1) texnik va texnologik axborotlarni to‘plash, dastlabki ishlash va saqlash; 2) jarayon va texnologik uskunalar holatining parametrlarini bilvosita o ‘lchash; 3) texnologik jarayon va uskunalar parametrlarining holatini belgilash 4) texnologik jarayon va texnologik uskunalarning ishlashi haqida texnik-iqtisodiy va foydalanish ko‘rsatkichlarini hisoblash; 4) texnologik jarayon va texnologik uskunalarning ishlashi haqida texnik-iqtisodiy va foydalanish ko‘rsatkichlarini hisoblash; 5) yuqori va qo‘shni tizimlarga hamda boshqarish bosqichlariga axborotni tayyorlab berish; 6) texnologik jarayon parametrlari, texnologik uskunaning holati va natijalarni qayd qilish; 7) jarayon parametrlari va uskunalar holatida berilgan qiymatdan farqlarini nazorat qilish; 8) texnologik uskunalarning himoya va blokirovka vositalari ishini tahlil etish; 9) texnik vositalar komplekslari holatini diagnoz qilish va oldindan aytish; 10) texnologik jarayonlarni olib borish, shuningdek, texnologik uskunalarni boshqarish uchun axborot va ko‘rsatmalarni operativ ravishda tayyorlash; 11) yuqori bosqichli va qo‘shni boshqarish tizimlari bilan axborotning avtomatik almashinishini ta’minlash. TJABT laming boshqarish funksiyalari quyidagilardan iborat: - 1) texnologik jarayonning ayrim parametrlarini rostlash;
- 2) bir marotaba mantiqiy boshqarish (himoya, blokirovka qilish);
- 3) kaskadli rostlash;
- 4) ko‘p aloqali rostlash;
- 5) diskret boshqarishda dasturli va mantiqiy amallarni bajarish;
- 6) texnologik jarayonning turg‘un holatini optimal boshqarish;
- 7) texnologik jarayonning noturg‘un holati va uskunalar ishini optimal boshqarish;
- 8) boshqarish tizimini moslashtirgan holda butun texnologik obyektni optimal boshqarish.
Do'stlaringiz bilan baham: |