Dárilik òsimliklerden alınatuģın biologiyalıq aktiv zatlar hám olardı anıqlaw


Download 0.67 Mb.
Sana08.03.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1248379

Tema: Dárilik òsimliklerden alınatuģın biologiyalıq aktiv zatlar hám olardı anıqlaw
Yer yuzida dorivor oʻsimliklarning 10—12 ming turi borligi aniqlangan. 1000 dan ortiq oʻsimlik turining kimyoviy, farmakologik xossalari tekshirilgan. Oʻzbekistonda dorivor oʻsimliklarning 700 dan ortiq turi mavjud. Shulardan tabiiy sharoitda oʻsadigan va madaniylashtirilgan 120 ga yaqin oʻsimlik turlaridan ilmiy va xalq tabobatida foydalaniladi. Hozirgi davrda tibbiyotda qoʻllaniladigan dori-darmonlarning qariyb 40—47% oʻsimlik xom ashyolaridan olinadi.
Dorivor ósimliklardan olinadigan faol moddalarga fermentlar, vitaminlar, fenolik birikmalar, glikozidlar, fitogormonlar, alkaloidlar, fitontsidlar, fitoaleksinlar, efir moylari, tanninlarni misol qilib keltirish mumkin. Bular ósimliklar tanasidagi barcha fiziologik va biokimyoviy jarayonlarning uyg'un o'zaro bog'liqlikda ishlashini amalga oshiradigan muhim birikmalar hisoblanadi. Turli xil hayotiy funktsiyalarda ishtirok etishlari sababli faol moddalar turli jarayonlarda samarali ta'sirga ega.
Glikozidlar — molekulalari uglevod bilan biror organik birikma qoldigʻi (aglikon)ning glikozid bogʻ orqali birikishidan hosil boʻlgan organik moddalar. Ularning koʻpchiligi kristall, achchiq taʼm va oʻziga xos xidli birikmalardir.
Oʻsimliklarda koʻp uchraydi, ularda turli moddalar G. shakliga kiradi va shu shaklda saqlanadi.Moddalar almashinuvida G.ning ahamiyati beqiyos. Achchiq bodom, oʻrik, shaftoli, olxoʻrining bargi va danagida buladigan amigdalin; gorchitsa va xrendagi — sinigrin; kartoshkadagi — solanin hamda oʻsimliklarni boʻyovchi — antotsianinlar eng muhim G. qatoriga kiritiladi. Ularning ayrimlari (azonin, strofantin) tibbiyot amaliyotida, ayniqsa yurak-tomir kasalliklarida (yurak G.i.) qoʻllaniladi.
Fitogormonlar (fito... va gormonlar), oʻstiruvchi moddalar — oʻsimliklarda hosil boʻlib, ularning oʻsishi va meva hosil qilish jarayonlarini boshqarishda ishtirok etadigan yuqori fiziologik faol moddalar. Oʻsimliklar hayvonlar kabi gormon ishlab chikaradigan maxsus sekretor organlariga ega emas. F.ga, odatda, auksinlar, gibberellinlar, sitokinin (kinin)lar, fenoksiatsetat kislota hosilalari va boshqa kiradi.
Alkoloidlar - ósimliklarda uchiraydigan asos xossasiga ega bólgan azotli birikmalar. Shular jumlasidan birinchi morfinni germaniyalik olim S.Fridrix kóknori shirasidan ajiratib olgan.
Fitonsidlar (fito... va lot. caedo — oʻldiraman) — oʻsimliklar hosil qiladigan faol modda, boshqa organizmlar (asosan, mikroblar)ni oʻldiradi yoki ularning oʻsish va rivojlanishini toʻxtatadi. F. oʻsimliklar immuniteti va biotsenozlardagi organizmlarning oʻzaro munosabatlarida muhim ahamiyatga ega. Kimyoviy tarkibi boʻyicha — glikozidlar, terpenoidlar va boshqa ikkilamchi metabolitlardan iborat. Daraxtlar (asosan, ignabarglilar)ning F. ishlab chiqarish xususiyati shaharlarni koʻkalamzorlashtirishda ahamiyatga ega. Piyoz, sarimsoq, yerqalampir va boshqa oʻsimliklar F.i qoʻshilgan preparatlar tibbiyotda qoʻllanadi.
Efir moylari oʻsimliklardan quyidagi yoʻllar bilan olinadi: suv bugʻi yordamida haydash; past tralarda qaynaydigan erituvchilar yoki hidsiz toza yogʻ (mol yogʻi) bilan ekstratsiya qilish (buni anfleraj usulida olish deb ham ataladi); presslash orqali.Efir moylari sanoatda keng qoʻllanadi. Ulardan atirupa, sovun ishlab chiqarishda, tish pastalari, oziqovkat essensiyalari tayyorlashda, tamakini xushboʻy qilishda, tibbiyotda (qalampir va evkalipt moylaridan) foydalaniladi. Efir moylari kimyo sanoatida, farmatsevtikada ham qoʻllanadi. Pinendan kamfora sintez qilinadi, daraxt moyi skipidar lok va boʻyoq ishlab chiqarishda erituvchi sifatida ishlatiladi.
Tannin (frans. tanner — terini oshlash) — oʻsimliklarda koʻplab uchraydigan fenolli birikma. T. — amorf ochsariq kukun. Suvda, glitserinda, sirka efirida eriydi. Suvdagi eritmasi — kolloid eritma, kislotali reaksiyaga ega, polyarizatsiya tekisligini oʻngga buradi. Oqsillar va baʼzi tabiiy polimerlar (sellyuloza, pektin moddalari) bilan mustahkam bog hosil qiladi. "Tannin" termini dastlab (18-asr oxirida) suvdagi eritmasi xom terini oshlash xossasiga ega boʻlgan oʻsimlik moddalari aralashmasiga aytilgan.
Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling