ASORATLARI - ASORATLARI
- Duduqlanish mavjudligi bolani so’zlashuv vaziyatlaridan qochishga majbur qiladi, natijada uning muloqot doirasi va natijada umumiy rivojlanish darajasi qisqaradi. Shubha, ehtiyotkorlik, o’zi va tengdoshlari o’rtasidagi farq mavjudligi hissi yuzaga keladi. Bola va ota-onasi (sinfdoshlar, tengdoshlar) o’rtasidagi tushunmovchilik tufayli, ajralganlik va kamsitilganlik hissi paydo bo’ladi. Ta’sirchanlik oshadi, qo’rquv paydo bo’ladi, bu ruhiyatning tushkunligiga va duduqlanishni yanada kuchayishiga olib kelishi mumkin.
DUDUQLANISHNI DAVOLASH YO’LLARI - DUDUQLANISHNI DAVOLASH YO’LLARI
- Duduqlanishni davolashning barcha usullari uslubiy yondashuv va terapevtik ta’sir turlari bilan farqlanadi. Umuman olganda, ularni quyidagilarga bo’lish mumkin:
- Logopedik;
- Psixologik;
- Psixoterapevtik;
- Logopsixoterapevtik;
- Ijtimoiy reabilitatsiya;
- Medikamentoz (dorilar bilan);
- Fizioterapevtik;
- Kompleks;
- Noan’anaviy.
Nevrotik duduqlanishni yo’qotish uchun davolash muvaffaqiyati tashxisning o’z vaqtida qo’yilishiga bog’liq. Duduqlanishni davolashning an’anaviy psixoteraptevtik usullari (xulq-atvorli, gipnotik va hokazo) samarasi past bo’lganligi sababli, zamonaviy tibbiyot o’ziga bir nechta elementlarini olgan maxsus terapevtik yondashuvlarni afzal ko’rmoqda. Tutilib gapirshni davolashning bunday kombinativ psixoterapevtik usullari ham individual, ham guruh shaklida qo’llaniladi. Nutq buzilishlarini tuzatish duduqlanishni va tez gapirishni tuzatishga qaratilgan logopedik mashg’ulotlar orqali amalga oshiriladi. - Nevrotik duduqlanishni yo’qotish uchun davolash muvaffaqiyati tashxisning o’z vaqtida qo’yilishiga bog’liq. Duduqlanishni davolashning an’anaviy psixoteraptevtik usullari (xulq-atvorli, gipnotik va hokazo) samarasi past bo’lganligi sababli, zamonaviy tibbiyot o’ziga bir nechta elementlarini olgan maxsus terapevtik yondashuvlarni afzal ko’rmoqda. Tutilib gapirshni davolashning bunday kombinativ psixoterapevtik usullari ham individual, ham guruh shaklida qo’llaniladi. Nutq buzilishlarini tuzatish duduqlanishni va tez gapirishni tuzatishga qaratilgan logopedik mashg’ulotlar orqali amalga oshiriladi.
OLDINI OLISH - OLDINI OLISH
- Duduqlanishni oldini olish usullari ikki guruhga bo’linadi. Ulardan biri bolaning sog’lig’ini saqlash va mustahkamlash, ikkinchisi — bolaning nutq taraqqiyotini tashkil etishdir. To’laqonli ovqatlanish, doimo parvarish qilish, kun tartibiga va gigiena qoidalariga rioya qilish bolaning aqli va nutqi rivojlanishining, sog’lig’ini saqlash va mustahkamlashning muhim tarkibiy qismidir. Asab tizimining normal ishlashi va uni ortiqcha yuklamaslikning oldini olish tetiklik va uyquning to’g’ri almashinuvi bilan ta’minlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |