Reja: O‘zbekiston hududlaridagi eng qadimgi o‘troq dehqonchilik jarayonlari. Sopolli manzilgohi. Jarqo‘ton manzilgohi. Ko‘zali manzilgohi. Molali manzilgohi. Bo‘ston manzilgohi. O‘zbekiston hududlaridagi eng qadimgi o‘troq dehqonchilik


Download 60 Kb.
bet1/3
Sana10.02.2023
Hajmi60 Kb.
#1188028
  1   2   3
Bog'liq
O‘zbekiston hududlarida ilk shaharlarning paydo bo‘lishi jarayonlari


O‘zbekiston hududlarida ilk shaharlarning paydo bo‘lishi jarayonlari
Reja:


  1. O‘zbekiston hududlaridagi eng qadimgi o‘troq dehqonchilik jarayonlari.

  2. Sopolli manzilgohi.

  3. Jarqo‘ton manzilgohi.

  4. Ko‘zali manzilgohi.

  5. Molali manzilgohi.

  6. Bo‘ston manzilgohi.



O‘zbekiston hududlaridagi eng qadimgi o‘troq dehqonchilik jarayonlari.
O‘tgan asrning ikkinchi yarmidan boshlab O‘zbekistonning bronza davriga oid yodgorliklarni keng miqyosda tadqiq etilishi natijasida ushbu hududlarning qadimgi tarixi va madaniyati to‘g‘risida boy ma’lumotlar olindi. Turli yillarda janubiy O‘zbekiston hududlarida ilk, rivojlangan va so‘nggi bronza davri ilk dehqonchilikning paydo bo‘lishi va rivojlanishi, urbanizatsiya jarayonlari hamda ilk davlatchilik masalalari, madaniy va iqtisodiy aloqalar, hunarmandchilikning taraqqiy etishi masalalari bo‘yicha A.Asqarov, E.Rtveladze, A.Sagdullayev, T.Shirinov, B.Abdullayev, U.Raxmonov, E.Sayko, Sh. Shaydullayev kabi olimlar tadqiqot ishlari olib bordilar. Ushbu tadqiqotlar natijasida bronza va ilk temir davri o‘lkamiz janubiy hududlarida bo‘lib o‘tgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy taraqqiyot masalalari va ayniqsa, ushbu hududlarda ilk shaharlarning paydo bo‘lish asoslari va rivojlanish bosqichlari, ilk davlatchilikning paydo bo‘lishi jarayonlariga ko‘plab aniqliklar kiritildi. Ushbu masalalar bo‘yicha juda ko‘p yangi ma’lumotlar fanga joriy etildi va etilmoqda.
Zamonaviy tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra Baqtriya yerlari bu -Afg‘onistonning shimoliy-sharqiy qismini, Janubiy-G‘arbiy Tojikiston va O‘zbekistonning janubidagi (Surxon vohasi) yerlarni o‘z ichiga olgan. Undan tashqari zamonaviy tarixiy adabiyotlarning barchasi hozirgi kunda Surxondaryo viloyati, Tojikistonning Ko‘lob va Qo‘rg‘ontepa viloyatlarini o‘z ichiga olgan yerlarni shimoliy Baqtriya sifatida e’tirof etadilar.
Ko‘pchilik tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, neolit davriga kelib «hisorlik» ovchilar kichik va yirik daryolar vohalarini, Boysuntog‘ va Kuhitanggacha bo‘lgan tog‘ va tog‘ oldi hududlarini o‘zlashtiradilar. Bronza davriga kelib esa bu hududlarda boshqa ko‘rinishga ega bo‘lgan hamda o‘ziga xos xo‘jalik shaklidagi yangi madaniyatlar shakllana boshlaydi.
Ushbu madaniyat sohiblari yashagan maskanlardan biri Sopollitepa bo‘lib, bu yodgorlik Surxondaryo viloyati SHerobod tumani hududida, Kuhitangtog‘dan oqib tushuvchi kichik daryoning qadimgi irmog‘i bo‘yida joylashgan. Sopollitepa paydo bo‘lgan soy mahalliy aholi orasida O‘lanbuloqsoy deb ataladi.
Janubiy O‘zbekiston hududlarida hozirgi kunga qadar aniq bo‘lgan eng qadimgi o‘troq dehqonchilik jarayonlari, tadqiqotchilarning fikricha, quyidagi beshta asosiy bosqichga bo‘linadi:

  1. Sopolli bosqichi -mil. avv. 1700-1500 yy.

  2. Jarqo‘ton bosqichi -mil. avv. 1500-1350 yy.

  3. Ko‘zali bosqichi -mil. avv. 1350-1200 yy.

  4. Molali bosqichi - mil. avv. 1200-1050 yy.

  5. Bo‘ston bosqichi – mil.avv. 1050-900 yy.

Ushbu bosqichlarning sanalari tadqiqotchilar tomonidan maxsus tahlil etilib ilmiy jihatdan asoslangan (A.Asqarov).
Tadqiqotlar tahlilidan shunday xulosa chiqarishimiz mumkinki, Shimoliy Baqtriyaning qadimgi shaharlari uzoq davom etgan tarixiy jarayonlar va turli: ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy va tabiiy-geografik omillarning ta’siri natijasida shakllanib kelgan. Qadimgi Sharq va mahalliy ko‘rinishdagi urbanistik madaniyatning uyg‘unlashuvi qadimgi Baqtriya shaharsozligining asosini tashkil etadi. Keyinroq esa o‘ziga xos bo‘lgan shahar madaniyati mustaqil ravishda rivojlanadi.
Mil. avv. II ming yillikning ikkinchi choragida Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘ida, aniqrog‘i, uning g‘arbiy qismida Sopollitepa ko‘rinishidagi dastlabki mustahkam qishloqlar paydo bo‘ladi. Ushbu qishloqlar bu hududlarda rivojlangan butunlay yangi ko‘rinishdagi qishloqlar bo‘lib, neolit davri (Hisor madaniyati) makonlaridan ajaralib turadi.
Sopollitepada uzoq yillar tadqiqotlar olib borgan A.Asqarovning fikricha, yodgorlik mustahkam asosda qad ko‘targan bo‘lib, quyidagi ajralib turuvchi belgilarga ega: ikki qismli tuzilish - mustahkam markaziy qism va uning atrofida mustahkamlanmagan maskan, uncha katta bo‘lmagan maydon, asosiy qismning aniq rejaviy tuzilishi, sakkizta ko‘p xonali turar-joylar qismlarining markazlashuvi va ularning yo‘laklar bilan ajralib turishi, bo‘lma (otsek)lari bo‘lgan himoya devorlari. Undan tashqari, kulolchilik va metallga ishlov berish hunarmandchiligi hamda dehqonchilikning yetakchi mavqega ega bo‘lishi ham Sopollitepa uchun xosdir.
Tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, Sopollitepa aholisining asosiy mashg‘uloti sun’iy sug‘orishga asoslangan o‘troq dehqonchilikdan iborat edi. Qazishmalar paytida katta xum ko‘rinishidagi idishlardan va omborxona vazifasini bajaruvchi xonalar sathidan topilgan arpa, bug‘doy, tariq donlari hamda butun Sopollitepa majmuida ko‘plab uchraydigan don yanchgich, kelisop, ketmon va o‘roqlar aynan dehqonchilik xo‘jaligidan dalolat beradi. Undan tashqari, turar-joy qoldiqlari, qishloqning tuzilishi va umuman arxeologik topilmalarning ko‘rinishi ham manzilgoh aholisining qadimgi dehqonchilik madaniyatiga xos bo‘lgan o‘troq turmush tarzini ifoda etadi.
Sopollitepa qishlog‘i aholisining yana bir muhim xo‘jalik tarmog‘i chorvachilik edi. Qazishmalar paytida juda ko‘plab topilgan uy va yovvoyi hayvonlarning suyaklari aynan mana shu jarayondan dalolat beradi. Umuman olganda, Sopolli madaniyati sohiblari xo‘jaligida sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik va uy chorvachiligi manzilgohdagi iqtisodiy hayotning asosini tashkil etgan. Undan tashqari ushbu madaniyatga xos bo‘lgan kulolchilik ishlab chiqarishning yuqori darajasi, metallga ishlov berishning jadal rivojlanishi, to‘qimachilik sohasining taraqqiyoti kabi omillar manzilgohning nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy hayotida ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Sopolli madaniyati hukm surgan davr tarixiy-madaniy jarayonlariga nazar tashlaydigan bo‘lsak, mil. avv. II ming yillikda Amudaryoning o‘ng va chap qirg‘og‘ida ko‘pchilik tadqiqotchilarning fikricha ikkita: Sopolli madaniyati va Dashli madaniyati yoki Sopolli-Dashli madaniyatining ikki xil ko‘rinishi keng tarqaladi.
Sopolli - Dashli madaniyatining kelib chiqishini tahlil etar ekan A.Asqarov va T.Shirinovlar O‘rta Osiyoning janubi, shimoli-sharqiy Eron, sharqiy Eron va shimoliy Afg‘oniston hududlaridagi o‘troq dehqonchilik shaklidagi arxeologik majmualarni umumiy madaniy jamoalar sifatida Namozgoh tarixiy-madaniy birligi (NIKO - Namazginskaya istoriko-kulturnaya obshnost) deb atashni taklif etadilar. Shuningdek ular NIKOda mahalliy ko‘rinishlar va hatto, alohida madaniyatlar bo‘lishi mumkinligini inkor etmaydilar. Agar ma’lum hududlardagi tarixiy-madaniy jarayonlarning o‘ziga xosligini, geografik joylashuv va shart-sharoitlarni hisobga oladigan bo‘lsak, bu fikrga qo‘shilish mumkin.
Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘ida shakllangan Sopollitepa-bronza davridagi dastlabki o‘troq dehqonchilik qishlog‘i hisoblanadi. Ammo, keyinchalik, o‘troq dehqonchilik jamoalari shimoliy chegaralarining kengayishi munosabati bilan Sopollitepa o‘zining ilgarigi ahamiyatini yo‘qota boshlaydi va bo‘shab qoladi hamda asosiy markaz vazifasi esa, tog‘ darasidan chiquvchi yo‘l ustidagi mustahkam qal’a sifatida paydo bo‘lgan Jarqo‘tonga o‘tadi.

Download 60 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling