Dts, matematikadan dastur va darsliklarning sinflar kesimida tahlili


O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV


Download 52.27 Kb.
bet3/3
Sana21.11.2023
Hajmi52.27 Kb.
#1791176
1   2   3
Bog'liq
DTS

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh., 2017 yil 6 aprel,187-son
Ushbu dastur O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 187-sonli qarorining 1-ilovasiga ko`ra umumiy o‘rta ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida keltirilgan. Umumiy o`rta ta’limning DTSi 6-bobdan iborat bo`lib ular quyida keltirilgan.
Boshlang’ich ta 'lim davlat standarti o 'quv predmetlari bo 'yicha emas, balki ta 'lim sohalari bo'yicha belgilanadi. Ta 'lim sohalari bo'yicha standart ko'rsatkichlari 7(6)-11 yoshdagi bolalarning rivojlanish darajasi, ehtiyoj va imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda ijtimoiy talab taqozo qilgan ta'lim mazmunining miqdoriga asoslanib aniqlanadi. Boshlang'ich ta'lim davlat ta'lim standartining qo'llanishi shu bosqichda ta 'lim mazmuni ko'lamini chegaralash, ta'lim sohalarini integratsiyalash imkonini beradi. Davlat ta'lim standartini qo’llash boshlang’ich ta'lim mazmunini konseptual asosga tayangan holda modernizatsiyalash (davr talablari nuqtai nazaridan yangilash)ni ko'zda tutadi.
Davlat ta 'lim standarti boshlang’ich ta 'lim jarayoni oldiga qo 'yilgan ijtimoiy talabga asoslangan holda o 'quvchilar egallashlari lozim bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalarga qo'yiladigan talablarni belgilab beradi. Bu esa o'z navbatida, o 'quvchilarning egallagan bilim, ko 'nikma va malakalarini baholash mezonlarini belgilashga imkon beradi. Boshlang’ich ta 'lim standartining asosini davlat va jamiyatning dolzarb ehtiyojlarini hisobga olgan holda, ayni shu boshlang’ich sinf o'quvchilarida ko 'nikma va malaka hosil qilishga qaratilgan ta'lim sohalarining mujassamlashgan parametrlari tashkil qiladi.
Boshlang’ich ta 'lim standarti mazkur ta'lim bosqichining har bir ta'lim sohasi uchun belgilangan standart parametrlari, mazkur ta'lim sohasining modernizatsiyalashtirilishi, shu mazmunning tarkibiy qismlari, ta 'lim jarayonining vosita va metodlari hamda umumpedagogik, psixologik, texnologik tizimi va darajasini aniqlab berishga xizmat qiladi. Bunda butun e'tibor boshlang'ich ta'lim berishning maqsadi yuzasidan butunlik, uzviylik, tadrijiylik va to'laqonlilikni saqlab qolishga qaratiladi.
Darslik matematika o‘qitishda o‘quv jarayonini ta'minlashning asosiy vositasi bo‘lib xizmat qiladi va davlat dasturiga to‘la mos qilib tuzilgan bo‘ladi. Darslik o‘qituvchiga o‘z ishini ratsional rejalashtirishga yordam beradi, chunki u har qaysi mavzuning o‘quv materialini mustahkamlashni yoritgan bo‘ladi, materialni o‘rganish uchun tayyorgarlikni o‘z vaqtida ta'minlaydi, shuningdek, ilgari o‘tilgan materialni tizimli ravishda va uzluksiz mustahkamlash va takrorlashning manbaidir. Darslikning mazmuniga kiradigan u yoki bu savollar dasturda ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Darslikning asosiy xususiyati shundaki, u dasturning talabini ochishi, uni konkretIashtirishi, dasturda ko‘rsatilgan savollar qanday darajada qaralishini o‘zida aks ettirishi kerak. Masalan, 2-sinf dasturida «teng ikki qismga bo‘lish va mazmuni bo‘yicha bo‘lish, uni umumlashtirish» degan mavzuni darslikda yoritilishini diqqat bilan qarasak, uni bayon qilishda yengilgina xatoga yo‘l qo‘yish mumkin, o‘qituvchi diqqat bilan bu mavzuning mazmunini tushunmasa,o‘quvchilarga mavzuda ko‘rsatilgan ikki holni: teng ikki qismga bo‘lishi va mazmun bo‘yicha bo‘lish savollarini to‘g‘ri tushuntira olmagan bo‘ladi. Ko‘p xonali sonlar qatnashgan misollarni yechish orqali ham sonlarni teng ikkiga bo‘lish ustida mulohazani aniq tushuntira olmasligi mumkin. Haqiqatan ham darslikda masalalar yechilishining bu turlariga alohida bob ajratmagan, hech qayerda bunga o‘xshash savol va vazifalar ajratib ko‘rsatilmagan. IV sinf dasturidan yana bir misol keltiramiz. Dasturda «milIionlar sinfi ichida yozma va og‘zaki raqamlash» degan mavzu bor. Lekin bu mavzuga turli xiIdagi savollar to‘plami kiradi.
IV sinf o‘quvchilari bilan ishlashda qaysi savollar asosiy bo‘lishi, qaysilar yo‘l-yo‘lakay qo‘shib tushuntirilishi, qaysi savollar asosiy o‘rinni egallashi lozimligini darslik ko‘rsatib berishi kerak. Shuningdek, darslik boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitishning mazmunini dastur talabiga nisbatan oydinlashtiradi. Darslik ko‘pincha dasturdagi alohida savollarni o‘qitish ketma - ketligini aniqlaydi, dastur talabida tuziladi.
Dastur esa kursning qurilish tizimini butun holda aks ettiradi (asosiy mavzularni o‘qish va bo‘lish), ba'zan mavzularning ichida materiallarning joylashish tizimini ko‘rsatadi. Lekin dastur har bir mavzuning o‘qitish metodikasini ochishni ko‘rsatmaydi, chunki bu mazmun darslikda bayon qilinadi. Masalan, I-sinf dasturida « I0 ichida qo‘shish jadvali, 10 ichida ayirish», deb nomlab umumlashgan yo‘nalish berilgan. Darslikda esa "10 ichida qo‘shish va ayirish"ning har xii hollari bilan o‘qituvchilar tizimli ravishda o‘quvchilarni tanishtiradi.
Shunday qilib, boshlang‘ich sinf matematika kursining tuzilish tizimi darslik bilan dasturning uzviy bog‘liqligi asosida tuzilgan. Shuningdek, darslik dasturdagi tushuntirish xatida bayon qilingan asosiy metodik ko‘rsatmalarni ochadi. Darslik o‘qitish jarayonida nazariya va amaliyotning o‘zaro aloqadorlik talabini yoritishning aniq yo‘llarini ko‘rsatib beradi. Boshlang‘ich sinf matematikasi I-IV sinf uchun mo‘ljallangan darsliklarda berilgan bo‘lib, unga maqsadga muvofiq tanlangan masala va misol, mashqlar, savol va vazifalar, dastur o‘z ichiga olgan nazariy savollar, bilim va malakalarni shakllantirish yo‘llari kiritiladi. Darslikda bilimlarni tizimli mustahkamlash maqsadida mashqlar majmuasini vaqtlar bo‘yicha taqsimlash, ularni har xii sharoitlarda qo‘llash kabi materiallar beriIadi.
Darslikda tavsiya qilinadigan mashqlar o‘zaro bog‘lanishda, kursning har xil savollari bilan aloqada bo‘lgan holda tuziladi. O‘qituvchiga shuni uqtirish kerak: darslikda shunday materiallar berilishi mumkinki, uni o‘quvchining o‘zi oldindan qo‘llagan bo‘ladi, garchi dasturda uni bajarish zarur deyilsa ham unga bog‘liq holda darslikda shu materialga yaqin bo‘lgan qo‘shimcha materiallar berilmaydi . Masalan, dasturda I sinf birinchi yarim yil bo‘yicha mustaqil materiallarni o‘qish malakalari beriladi. Darslikda esa arifmetik matnli materiallar ikkinchi yarim yilda berila boshlaydi. Shunga taalluqli masalalar darslikda o‘quv yilining boshidan boshlab berilishi zarur. Bunday holda o‘qituvchining o‘zi o‘quvchilarga mos qilib masala matnini tuzishi zarur. Har bir sinf uchun mo‘ljallangan darslik og‘zaki hisoblash usullari bilan malaka hosil qilishga mo‘ljallangan yetarlicha mashqlarni o‘z ichiga oladi. Lekin bulardan o‘quvchilarga tez va to‘g‘ri malaka hosil qiladiganlarini tanlash kerak. Darslik materiali har xildagi og‘zaki mashqlar, boshqa o‘quv manbalaridan foydalangan materiallar bilan to‘ldirib borilishi kerak.
Dasturning har savoliga taalluqli bo‘lgan yetarlicha va zaruriy mashqlar sonini faqat o‘qituvchining o‘zi tanlashi mumkin, qachonki bu o‘qituvchi topshirilgan mashqlarni yechish mumkinlinigini to‘lig‘icha bila olsa. Ba'zi hollarda o‘qituvchi darslikdan foydalangan mashqlarni yana qo‘llaydi, bunda bu mashqdlar o‘quvchilar tomonidan yaxshi o‘zlashtrilganligi uchun unga o‘quvchilar qiziqishmaydi. Bu masalada darslikda qo‘shimcha tarzda maxsus qo‘llanmaning bo‘lishi katta foyda beradi. Mashqlar tizimini tanlashda darslik o‘qituvchi uchun asosiy manzil bo‘lib xizmat qilishi kerak. Bu tizim shunday qurilishi kerakki, dasturning barcha talablarini bajarish uchun zaruriy sharoit yaratilgan bo‘lishi kerak.
Masalan, bunday murakkab masalaning yechilishi darsliklarning tarkibiy tuzilishiga bo‘ysunishi kerak. Darslik matematika o‘qitishda o‘quv jarayonini ta'minlashning asosiy vositasi bo‘lib xizmat qiladi va davlat dasturiga to‘la mos qilib tuzilgan bo‘ladi.
Darslik o‘qituvchiga o‘z ishini ratsional rejalashtirishga yordam beradi, chunki u har qaysi mavzuning o‘quv materialini mustahkamlashni yoritgan bo‘ladi, materialni o‘rganish uchun tayyorgarlikni o‘z vaqtida ta'minlaydi, shuningdek, i1gari o‘tilgan materialni tizimli ravishda va uzluksiz mustahkamlash va takrorlashning manbaidir. Darslikning mazmuniga kiradigan u yoki bu savollar dasturda ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Darslikning asosiy xususiyati shundaki, u dasturning talabini ochishi, uni konkretIashtirishi, dasturda ko‘rsatilgan savollar qanday darajada qaralishini o‘zida aks ettirishi kerak. Masalan, 2-sinf dasturida «teng ikki qismga bo‘lish va mazmuni bo‘yicha bo‘lish, uni umumlashtirish» degan mavzuni darslikda yoritilishini diqqat bilan qarasak, uni bayon qilishda yengilgina xatoga yo‘l qo‘yish mumkin, o‘qituvchi diqqat bilan bu mavzuning mazmunini tushunmasa,o‘quvchilarga mavzuda ko‘rsatilgan ikki holni: teng ikki qismga bo‘lishi va mazmun bo‘yicha bo‘lish savollarini to‘g‘ri tushuntira olmagan bo‘ladi. Ko‘p sondagi misollarni yechish orqali ham sonlarni teng ikkiga bo‘lish ustida mulohazani aniq tushuntira olmasligi mumkin. Haqiqatan ham darslikda masalalar yechilishining bu turlariga alohida bob ajratmagan, hech qayerda bunga o‘xshash savol va vazifalar ajratib ko‘rsatilmagan. IV sinf dasturidan yana bir misol keltiramiz. Dasturda «milIionlar sinfi ichida yozma va og‘zaki raqamlash» degan mavzu bor. Lekin bu mavzuga turli xiIdagi savollar to‘plami kiradi. IV sinf o‘quvchilari bilan ishlashda qaysi savollar asosiy bo‘lishi, qaysilar yo‘l-yo‘lakay qo‘shib tushuntirilishi, qaysi savollar asosiy o‘rinni egallashi lozimligini darslik ko‘rsatib berishi kerak. Shuningdek, darslik boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitishning mazmunini dastur talabiga nisbatan oydinlashtiradi. Darslik ko‘pincha dasturdagi alohida savollarni o‘qitish ketma - ketligini aniqlaydi, dastur talabida tuziladi.
Darslik o‘qitish jarayonida nazariya va amaliyotning o‘zaro aloqadorlik talabini yoritishning aniq yo‘llarini ko‘rsatib beradi. Boshlang‘ich sinf matematikasi I-IV sinf uchun mo‘ljallangan darsliklarda berilgan bo‘lib, unga maqsadga muvofiq tanlangan masala va misol, mashqlar, savol va vazifalar, dastur o‘z ichiga olgan nazariy savollar, bilim va malakalarni shakllantirish yo‘llari kiritiladi. Darslikda bilimlarni tizimli mustahkamlash maqsadida mashqlar majmuasini vaqtlar bo‘yicha taqsimlash, ularni har xii sharoitlarda qo‘llash kabi materiallar beriIadi. Darslikda tavsiya qilinadigan mashqlar o‘zaro bog‘lanishda, kursning har xil savollari bilan aloqada bo‘lgan holda tuziladi. O‘qituvchiga shuni o‘qtirish kerak: darslikda shunday materiallar berilishi mumkinki, uni o‘quvchining o‘zi oldindan qo‘llagan bo‘ladi, garchi dasturda uni bajarish zarur deyilsa ham unga bog‘liq holda darslikda shu materialga yaqin bo‘lgan qo‘shimcha materiallar berilmaydi. Masalan, dasturda I sinf birinchi yarim yil bo‘yicha mustaqil materiallarni o‘qish malakalari beriladi. Darslikda esa arifmetik matnli materiallar ikkinchi yarim yilda berila boshlaydi. Shunga taalluqli masalalar darslikda o‘quv yilining boshidan boshlab zarur. Bunday holda o‘qituvchining o‘zi o‘quvchilarga mos qilib masala matnini tuzishi zarur. Har bir sinf uchun mo‘ljallangan darslik og‘zaki hisoblash usullari bilan malaka hosil qilishga mo‘ljallangan yetarlicha mashqlami o‘z ichiga oladi. Lekin bulardan berilishi o‘quvchilarga tez va to‘g‘ri malaka hosil qiladiganlarini tanlash kerak. Darslik materiali har xildagi og‘zaki mashqlar, boshqa o‘quv manbalaridan foydalangan materiallar bilan to‘ldirib borilishi kerak.
Dasturning har savoliga taalluqli bo‘lgan yetarlicha va zaruriy mashqlar sonini faqat o‘qituvchining o‘zi tanlashi mumkin, qachonki bu o‘qituvchi topshirilgan mashqlarni yechish mumkinlinigini to‘lig‘icha bila olsa. Ba'zi hollarda o‘qituvchi darslikdan foydalangan mashqlarni yana qo‘llaydi, bunda bu mashqdlar o‘quvchilar tomonidan yaxshi o‘zlashtrilganligi uchun unga o‘quvchilar qiziqishmaydi.
Bu masalada darslikda qo‘shimcha tarzda maxsus qo‘llanmaning bo‘lishi katta foyda beradi. Mashqlar tizimini tanlashda darslik o‘qituvchi uchun asosiy manzil bo‘lib xizmat qilishi kerak. Bu tizim shunday qurilishi kerakki, dasturning barcha talablarini bajarish uchun zaruriy sharoit yaratilgan bo‘lishi kerak. Masalan, bunday murakkab masalaning yechilishi darsliklarning tarkibiy tuzilishiga bo‘ysunishi kerak.
Matematika fanidan DTS. Matematika fanidan umumiy o’rta ta’lim maktablari o’quvchilarining tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan talablar.
Kompetensiyaviy yondashuv nuqtai nazaridan qaralganda, ta’lim jarayoning mohiyati - o’quvchilarning turli hayotiy vaziyatlarda, kundalik turmushda vujudga keladigan muammolarni avval o’zlashtirgan bilim, ko’nikmalari va tajribalari asosida hal qilish layoqatlarini (qobiliyatlarini) rivojlantirishdan iborat bo’ladi. Bu esa o’z navbatida o’quvchilarga nafaqat bilim, ko’nikma va malakalarni berish, balki ularni kundalik turmushda, hayotiy vaziyatlarida qo’llay olish layoqatlarini (kompetensiyalarlarni) shakllantirishni ko’zda tutadi. Boshqacha qilib aytganda, kompetensiyalar davlat va jamiyatning ta’lim tizimi oldiga qo’ygan ijtimoiy buyurtmasi hisoblanadi. Kompetensiyaviy yondashuvning asosiy maqsadi ta’lim muassasasi bitiruvchisining ijtimoiy hayotga moslashishiga yordam berishdan iborat. Shu nuqtai nazardan, kompetensiyaviy yondashuv ta’lim tizimi oldida turgan shu kunning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi.
Mazkur dolzarb muammoni hal qilish, ya’ni ma’naviy barkamol va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalash, ta’lim tizimini sifat va mazmun jihatdan yanada takomillashtirish, mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg’or tajribalari hamda ilm-fan, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikasiya texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish maqsadida, Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2017 yil 6 aprelda ― Umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlari tasdiqlandi. Unga ko’ra, barcha umumta’lim fanlari bo’yicha davlat ta’lim standartlari, o’quv dastur va rejalari kompetensiyaviy yondashuv asosida yangilandi. Umumiy o’rta ta’lim tizimi mohiyatidan kelib chiqib, ta’lim muassasasi bitiruvchisi egallashi lozim bo’lgan quyidagi tayanch kompetensiyalar (TK) ajratib ko’rsatildi:
TK1. Kommunikativ kompetensiyalar;
TK2. Axborot bilan ishlash kompetensiyalari;
TK3. O’zini-o’zi rivojlantirish kompetensiyalari;
TK4. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyalari;
TK5. Milliy va umummadaniy kompetensiyalar;
TK6. Matematik savodxonlik, fan va texnika yutuqlaridan xabardor bo’lish hamda foydalanish kompetensiyalari.
Mazkur tayanch kompetensiyalari bilan bir qatorda har bir umumta’lim fani bo’yicha ham kompetensiyalar (FK) ham ishlab chiqilgan bo’lib, ularni aniqlashtirishda har bir fanning maqsad va vazifalaridan kelib chiqildi. Xususan, matematika fani bo’yicha umumiy (FK1) va kognitiv (FK2) kompetensiyalar ajratib ko’rsatildi.
Ma’lumki, matematika fani - abstrakt fan. Uning mazmuni boshidan oxirigacha inson tasavvurining va mantiqiy tafakkurining mahsulidan iborat. Fanning bunday abstrakt tuzilishi, o’zini-o’zi boyitib borishi, ya’ni yangidan-yangi matematik tushunchalar va ularning xossalarini ma’lum xossalardan hosil qila olish imkoniyati qadimdan insonning aqliy qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qilib kelgan. Hatto matematik masalalarni yechish musobaqalari o’tmishda inson aqlini peshlash vositasi bo’lgan. Shundan kelib chiqadigan bo’lsak, matematika fanining eng asosiy vazifasi aynan o’quvchilarni o’ylashga, to’g’ri mantiqiy fikrlashga va mushohada yuritishga o’rgatishdan iborat ekanligi oydinlashadi. Hech qaysi fan matematika fanichalik o’quvchilarni o’ylashga va fikrlashga majbur qila olmaydi. Matematika darslarida turli tuman masala, muammo va jumboqlarini yechish orqali o’quvchilar to’g’ri fikr yuritish, mantiqiy fikrlashni o’rganadilar. Insonning mantiqiy fikrlay olish layoqati (qobiliyati yoki kompetensiyasi) uning eng muhim hayotiy ehtiyojlaridan biri hisoblanadi. Xullas, bir faylasuf ta’biri bilan aytganda, ― Matematika - aql gimnastikasidir. Yoshlik chog’idan turli-tuman matematik masalalarni yechish orqali o’quvchilar hayotiy muammolarni yechishga va turmushda uchraydigan muammoli vaziyatlarida to’g’ri qarorlar qabul qilishga tayyorgarlik ko’radilar. Bu holatda hamma matematik masalalar ham bevosita hayotiy muammolar haqida bo’lishi shart emas.
Har qanday matematik masala ham o’quvchini o’ylashga majbur qiladi. Turli abstrakt formulalar yordamida hisob kitoblarni, algebraik almashtirishlarni to’g’ri bajarish, ayniqsa teoremalarni isbotlash, ya’ni ma’lum dalillar asosida uning to’g’ri ekanligini asoslash mantiqiy fikrlashga doir eng muhim amaliyotlardan hisoblanadi.
Shunday ekan, o’rta umumiy ta’lim tizimida matematika fanining, matematikani o’qitishning eng asosiy vazifasi o’quvchilarda mantiqiy fikrlash, to’g’ri mushohada yuritish layoqatlarini (kompetensiyalarini) tarkib toptirishdan iborat bo’lmog’i lozim. Fanga oid umumiy kompetensiyalar matematika fanidan o’quvchilar bilishi va uddalashi lozim bo’lgan nazariy bilim va amaliy ko’nikmalarni, fanga oid kongitiv kompetensiyalar aynan yuqorida zikr etilgan mantiqiy fikrlash, o’qib-o’rganish va fan bo’yicha o’zlashtirilgan bilim va ko’nikmalarni amaliyotda qo’llash bo’yicha talablarini umumiy holda belgilaydi.
Download 52.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling