Dukkakdoshlar oilasi


Download 122.71 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi122.71 Kb.
#1575613
Bog'liq
Dukkakdoshlar oilasi


Dukkakdoshlar oilasi
Dukkakdoshlar oilasiga bu tartibga kiradigan o‘simliklar daraxtlar, lianalar, butalar va o‘tlar holida bo‘lib, odatda qatorma-qator turadigan yonbargli murakkab barglar chiqaradi. Gullari pentamer (ba’zan tetramer), zigomorf yoki aktinomorf bo‘lib, dumaloq gulqo‘rg‘oni besh a’zoli doiralardan tashkil topgan androtsey va bir a’zoli ginetsey bor. Gul tugunchasi yuqori tomonda, bir uyada, plansetasi chetda joylashgan. Bu tartibga o‘simliklarning eng tipik belgisi mevalarning loviya shaklida (yoki loviyaga o‘xshaydigan boshqa shaklda) bo‘lishidir.Bu oilaga kiradigan o‘simliklar asosan daraxtlar xolida bo‘lib, yonbarglari bor, patsimon yoki qo‘shpatsimon murakkab barglar chiqaradi. Gullari aktinomorf ahyon-ahyonda zigomorf va mayda-mayda bo‘lib, kallak yoki boshoqsimon to‘pgul hosil qiladi. Gulqo‘rg‘onidan ochiq rangli uzun-uzun otalik iplari chiqib turadi, o‘sha iplarning ochiq rangi(sariq, pushti yoki qizil) changlovchi hashoratlarni jalb qiladi. Gulqo‘rg‘oni qo‘shaloq yoki gultoji taraqqiy qilmay qolganligi natijasida ba’zan oddiy bo‘ladi. Kosachabarg asosan beshta (lekin, ko‘pincha to‘rtta, uchta yoki oltita) bo‘lib, bir-biriga qo‘shilib, goho qo‘shilmay o‘sadi. Gulbarglarining soni kosacha barglarning soniga baravar, ular qo‘shilmagan yoki ba’zan bir-biriga birmuncha o‘sgan bo‘ladi. Otaliklarining soni turlicha. Ba’zi avlodlarida ularning soni kosachabarglar soniga baravar bo‘lsa, ba’zilarida ikki marta ko‘p, yoki bir talay. Otalik iplari goho mutlaqo erkin tursa, goho qo‘shilib o‘sib naycha hosil qiladi, yoki gultoj bilan qo‘shilib ketgan bo‘ladi. Birdan-bir meva bargchasi ustki tugunchali bir uyali onalik hosil qiladi. Mevasi loviya shaklida bo‘lib, ochiladi yoki bir urug‘i bo‘g‘imlariga bo‘linib ketadi. Mimozagullilar oilasining vakillari ikkala yarim sharning tropik va subtropik zonalarida keng tarqalgandir. Bu oilaning eng katta akatsiya (Acacia) avlodiga taxminan 500 tacha tur kiradi, ularning yarmidan ko‘prog‘i Avstraliyada tarqalgan.
211-guruh talabasi Sayfullayev Abbos

Download 122.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling