Dtm baza 7 (Sh. Xidirov)


Download 26.16 Kb.
Sana27.07.2023
Hajmi26.16 Kb.
#1662947
Bog'liq
Maj 777 II


DTM Baza 7 7 7 (Sh. Xidirov)

  1. Eftaliylar davrida qaysi davlat hukumdorlari o'z saroylarini O'rta Osiyodan keltirilgan rangli shishalar bilan bezatganlar? Xitoy

  2. Buyuk alloma va mutafakkirlarning ilmiy merosi va uning zamonaviy sivilizatsiya tarixida tutgan o’rni va roliga bag‘ishlab qayerda xalqaro konferensiya o‘tkazilgan? Samarqand

  3. Ilk o‘rta asrlarda Koson, Axsikat va Quva kabi yirik markaziy shaharlari bo‘lgan mahalliy hokimlikni aniqlang? Farg‘ona

  4. 755-yilda quyidagi qaysi shaxsning o‘ldirilishi xalifalik sharqida, ayniqsa, Xuroson va Movarounnahrda abbosiylarga qarshi xalq harakatlarining avj olib ketishiga bahona bo‘lgan? Abu Muslim

  5. Arabchadan “o‘ndan bir” deb tarjima qilinadigan soliq turini aniqlang? ushr

  6. Jo‘l Navkat, Karmankat, Yor kabi shaharlar qaysi davlat hududida bo‘lgan? Qarluqlar

  7. Najmiddin Kubroning 850 yilligi nechanchi yili nishonlangan? 1995-yil

  8. Yevropa olimlarining Amir Temur shaxsi va uning faoliyatiga qiziqishi nechanchi asrdan boshlangan edi? XVI asr

  9. “Habib us-Siyar” asari kimga tegishli? Xondamir

  10. Rasadxonada Ulug'bek bi­lan birga faoliyat olib borgan mashhur matematik va astronomlardan ”O‘z davrining ptolemeyi” deb nom olgan olimni aniqlang. Ali Qushchi

  11. Nechanchi asrda Xonbandi suv ombori bunyod etilgan? X asr

  12. Amir Temur Muhammadqozi ismli elchisini qaysi davlatga elchi qilib jo’natgan edi? Ispaniya

  13. “Aflotuni zamon” deb nom olgan mutafakkir ... Qozizoda Rumiy

  14. Kim Jaloliddin mardligiga qoyil qolib “Zamonasining haqiqiy bahodiri ekan, o‘z tengqurlarining sarvari ekan” degan? Taynol no‘yon

  15. Kim Jaloliddin Manguberdiga maktub yo’llab “Sening ortingda islomning dushmani turgani sir emas. Sen butun musulmonlarning sultonisan. …” deb takidlagan? Shamsiddin Eltutmish

  16. O‘rta asrlarda miskar hunarmandlar qanday nomlangan? Saffor

  17. “shu tuproqda tug’ilibmiz, shu tuproqda o’lamiz” deb ta’kidlagan allomani aniqlang? Najmiddin Kubro

  18. “Hojib ul-hujob” yoki “hojib ul-buzruk” qaysi davlatda oliy unvon hisoblangan? Somoniylar

  19. Mo‘g‘ullar hujumi davrida Xo‘jand shahri hokimi kim bo‘lganligini aniqlang? Temur Malik

  20. Tuproqqal’a va Kat qaysi davlatning poytaxtlari bo‘lganligini aniqlang? Xorazm

  21. Amir Temur 1398-1399-yillarda qaysi hududga yurish qilgan? Hindiston

  22. Amir Temur qaysi shaharda halok bo‘ladi? O‘tror

  23. Qarluqlar davlatining poytaxti qaysi shahar bo`lgan? Suyob

  24. O‘g‘uzlar davlatining poytaxti qaysi shahar bo`lgan? Yangikent

  25. Qo‘lida lochin tutgan tojdor tasviri so‘qilgan tanga qaysi manzilgohdan topilgan? J) Anqaqal’adan

  26. Arab xalifasi davlatni boshqarishda kimga tayangan? J) vazir ul-vuzaro

  27. Qayerning hisori qo‘ylari va tulporlari juda mashxur edi? J) So‘g‘d

  28. Qutayba ibn Muslimga jangsiz taslim bo‘lgan shaharni ko‘rsating? J) Chag‘aniyon

  29. Eftaliylarning 25 harfli yozuvi qaysi yozuv asosida paydo bo‘ldi? J) baqtriya yozuvi

  30. Qo‘shni mamlakatlarga bo‘yoq, rangli shisha va dori-darmonlar chiqargan ilk o‘rta asr davlatini toping. J) Farg‘ona

  31. Arab xalifaligi davrida Movarounnahrga tegishli masalalar qaysi devonda hal qilingan? J) devon al-mashriq

  32. Narshaxiyning yozishicha, kim ko‘p o‘qigan, g‘oyat ziyrak bo‘lib, kimyogarlik, sehr va tilsim ilmlarini o‘rgangan? J) Hoshim ibn Hakim

  33. Arab xalifaligi markaziy hokiyati qaysi shaharlarda joylashgan edi? J) Damashq, keyinchalik Bag‘dod

  34. Kimning davrida barcha musulmonlar huquq jihatdan tenglashtirilib, yer egasining e’tiqodidan qat’i nazar ularning xiroj to‘lashi shart qilib qo‘yildi? J) Nasr ibn

  35. Arab xalifaligida devon ad-dar nechta asosiy devonga bo’lingan? J) 3 ta

  36. Qutayba ibn Muslimning harbiy yurishlari qayerni zabt etishdan boshlangan? J) 705-yil Balx viloyati atroflarini

  37. Arabchadan “o‘rganmoq” va arabchadan “sajda qiladigan joy” deb tarjima qilinadigan so’zlarni aniqlang? J) madrasa va masjid

  38. Arab xalifaligida qaysi lavozim harbiy ishlar uchun mas’ul bo’lgan? J) amir ul-umaro

  39. Somoniylarning davlat boshqaruvi asosan o‘nta devon orqali idora etilishi haqida qaysi tarixchi yozib qoldirgan? J) Narshaxiy

  40. VI-VII asrlarda O‘rta Osiyo aholisining asosiy qismi qaysi dinga e’tiqod qilgan? J) zardushtiylik

  41. “Oq kiyimlilar” qo‘zg‘oloni rahbari kimligini aniqlang? J) Muqanna

  42. Burgut va lochin qaysi davlatning hukumronlik ramzlari bo‘lganligini aniqlang? J) Xorazm davlati

  43. O‘rta asrlarda qaysi shaharning yigirma ikkita darvozasi bo‘lgan? J) Binkat

  44. Arablar hujumi davrida Sug‘d podshosi kim bo‘lganligini aniqlang? J) G‘urak

  45. Islomni qabul qilmagan aholidan olinadigan jon solig‘i qanday nomlanishini aniqlang? J) jizya D) zakot

  46. “Oq kiyimlilar” qo‘zg‘oloni nechanchi yillarda sodir bo‘lgan? J) 769-783-yillarda

  47. Qadimda Oltoyning g‘arbida, so‘ngra Irtish daryosining o‘rta oqimida yashagan qadimiy turkiy qabilani aniqlang? J) Qarluqlar

  48. O‘rta asrlarda o‘zbek va tojiklarning etnogenezida muhim rol o‘ynagan qabilani aniqlang? J) Qarluqlar

  49. Xurosonda 821-873-yillarda qaysi sulola hukmronlik qilgan? J) Tohiriylar

  50. Xurosonda 873-900-yillarda qaysi sulola hukmronlik qilgan? J) Safforiylar

  51. 712-yilda Qutayba qo‘shinlari qayerga tashlangan? J) Samarqand

  52. Abul Abbos Abdulloh Tohiriylar davlati poytaxtini Marvdan qayerga ko‘chirgan? J) Nishopur

  53. Xorazmshohlar davlatining poydevorini barpo etgan hukmdorni aniqlang? J) Otsiz

  54. Movarounnahr va Xurosonda yer egaligining qaysi shakli XI-XII asrlarda kengayib, mulkchilikning asosiy shakliga aylandi? J) iqto

  55. Xonaqoh nima? J) G‘aribxona

  56. Vador qishlog‘i qayerda joylashgan? J) Samarqandda

  57. 865-999-yillarda Movarounnahrda qaysi davlat mavjud bo‘lgan? J) Somoniylar davlati

  58. Qaysi Somoniy hukumdor saroyning maxsus, muntazam sarbozlaridan iborat yaxshi qurollangan harbiy qo‘shin tuzgan? J) Ismoil Somoniy

  59. “Yo vatan, yo sharofatli o‘lim” so‘zlari kimga tegishli? J) Najmiddin Kubro

  60. 1995-yil 850 yilligi nishonlangan va taxallusi “dinning ulug‘ yulduzi” ma’nosini bildiradigan tarixiy shaxsni aniqlang? J) Najmiddin Kubro

  61. Mo‘g‘ullar hujumi davrida Sirdaryo qanday nomlangan? J) Sayhun

  62. Mo‘g‘ullar hujumi davrida Amudaryo qanday nomlangan? J) Jayhun

  63. Qaysi shaharni mo‘g‘ullarga qarshi mudofaasi yetti oy davom etgan? J) Urganch

  64. “Turklar onasi” nomi bilan shuhrat topgan Xorazmshoh Sulton Muhammadning onasini ko‘rsating? J) Turkon xotun

  65. Quyidagi qaysi hukumdor “ Iskandari soniy” deb ulug‘langan? J) Muhammad Xorazmshoh

  66. 1141-yilda qaysi davlat tugatilgan? J) Qoraxoniylar

  67. 1186-yilda qaysi davlat tugatilgan? J) G‘aznaviylar

  68. “dehqon” degan tushuncha o‘zining “qishloq hokimi”ni anglatuvchi asl ma’nosini yo‘qotgan davrni aniqlang? J) XI-XII asrlar

  69. Movarounnahrdagi Qoraxoniylar poytaxti qaysi shahar bo‘lgan? J) Samarqand

  70. O‘zining to‘qilgan mallarang bo‘zi bilan mashhur Zandana qishlog‘i qayerda joylashgan? J) Buxoroda

  71. 888-yilda butun Movarounnahrni o‘z qo‘l ostida birlashtirgan hukumdorni aniqlang? J) Ismoil Somoniy

  72. Quyidagi qaysi hudud ko‘nchilik mahsulotlari va charm mollari bilan mashhur bo‘lgan? J) Choch

  73. Somoniylar davlatida ichki bozorda ishlatilgan mis chaqa qanday nomlangan? J) fals

  74. G‘aznaviylar davlatiga kim asos solgan? J) Alptegin

  75. 1225-yil mayida Jaloliddin qaysi shaharni jangsiz qo‘lga kiritdi? J) Marog‘a

  76. Nasaf shahri yonida o‘ziga saroy qurdirgan mo‘g‘ul xonini aniqlang. J) Kebek

  77. Mo‘g‘ullar hukmronligi davrida “targ‘u” solig‘i kimlardan olingan? J) hunarmandlar va savdogarlardan

  78. Movarounnahr noibi Mas’udbek nechanchi yil pul islohotini amalga oshiradi? J) 1271 y.

  79. Mo‘g‘ullarga qarshi qo‘zg’olon rahbari Mahmud Torobiy… . J) g‘alvir yasovchi hunarmand bo‘lgan

  80. Jaloliddinga fitna uyushtirgan bosh vazirini aniqlang? J) Sharofulmulk

  81. Mo‘g‘ul hukmdorlari orasida kim birinchi bo‘lib o‘z qarorgohini Movarounnahrga ko‘chiradi? J) Kebekxon

  82. 1218-yil bahorida Chingizxon elchilarini Sulton Muhammad qaysi shaharda qabul qiladi. J) Buxoroda

  83. Manbalarga qaraganda, mo‘g‘ullar tomonidan qaysi shaharning qamali besh oy davom etgan? J) O‘tror

  84. O‘zbek xalqi nechanchi asrlarda shakllangan? J) IX-XII asrlar

  85. Mo‘g‘ullarga qarshi qo‘zg‘olon ko‘targan Mahmud Tarobiy qaysi saroyni o‘ziga qarorgoh qilib oladi? J) Robiya

  86. “Jaloliddin Manguberdi” ordeni qachon ta’sis etilgan? J) 2000-yil

  87. Jaloliddin Manguberdi Chingizxonga taslim bo‘lishni xohlamay otda qaysi daryoga sakrab, narigi qirg‘oqqa suzib o‘tadi? J) Sind

  88. XIII asrning 20-yillaridan XIV asrning 70-yillarigacha O‘rta Osiyo qaysi davlat bosqini ostida bo‘lgan? J) mo‘g‘ullar

  89. 1221-yil Sind daryosi bo‘yidagi jangda ishtirok etgan tarixiy shaxsni aniqlang? J) Jaloliddin Manguberdi

  90. Ya’qub va Amr ibn Lays ismli hukmdorlar qaysi sulola vakili ekanligini belgillang? J) safforiylar

  91. Quyidagi faxrli nomlarga ega bo‘lgan allomlarni aniqlang?

1) Najmiddin Kubro 2) Moturidiy 3) Marg‘inoniy 4) Zamaxshariy
a) “musulmonlar e’tiqodini tuzatuvchisi” b) “islom dinining dalili, isboti” c) “Arab va g‘ayri arablar ustozi” d) “dining ulug‘ yulduzi J) 1-d;2-a;3-b;4-c

  1. 1998-yil oktabrda tavallud yubleyi nishonlangan allomalarni aniqlang? J) Farg‘oniy, Buxoriy

  2. Respublikamizda “Xorazm Ma’mun Akamiyasi”ning 1000 yilligi nishonlangan yilni aniqlang? J) 2006-yil

  3. Kalom ilmi ravnaqiga katta hissa qo‘shgan allomani aniqlang? J) Moturidiy

  4. O‘zbeklarning umum elat tili qaysi sulola davrida qaror topdi? J) Qoraxoniylar

  5. Abu Rayhon Beruniy qaysi shaharda tug‘ilgan? J) Kat

  6. Quyidagi sharafli nomlarning qaysi biri Abu Ali Ibn Sinoga nisbatan aytilgan? J) Shayx ur-rais

  7. Mutafakkirlardan qaysi biri 70 dan ortiq tilni, qaysi biri 7-8 tilni bilgan? J) Forobiy; Koshg‘ariy

  8. 2000-yilda quyidagi qaysi allomalarning yubeliylari nishonlangan. J) Moturidiy va Marg‘inoniy

  9. Qur`oni Karimning sharhlari qanday nomlanadi. J) Tafsir

  10. Qaysi mutafakkir birinchi bo‘lib Yer shari globusini yaratgan? J) Beruniy

  11. Nechanchi asrdan boshlab o`lkamiz “ Turkiston ” nomi bilan atala boshlagan. J) VII asrdan

  12. Quyidagi qaysi alloma nomi XVI asrda Oydagi kraterlardan biriga berilgan? J) Farg‘oniy

  13. Quyidagi qaysi mutafakkir “Muallim us-soniy” va “Sharq Arastusi” nomlari bilan shuhrat topgan? J) Forobiy

  14. Quyidagi qaysi mutafakkir 980-yilda Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog‘ida tavallud topgan? J) Ibn Sino

  15. Quyidagi qaysi alloma 1029 ta yulduzning koordinatalari kattalikliklari qayd etilgan yulduzlar jadvalini va dunyoning geografik kartasini tuzgan? J) Beruniy




Download 26.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling