Duduqlanishni bartaraf etishda logopedik massaj mavzusidagi


Download 22.94 Kb.
bet1/3
Sana21.04.2023
Hajmi22.94 Kb.
#1368341
  1   2   3
Bog'liq
MAKTABGACHA TA


MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARI
DIREKTOR VA MUTAXASSISLARINI
QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING
MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTINING
9-GURUH DEFEKTOLOGIYA YO`NALISHI TINGLOVCHISI
BAXTIYORZODA DILORANING
LOGOPEDIK MASSAJ MODULIDAN
DUDUQLANISHNI BARTARAF ETISHDA LOGOPEDIK MASSAJ MAVZUSIDAGI”
MUSTAQIL ISHI

MAVZU - DUDUQLANISHNI BARTARAF ETISHDA LOGOPEDIK MASSAJ


Duduqlanish – bu nutq apparat muskullarining tortishishi natijasida nutqning temp, ritm va ravonligining buzilishidir.
Duduqlanish etiologik sabablariga ko‘ra ikki tipga farqlanadi
Evolyusion duduqlanish. Markaziy va periferik nerv tizimi nutqiy mexanizmlarini organik buzilishlari mavjud bo‘lmagan, yoyiq nutq formasi shakllanayotgan, ikki yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan davrda yuzaga chiqadi.
Simptomatik duduqlanish markaziy nerv tizimni organik buzilishlari fonida (asosan, kattalarda) yuzaga keladi. (bosh miya travmalari, neyroinfeksiya qon-tomirlarni shikastlanishi). Bir qator olimlar, duduqlanish biologik, psixologik, ijtimoiy omillarga bog‘liq deb hisoblaydilar
Hozirgi davrda duduqlanishni belgilari ikkita guruhga ajratiladi:
Biologik (fiziologik). Sotsial (psixologik).
Fiziologik belgilarga nutqning hosil bo‘lishida ishtirok etuvchi a’zolarning tortishishi, markaziy nerv sistemasi va jismoniy salomatligining, umumiy va nutq harakatlarining buzilishi kiradi.

  • Psixik belgilarga – nutqda tutilish va his-hayajonli nutqning boshqa buzilishlari, nutqda qayd qilish fenomeni, logofobiyalar, nayrang ishlatish va boshqa ruhiy jihatlar kiradi.

Ovoz paychalari apparatidagi pay tortishishi quyidagi holatlarda bo‘ladi.
1. Birlashgan (tortishib birlashgan ovoz burmalari o‘z vaqtida yozilib ketmaydi) – tovush birdaniga uziladi, yohud klonik yoki chiziqli tortishish yuzaga keladi. (o-o-o-olim). 2. Ajralishgan (ovoz tirqishi ochiq qoladi – bu holda butunlay sukut saqlash yoki shivirlagan nutq kuzatiladi). 3. Vokalga oid – bu bolalarga xosdir. Bunda bolalar so‘zda unlilarni cho‘zib talaffuz qiladilar.
Artikulyatsion apparatdagi pay tortishishlar quyidagi organlarda kuzatiladi: Labga oid tortishishlar. Tilga oid. Yumshoq tanglayga oid.

Download 22.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling