Duduqlanishni bartaraf etishda logopedik massaj mavzusidagi
Nutqni tekshirishdagi aniq vazifalar quyidagilarni aniqlashdan iborat bo'ladi
Download 22.94 Kb.
|
MAKTABGACHA TA
Nutqni tekshirishdagi aniq vazifalar quyidagilarni aniqlashdan iborat bo'ladi:
— nutq a’zolari tortishishining paydo bo'lish o'rni va shakllari; — ularning paydo bo'lish sur’ati va duduqlanuvchining saqlangan nutq imkoniyatlari; — nutq buzilishlari bilan birga sodir bo'ladigan buzilishlar; harakatlardagi buzilishlar; — duduqlanuvchining o'z nutqiy nuqsoniga munosabati; ruhiy xususiyatlarining borligi. Nutqni birlamchi ko'rikdan o'tkazish paytida logoped nutq bilan birga kechadigan va harakat buzilishlariga: nafas olishda aytiladigan ortiqcha so'z yoki tovushlarni, alohida tovush, so'z va hatto gaplarni talaffuz qilish, nutq tovushlarini noto'g'ri talaffuz qilish, nutq sur’ati va grammatik qurilishidagi, sur’atidagi yetishmovchiliklar, chiqillashlar, mioklonuslar (g'ayritabiiy harakatlar), turli yordamchi (yorqin, tabiiy) harakatlar va nutq harakatidagi ayrim xususiyatlar: umumiy harakatlardagi zo'riqish yoki, aksincha, ularning shiddatkorligi, jo'shqinligi, shivirlashi, "ezmalik"larga alohida e ’tibor beradi Logoped o‘z uslubi va vositalarini duduqlanuvchiga ta’sir etishda qo'llay biladigan zarur mutaxassislarning (tibbiyotchilar, tarbiyachilar, LFK bo'yicha instruktor, musiqachi va boshqalar) hamkorlikdagi tibbiy-pedagogik ishini tashkil etadi.Davo1ash — sog'lomlashtirish ishlariga quyidagilar kiradi: davolash uchun qulay sharoit yaratish, kun tartibi va ovqatlanish tartibini tashkil etish, chiniqtiruvchi tadbirlar, davolovchi jismoniy tarbiya, dori-darmon orqali davolash va psixoterapiya Duduqlanadigan bola uchun ixtisoslashtirilgan muassasalar sharoitida tinch va shu bilan birga jo'shqin, quvnoq kayfiyatni yaratish zarur; uning e’tiborini o'z nuqsoni haqidagi tashvishli fikrlardan xalos etish kerak. Bolada yaxshi kayfiyat, tetiklik, o'zining tuzalib ketishiga nisbatan ishonch uyg'otish muhimdir. Kun tartibini tuzishda dam olish uchun yetarlicha vaqt ajratishni nazarda tutish muhimdir. Shu maqsadda maktab yoshidagi bolalar uchun o'quv jarayonini yengillashtirish, unga berilgan vazifalarni bajarish vaqtida tez-tez tanaffus qilish, ularni sinfdan tashqari ishlar, uy yumushlari va boshqalar bilan zo'riqtirmaslik kerak. Logopedik massaj — mushaklar, nervlar, qon tomirlar, nutq apparati periferik to’qimalarining holatini o’zgartiruvchi hamda faol mexanik ta’sir o’tkazuvchi uslub. Download 22.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling