Dots. Mirzayeva. D. A


FOIZLI (%) ERITMA TAYYORLASH


Download 0.84 Mb.
bet2/5
Sana25.10.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1720210
1   2   3   4   5
Bog'liq
3-AMALIY MASHG\'ULOT. (TIBBIY VA BIOLOGIK KIMYO)

FOIZLI (%) ERITMA TAYYORLASH. Har qanday erituvchi moddaning 100 ml hajmida erigan modda miqdoriga foiz (%) li eritma deyiladi. Masalan: osh tuzining 0,9% li eritmasi (yani fiziologik eritma) ni tayyorlash uchun 0,9g osh tuzini tarozida tortib olib100 ml li o’lchov silindriga solamiz va o’lchov belgisiga yetguncha distillangan suv qo’shamiz. Suyuq holatdagi konsentrlangan moddalardan foizli eritma tayyorlashda ularning solishtirma og’irliklarini inobatga olish talab qilinadi.

  • FOIZLI (%) ERITMA TAYYORLASH. Har qanday erituvchi moddaning 100 ml hajmida erigan modda miqdoriga foiz (%) li eritma deyiladi. Masalan: osh tuzining 0,9% li eritmasi (yani fiziologik eritma) ni tayyorlash uchun 0,9g osh tuzini tarozida tortib olib100 ml li o’lchov silindriga solamiz va o’lchov belgisiga yetguncha distillangan suv qo’shamiz. Suyuq holatdagi konsentrlangan moddalardan foizli eritma tayyorlashda ularning solishtirma og’irliklarini inobatga olish talab qilinadi.
  • Masalan, sulfat kislotani uning konsentrlangan eritmasidan 10 % li eritmasini tayyorlashda bu eritmaning solishtirma og’ irligi 1,84 ga tengligini e’tiborga olib, 100 ml li o’lchov kolbasiga qancha ml konsentrlangan sulfat kislota kerakligini 10:1,84= 5,43 yo’li bilan aniqlanadi. Demak, 100 ml li hajmda 5,43 ml konsentrlangan sulfat kislota distillangan suv qo’shib aralashtirganda, uning 10 % li eritmasi hosil bo’ladi.

MOLYAR ERITMA TAYYORLASH. Erituvchi moddaning bir litr hajmida molyar massa hisobiga erigan moddaning miqdoriy ko’rsatkichiga molyar (M) eritma deyiladi. Masalan; osh tuzining (NaCl) 1 molyar eritmasini tayyorlashda uning molyar massasi hisoblab topiladi, ya’ni: Na=23, Cl=35,5; demak: NaCl molyar massasi =23g+35,5g= 58,5g ga teng.
Shunday qilib, osh tuzini 1 molyar eritmasini tayyorlash uchun bir litrli o’lchov idishiga 58,5 g osh tuzi olinib, uning ustiga o’lchov belgisigacha bo’lgan miqdorda distillangan suv qo’shiladi. NaCl ning 2M eritmasini tayyorlash uchun esa 117 g osh tuzi 1l suvda eritiladi.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling