchiligini tushuntirdi : “Ketamin” eritmasidan 10 ta ampula bemorga berildi, chunki bu preparatning meyoriy miqdori retseptda oshirib yozilgan, retseptda “Maxsus tayinlangan” yozuvi mavjud emas. Dorixona mudiri farmatsevtga hayfsan berdi va bemorning manzili aniqlanib, dori preparatlarini va unga to‘langan pullarni qaytarishini tayinladi. Dorixona mudiri tibbiyot muassasasining rahbariga telefon orqali murojaat qildi. Muassasa rahbariga shu retseptni yozgan shifokorga hayfsan e’lon qilinishi lozimligini aytdi. Savollar: 1.Tarkibida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar saqlagan dori vositalariga retsept yozish va bemorlarga berish qanday tartibda bo‘lishi lozim? 2. ”Ketamin” dori moddasini berishda farmatsevt qanday xatoliklarga yo‘l qo‘ydi? 3. Qanday preparatlarga dori vositalarini bemorlarga berish meyorlari belgilangan? 4. “Kodterpin” preparatining tarkibini ko‘rsating va shu preparatning ishlatilishini aytib bering. 5. ”Ketamin” eritmasi qaysi farmakologik guruhga mansub? Foydalanilgan adabiyotlar 1. O‘z R SSVning 2010-yil 18-iyundagi 191-sonli buyrug‘i “DPM larda dori vositalarini tayinlash hamda bemorning dori vositalarini qabul qilish, saqlash va qo‘llash tartibi, shuningdek dorixona muassasalari tomonidan aholiga dori vositalarini Retsept asosida berish to‘g‘risidagi nizom ” 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2013-yil 22 iyuldagi “SHaxslarning ayrim toifalarini imtiyozli asosda dori vositalari bilan ta’minlash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi №204 sonli qarori Download 72,76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling