11. Sianid kislota gidrolizlanganda chumoli kislota olinadi.
H-CN + H2O → H-COOH + NH3
12. Hozirgi kunda natriy formiatdan olinadi .
CO + NaOH → H-COONa ( yuqori temperaturada ) .
H-COOH + H2SO4→ H-COOH + NaHSO4
13.Sirka kislota Kucherov reaktsiyasi asosida olinadi.
CH=CH + H2O → [CH2= CH-OH] → CH3 -CHO
2CH3 –CHO + O2 →2 CH3COOH
Fizik xossalari. C1 - C9 tarkibli karbon kislotalari suyuqlikdir, badbo’y hidli, C10 boshlab qattiq moddalardir. Suvda yaxshi eriydi. Quyi molekulyar massali karbon kislotalar suv bilan istalgan nisbatda aralashadi. Molekulyar massali катта kar-bon kislotalari suvda eruvchanligi kamayadi. Kislotalarning qaynash temperaturasi ham ortadi. To’g’ri zanjirning karbon kislotasi qaynash temperaturasi uning tarmoqlangan izomeri qaynash temperaturasidan katta bo’ladi. Valerian kislota 186oC, uning izomeri trimetilsirka kislota (CH3)3CCOOH esa 163,7 oC.
Karbon kislotalarning qaynash temperaturasi spirtlar qaynash temperaturasidan katta bo’ladi. Masalan sirka kislota 118,5oC da, etil spirti esa 78,3oC da qaynaydi. Buning sababi karbon kislota molekulalari kuchli assotsialangandir. Kapril kislota 16.2oC suyuqlanadi, enant kislota va pelargon kislota 10.5oC va 12,5 oC . Buning sababi metilen va karboksil guruhlarning bir biriga nisbatan fazoda joylashuvining turlichaligidir. Juft sonli uglerod atomlari tutgan karbon kislota toq uglerod atomi tutgan karbon kislotaga nisbatan erish temperaturasi yuqori.
Б/БХ/Б жадвали
Do'stlaringiz bilan baham: |