Dorul hikma va maorif


XORAZM MA'MUN AKADEMIYASINING QAYTA TASHKIL ETILISHI


Download 42.27 Kb.
bet2/3
Sana19.06.2023
Hajmi42.27 Kb.
#1615643
1   2   3
Bog'liq
Sharq akademiyalari

2.2.XORAZM MA'MUN AKADEMIYASINING QAYTA TASHKIL ETILISHI
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorazm Ma'mun akademiyasini qaytadan tashkil etish to`g`risida”gi Farmoni (1997) O`zbekistonning ilmiy salohiyatini yuksaltirish, uning jahon ilmiy hamjamiyatidagi o`rnini mustahkamlash, mintaqalarda fanni yanada rivojlantirish hamda iste'dodli va fidoyi olimlarni qo`llab-quvvatlash, yuqori intellektual muhit yaratishdagi milliy an'analarni rivojlantirishda qo`yilgan muhim qadam bo`ldi.
1997 yil noyabr oyida akademiyaning tarkibida “Arxeologiya, tarix va falsafa”, “Til va adabiyot”, “Biologiya muammolari” bo`limlari tashkil qilinib, 9 ilmiy mavzu bo`yicha 26 ilmiy xodim, shu jumladan, 5 fan doktorlari va 9 fan nomzodlari ilmiy tadqiqotlar olib borishdi.
Arxeologiya, tarix va falsafa bo`limining xodimlari “Xorazmda qadimgi va o`rta asrlar o`zbek davlatchiligi tarixi”, “O`zbek xalqining etnik tarixida Xorazm vohasining o`rni”, “Xorazm viloyati arxeologik yodgorliklarini tadqiq qilish” mavzulari bo`yicha ilmiy izlanishlar olib borishdi.
“O`zbek xalqining etnik tarixida Xorazm vohasining o`rni” mavzusi bo`yicha Xorazm vohasida mavjud bo`lgan ayrim etnik guruhlar va elatlarning joylashuvi aniqlandi. Ularning urf-odatlari, turmush madaniyatlari haqida ma'lumotlar to`plandi. Hazorasp tumani Tuproqqal'a massivida joylashgan bronza davri manzilgohi-Sharofat, antik va ilk o`rta asrlar davriga oid Tosh qal'a-2 yodgorliklarida hamda Uch O`choq tepaligi va Meshekli qo`ltig`ida tadqiqotlar olib borildi. Yodgorlik hududidan O`rta Osiyoda birinchi marta to`liq saqlangan yog`och yopilmalar topildi.
“Qadimgi va o`rta asrlarda Xorazm davlatchiligi tarixi» mavzusi bo`yicha arxeologik izlanishlar, yozma guvohliklarni tahlil qilish hamda qadimgi davlatchilik tarixini yorituvchi ilmiy manbalar muomalaga kiritildi. O`zbek davlatchiligining asosini tashkil qiluvchi Xorazm davlatchiligi tarixini 3000 yillik deb ko`rsatishga ilmiy isbotlar etarli ekanligi aniqlandi.
Til va adabiyot bo`limida “IX-XIII asrlarda Xorazm yozma adabiyoti va og`zaki epos. IX-XIII asrlar Xorazm yodnomalari tili” mavzusi bo`yicha Xorazm yozma adabiyoti va og`zaki afsonalar hamda rivoyatlar “Avesto”dagi mifologik qatlam bilan qiyosiy tihlil qilindi. Og`zaki va yozma namunalar tahlili orqali adabiy va badiiy tillarga xos xususiyatlar, ularning o`zaro ta'siri o`rganildi.
1997-2002 yillarda Biologiya muammolari bo`limida 7 ilmiy mavzu bo`yicha tadqiqotlar bajarildi. Xorazm vohasi tuproq-iqlim sharoitlarida istiqbolli serhosil, kasalliklarga va zararkunandalarga chidamli o`simliklarning navlari o`rganildi. Ekinlarni almashlab ekishning biologik asoslari tadqiq qilinib, 12 nav g`o`za, 2 nav bug`doy va beda, 10 nav sholining o`sishi, rivojlanishi va hosildorligi o`rganildi.
Viloyatimiz sharoitida asosiy, oraliq va takroriy ekishlarda ozuqaviy ekinlarni parvarish etishning samarali texnologiyalari va makkajo`xorining urug`lik tizimini yaratish bo`yicha izlanishlar amalga oshirildi.
Mahalliy qishloq ho`jaligi xom ashyosi asosida vitaminga boy omuxta yem tayyorlash texnologiyasini yaratish bo`yicha tadqiqotlar o`tkazilib, tavsiyalar ishlab chiqildi.
Amudaryo quyi oqimida tuproq hosil bo`lish jarayonining mintaqaviy xususiyatlarini o`rganish asosida tuproqlarning sho`rlanish qonuniyatlari aniqlanib, qishloq ho`jaligi ekinlari hosildorligini oshirish bo`yicha tavsiyalar berildi.
Suv tanqisligi sharoitida yerlarning sho`rini yuvish, chigit urug`ini optimal muddatlarda undirib olish, ekinlarni mavsumiy sug`orishlarda zahkash suvlardan foydalanish bo`yicha tavsiyalar ishlab chiqildi. Xorazm viloyatida 2001 yilda olingan yillik iqtisodiy samara 1 milliard 775,9 million so`mni tashkil qildi.
Xorazm vohasi termitlari (Isoptera)ning faunasi va ekologik-populyasion tavsifi bo`yicha termitlarning tarqalishi hamda tur tarkibi, biologiyasi va populyasion strukturasi o`rganildi. Termitlarga qarshi kurashda entomopatogen zamburug`lardan foydalanish tavsiya qilindi.

Download 42.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling