Dukkakdoshlar oilasi
Download 30.03 Kb.
|
Dukkakdoshlar oilasi 6485
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa
Dukkakdoshlar oilasi Kirish 1. Dukkakdoshlar oilasiga tasnif. 2. Mimozagullilar oilasiga tasnif. 3. Kapalakgullilar oilasiga tasnif. 4. Kapalakgullilar oilasining ba’zi vakillari to‘g‘risida tushuncha Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish
Bu oilaga kiradigan o‘simliklar asosan daraxtlar xolida bo‘lib, yonbarglari bor, patsimon yoki qo‘shpatsimon murakkab barglar chiqaradi. Gullari aktinomorf ahyon-ahyonda zigomorf va mayda-mayda bo‘lib, kallak yoki boshoqsimon to‘pgul hosil qiladi. Gulqo‘rg‘onidan ochiq rangli uzun-uzun otalik iplari chiqib turadi, o‘sha iplarning ochiq rangi(sariq, pushti yoki qizil) changlovchi hashoratlarni jalb qiladi. Gulqo‘rg‘oni qo‘shaloq yoki gultoji taraqqiy qilmay qolganligi natijasida ba’zan oddiy bo‘ladi. Kosachabarg asosan beshta (lekin, ko‘pincha to‘rtta, uchta yoki oltita) bo‘lib, bir-biriga qo‘shilib, goho qo‘shilmay o‘sadi. Gulbarglarining soni kosacha barglarning soniga baravar, ular qo‘shilmagan yoki ba’zan bir-biriga birmuncha o‘sgan bo‘ladi. Otaliklarining soni turlicha. Ba’zi avlodlarida ularning soni kosachabarglar soniga baravar bo‘lsa, ba’zilarida ikki marta ko‘p, yoki bir talay. Otalik iplari goho mutlaqo erkin tursa, goho qo‘shilib o‘sib naycha hosil qiladi, yoki gultoj bilan qo‘shilib ketgan bo‘ladi. Birdan-bir meva bargchasi ustki tugunchali bir uyali onalik hosil qiladi. Mevasi loviya shaklida bo‘lib, ochiladi yoki bir urug‘i bo‘g‘imlariga bo‘linib ketadi. Mimozagullilar oilasining vakillari ikkala yarim sharning tropik va subtropik zonalarida keng tarqalgandir. Bu oilaning eng katta akatsiya (Acacia) avlodiga taxminan 500 tacha tur kiradi, ularning yarmidan ko‘prog‘i Avstraliyada tarqalgan. Avstraliyada o‘sadigan akatsiyalar ko‘pincha plastinkalari hiyla yoki tamoman reduksiyalangan, bandi vertikal tekislikda keng tortgan barglar chiqaradi (fillodiy), bu assimilyatsiya qiladigan yuza yetarli darajada keng bo‘lgani holda bug‘lanishning haddan tashqari kuchayishiga yo‘l qo‘ymaydi. Acacia avlodining turlari Afrikada ham keng tarqalgan bo‘lib, barglarini to‘kadigan tropik daraxtlari o‘rmonlarda uchraydi va savannalarga manzara berishda xissa qo‘shadi. Afrika akatsiyalari ba’zan tepasidan bosilgandek bo‘lib ko‘rinadigan g‘alati shox-shabba chiqaradi, soyabon akatsiya deb shuni aytiladi. Ba’zi akatsiyalarning yonbarglari tikanga aylangan, ular ichi kavak bo‘lishi ham mumkin, ichi kavak shunday tikanlar chumolilarga in bo‘ladi. Chumolilar barglarning uchida bo‘ladigan yassiqsimon alohida ortiqlar to‘qimasi (oziqli tanalar) bilan oziqlanadi, o‘sha tanalarda azotli moddalar bilan moy bo‘ladi. Talaygina akatsiyalar gulli moddasini beradi, ayniqsa senegal akatsiyasi (Acacia arabica)va boshqa ba’zi turlari shu jihatdan juda qadirli va qimmatli maxsulot beradi. Akatsiyalardan olinadigan gummi texnikada Gummu arabicium deb ataladi. (gummi arab degan sirach nomi shundan olingan) Akatsiyalarning po‘stlog‘ida oshlovchi moddalar ko‘p (bu moddalar import qilinib yuvropaga keltiriladi). Kapalakgullilar (Papilionaceae) oilasi. Bu oilaga kiradigan o‘simliklar o‘tlar, yarim butalar, goho daraxtlar holida bo‘lib, yonbargli patsimon yoki barmoqsimon murakkab, ba’zan oddiy barglar chiqaradi. Gullari odatda o‘rtacha yoki mayda bo‘ladi, gullari mayda bo‘lsa, odatda shingil, ba’zan boshcha, soyabon yoki boshoqsimon to‘pgul holida bo‘lib turadi. Gulning tuzilishi juda tipikdir. Beshta kosachabargi qo‘shilib o‘sgan va goho aktinomorf, goho zigomorf, ba’zan ikki kabli bo‘ladigan gulkosacha hosil qiladi. Gultojining 5 ta gulbargidan yelkan deb ataladigan orqa bargi hammasidan katta bo‘lib ajralib turadi, uning yuqori qismi (qayirmasi) bandchasiga nisbatan deyarli to‘g‘ri burchak ostida joy oladi. Yelkanning chetlari bandchaning eshkak yoki qanotlar deb ataladigan ikki yonbargini yopib turadi, bu barglar assimetrik tuzilgan. Qanotlar,o‘z navbatida ikkita pastki barglarni qoplab turadi, bu barglar ham assimetrik tuzilgan bo‘lib, bandchasi bor, ular boshdan oyoq yoki faqat yuqori qismdan bir-biriga qo‘shilib o‘sadi va qayiqcha deb ataladigan bir tuzilma hosil qiladi. Gulning otaligi 10ta, gulida otaligida 9 ta yoki 5 ta bo‘ladigan kapalakgullilar oilasi kamdan-kam istisno tariqasidagina uchraydi. Ko‘pincha 9 ta otalik iplari onalik atrofida bir-biri bilan qo‘shilib tutashmas naycha hosil qiladi, qo‘shilib o‘smay, erkin turadigan 10-otalikning birmuncha keng tortgan, ipi o‘sha naychaning tirqishini yopib turadi. Ahyon-ahyonda 10 ta otalikning hammasi bir-biri bilan qo‘shilib ketadi, yoki aksincha, hammasi erkin qoladi. Otaliklar qo‘shilib o‘sgan bo‘lsa ham kapalakgullilarning o‘n a’zoli androtseyi besh a’zoli ikki doiradan kelib chiqqanligini ko‘rsatadigan belgilarini saqlab qoladi, bu otalikning uzun-qisqalikda ko‘rinadi: birmuncha uzun ipi beshta otalik kaltaroq beshta otalik bilan navbatlashib turadi. Onaligi, dukkaklilarning hamma vakilaridagidek, bir uyali ustki tugunchasi bor bitta meva bargchadan iborat. Mevalari ikki palla bo‘lib ochiladigan loviya shaklida, ular quruq yoki ba’zan suvli bo‘ladi. Ba’zan loviya holidagi mevalar ochilib, munchoqsimon bo‘lib qoladi va bir mevali bo‘g‘imlarga bo‘linadi. Ba’zi kapalakgullilar oilasining mevalari mayda, bir urug‘li, ya’ni yong‘oqchaga aylangan bo‘ladi. Kapalakgullilar oilasining ko‘pchiligi hashoratlar bilan changlanadi, gullarning murakkab tuzilganligi ham shunga bog‘liq. Ochiq rangli gultojida yelkan qayirmasi yaqqol bo‘lib ko‘rinib turadi: changlovchi hashoratlarni jalb etishda shu tuzilma asosiy rolni o‘ynasa ajab emas. Kapalakgullilar oilasi o‘zining xo‘jalikda tutgan ahamiyati jixatidan yopiq urug‘li o‘simliklarning eng muhim oilalaridan biridir. Ularning ahamiyati birinchi galda kapalakgullilarning va umuman dukkaklilarning Bacterium radicicola degan umumiy nom bilan ataladigan bakteriyalar bilan birga yashashga bog‘liq. Bacterium radicicola turlari orasida fiziologik jihatdan mustaqil bo‘lgan bir qancha formalar borki, ularning har biri kapalakgullilar oilasining ma’lum bir turlari yoki tur guruhlari bilan birga yashaydi. Ildiz tuklari orqali tuproqdan birlamchi ildiz po‘stiga o‘tadigan tugunak bakteriyalarning urchishi natijasida ildiz parenximasi o‘sib qalinlashadi va tugunaklar deb ataladigan o‘simtalar hosil qiladi. Ildizdan joy oladigan bakteriyalar atmosferadagi elementlar azotni (uning zapasi tuganmasidir) juda yaxshi o‘zlashtira oladi va shu azotni tabiatda biologik moddalar almashinuviga kiritadi. Tuganak bakteriyalar ishlab chiqaradigan oqsil moddalarni dukkakli o‘simliklar o‘zlashtiradi, shunga ko‘ra azot kam tuproqda ham yaxshi o‘saveradi. Dukkakli o‘simlikning ildizi va boshqa qismlari chiriganda birikmalar holida to‘plangan organik azot zapasi tuproqqa o‘tadi va chirib hamda boshqa bakteriyalar ishtiroki bilan yashil o‘simliklarga azotli oziq beradigan manba bo‘lib qoladi. Dukkaklilar tartibi turlarning yarmidan ko‘prog‘ini o‘z ichiga oladigan kapalakgullilar oilasi butun yer yuzidagi o‘rta iqlimli mamlakatlarga tarqalgan bo‘lib, o‘t va butasimon formalar ko‘rinishida o‘sadi, ammo kapalakgullilar orasida tropiklarga yaqin joylarda, asosan daraxtlar holida o‘sadigan vakillar ham uchraydi. Kapalakgullilar oilasi odatda ikki gruppaga bo‘linadi: a) otaliklari erkin turadigan kapalakgullilar oilasi va b)10 ta otalikning hammasi yoki ko‘pincha faqat 9 tasi qo‘shilib o‘sadigan va 10-si erkin qolib, otalik naychasi tirqishini berkitib turadigan kapalakgullar. Birinchi gruppaga kiradigan kapalakgullar oilasi Caesalpiniaceae ga hammadan yaqin turadi va shu o‘simliklar vositasi bilan atirgullar oilasiga bog‘lanadi. Kapalakgullar oilasi orasida ovqat bo‘ladigan o‘simliklardan quydagilar ayniqsa muhimdir. No‘xat (Pisum sativum) juft patsimon barglar chiqaradigan o‘tsimon o‘simlikdir, barglari yirik yonbargli bo‘ladi va uchidan shoxlangan jingalaklar chiqaradi, gullari oq. No‘xat ovqatga ishlatilishi jihatidan juda katta ahamiyatga ega, chunki urug‘lari oqsillarga boyligi jihatidan go‘shtga yaqin turadi (lekin dukkaklilarning oqsillari hayvon oqsillariga nisbatan kamroq xazm bo‘ladi), bundan tashqari, talaygina kraxmali bo‘ladi. Ba’zi navlarning mevalari shakarga boy bo‘ladi va yetilmagan holida ovqatga ishlatiladi. No‘xatning asosiy mahsuloti (urug‘i) dan tashqari yer ustki vegetativ qismlaridan ham foydalaniladi ular oqsilga boy bo‘lganidan qimmatli yem-hashak o‘rnini bosadi. No‘xat ko‘p azot to‘playdigan o‘simlik bo‘lgani uchun keyin ekiladigan o‘simliklarning hosiliga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Loviya (Phaseolus vulgaris) ning bir qancha navlari bor, ular urug‘larning katta-kichikligi, shakli va rangi bilangina emas, balki quruqlikka chidamligi, tezpisharligi bilan ham ajralib turadi va hokazo. Bu o‘simlikning ona vatani janubiy Amerikadir degan ma’lumotlar bor. Loviya ko‘pincha janubiy rayonlarda ekiladi,shimolda xavoning nam va salqin bo‘lishi loviyaning o‘sishiga to‘sqinlik qiladi. O‘rta Osiyoda loviyaning alohida bir turi mosh (Phaseolus Mungo) ko‘p tarqalgan, mosh ham ovqatga ishlatiladi. Yeryong‘oq (Arachis hypogara) - o‘t o‘simligi bo‘lib, juft patsimon barglar va geokarp bo‘lishi bilan ajralib turadigan sariq gullar chiqadi. Guli ochilib to‘kilgandan keyin tuguncha bandi (ginofor) cho‘zilib, pastga qayriladi, natijada tuguncha tuproqqa kiradi va shu yerda loviyasimon meva tugadi. Meva yoni quruq bo‘lib yuzasi turlaydi. Har qaysi mevada (dukkakda) bir nechtadan doni bo‘ladi. Donida 55% ga yaqin moy va 25-35% oqsil bor. Yeryong‘oqdan olinadigan moy eng yaxshi o‘simlik moylaridan hisoblanadi va zaytun moyidan uncha qolishmaydi. Sebarga (Trifolium) uch qo‘shaloq (ba’zan besh qo‘shaloq) g‘alati barglar chiqaradigan o‘t o‘simliklarini o‘z ichiga oladi. Boshcha-boshcha bo‘lib turadigan gullari birmuncha mayda va qizil, pushti oq goho sariq va qo‘ng‘ir bo‘ladi. Mevalari bitta ba’zan 2-6 ta urug‘ tugadigan va sal yoriladigan loviya xolidadir. Qishloq xo‘jaligida qizil sebarga yoki yovvoyi sebarga (Trifolium pratense) katta ahamiyatga ega. Termopsis (Thermopsis lanceolata)-qirlarda, Volga bo‘ylarida, Sibir va O‘rta Osiyoda ko‘p uchraydi va ba’zan begona o‘t holida o‘sadi. Bu o‘simlikdan yo‘talga qarshi dori olinadi,shu bilan birga termopsisning chetdan keltiriladigan ipekakuacha ildizining o‘rnini bosa olishi hozir aniqlan-gan. Bo‘yoq beradigan drok (Genista tinctoris) - qirlarda, qisman o‘rmonlar o‘sadigan buta o‘simlikligining shingil - shingil sariq gullaridan och sariq rangli yaxshi bo‘yoq olinadi. Tropik qisman subtropik mintaqada ko‘p ekiladigan Indigofera tinctoria indigo degan aynamas ko‘k bo‘yoq beradi. O‘rta Osiyoda o‘sadigan va traganta deb ataladigan ba’zi Astragalus turlaridan olinadigan sirach to‘qimachilik, ko‘pchilik sanoatida, gugurt ishlab chiqarishda, bo‘yoq va parfmeriya sanoatida, shuningdek konditer korxonalarida ishlatiladi. Kapalakgullilarning ba’zi daraxtsimon formalari juda qattiq, qimmatli yog‘och beradi; masalan, qizil sandal daraxti va afrika qora daraxti shular jumlasidandir. Bizda o‘sadigan sariq akatsiya (Caragana arborescens) va shunga yaqin turadigan derez (G. frutex) turi yashil devor qilib ekiladi. Bir yillik kapalakgulli o‘simliklardan lyupin (Lupinus) o‘t o‘simliklardan lyupin (Lupinus) o‘t o‘simlik bo‘lib, barmoqsimon-murakkab g‘alati barglar chiqaradi, barglari 5-11 ta bargcha bo‘ladi. Gullari oq, sariq yoki ko‘p rangda shingil - shingil bo‘lib turadi. Qishloq xo‘jaligida sariq lyupin (L. luteus), ingichka bargli lyupin (L. angustifolius) va oq lyupin (L. albus) ning ahamiyati bor. Lyupinlar ikki jihatdan ahamiyatga ega. Ular juda ko‘p azot to‘playdi, shunga ko‘ra qum tuproqli ariq yerlar ham azotga ancha boy bo‘lib qoladi. Ikkinchi tomondan, lyupinlar oqsilga juda boy bo‘lib, yaxshi yem - xashak o‘rnini bosadi. Sezalpinlar(Ceasalpiniaceae) oilasi. Bu oilaga kiradigan o‘simliklar daraxtlar,lianalar,butalar goho o‘tlar holida bo‘ladi va ketma-ket joylashgan,qo‘sh patsimon,goho oddiy barglar chiqaradi(oddiy barglar murakkab barglarning reduksiyalanishi natijasida yuzaga keladi) va hamisha yonbarglari bo‘ladi.Tuklari ba’zan deyarli aktinomorf, lekin odatda zigomorf,siklik bo‘lib, odatda besh a’zoli ba’zan to‘rt a’zoli doiralardan tashkil topadi. Kosachabarglari odatda erkin turadi.Gulbarglarning soni kosachabarglarning soniga teng yoki undan kamroq ular katta-kichik bo‘ladi,shu bilan birga orqa tomondagi eng yirik gulbargi yon gulbarglarning chetlari bilan qoplanib turadi,yon gulbarglarini esa pastki gulbarglar bekitib turadi.Otaliklari o‘nta bo‘lib,ikki doira hosil qiladi. Ular bir-biriga qo‘shilmaydi-yu,lekin iplari ba’zan bir-biriga birmuncha qo‘shilib o‘sadi. Ko‘pincha ba’zi otaliklar (masalan,orqadagi uchta otalik-gulbargi qarshisida turgan bitta otalik va kosacha qarshisida turgan ikkita otalik) staminodiyaga aylanadi, shunga ko‘ra gulning zigomorfligi kuchayadi.Ba’zan otaliklar butunlay reduksiyalanib ketadi,natijada androtset besh a’zoli bo‘lib,qoladi. Onaligi bir uyali tugunchasi bor meva bargchadan iborat bo‘lib,ba’zan gul o‘rnida hosil bo‘lgan band chiqaradi. Mevasi ba’zan ochiladigan ba’zan ochilmaydigan loviya shaklida. Ba’zi vakillarining urug‘i endospermdir. Shimoliy Amerikada o‘sadigan gledichiya degan daraxt(Gleditschia triacanthos)juda diqqatga sazovordir,bu daraxt uzunligi 10 santimetrdan oshadigan oddiy yoki shoxlangan tikanlar chiqaradi. Gledichiya Krim,Kavkaz va O‘rta Osiyoda dekorativ daraxt o‘rnida o‘stiriladi:bu o‘simlik yaxshi asal beradi uni ixoto o‘rmonlari barpo qilishda ko‘plab ekish maslahat ko‘riladi. Selderdoshlar oilasi-Apiaceae. Bu oilaga kiradigan o‘simliklarning ko‘pchilik qismi o‘tsimon o‘simliklar bo‘lib,chala buta va buta o‘simliklari kam uchraydi.O‘tsimon o‘simliklar asosan shimoliy yarim sharning mo‘tadil iqlimli zonasida, buta va chala buta o‘simliklari esa tropik va subtropik mamlakatlarda o‘sadi. Barglari navbat bilan joylashgan,yonbargsiz,chetlari tekis yoki bir necha joyidan chuqur qirqilgan bo‘lib poyani qinlari bilan birmuncha o‘rab oladi.Poyaning yer ustki qismini ichi kovak unda moy yo‘llari bor,bo‘g‘im va bo‘g‘im oraliqlari bilinib turadi. Gullari mayda bo‘lib, soyabonsimon to‘pgullarga to‘planadi. Murakkab soyabonning asosi gulyonbarglardan iborat umumiy o‘rama ichiga olingan,soyabonlarning asosida ham mana shunday kichik o‘ramachalar bor.O‘rama va o‘ramachalarning shakli,kattaligi va qay xilda joylashganligi o‘simliklarni to‘g‘ri sistemasiga imkon beradigan muhim belgi xisoblanadi. Gullari aktinomorf,ikki jinsli,ba’zan bir jinsli (bir yoki 2 uyli) lari ham uchraydi.Ba’zi bir o‘simliklarda to‘pgullarning chetidagi tashqi tojbarglar ichkaridagilarga qaraganda yirikroq bo‘ladi. Gul kosachalari juda ham qiyalangan:kosachasi 5 tishli,mayda ko‘pincha rivojlanmay ham qoladi.Tojbarglari 5 ta, tutashmagan, uchi gulning ichkarisiga qarab bukilgan bo‘ladi.Otaligi ham 5 ta, g‘unchada tojbargiga o‘xshab ichkari tomon qaragan holda yotadi.Urug‘chisi 2 mevabargli,tugunchasi ostki, 2 uyali,har qaysi uyasi bir urug‘kurtakli.Tuguncha 2 ustunchali bo‘lib,har qaysi ustunchaning asosini nektardan o‘rab turadi. Gullari proteroandrin tipda (otaliklari onaliklaridan ilgari yetiladi) xashoratlar yordamida chetdan changlanadi. Mevasi pishgandan keyin 2 ta mevachaga ajralib, karnoforda, ya’ni ipsimon qo‘shoq mevaband uchida bir qancha vaqt osilib turuvchi qo‘sh pistachadir. Urug‘i endospermli va mevaqati bilan zich qo‘shilib o‘sgan.Soyabonguldoshlar oilasi 3500 taga yaqin turni o‘z ichiga olgan avloddan iborat. Gul formulasi: Sa(5) So5 A5 G(1) Bu oilaning katta ahamiyatga ega bo‘lgan turlari quyidagilardir. Sabzilar avlodi (Dacus). Bu avlod vakillari 2 yillik va ko‘p yillik o‘t o‘simliklardir. Ularning gullari 1 yoki 2 jinsli, oq yoki sarg‘ish, o‘rtasidagi gullari qizil rangda. Mevasi cho‘ziq, 5 ta tikanaksimon qovurg‘ali. Bu avlod 60 turdan iborat.Shimoliy yarim sharda,shu jumladan O‘zbekistonda ham tarqalgan. Yovvoyi sabzi. (D.carota). yuvropa va Osiyo mamlakatlarida uchraydi. 2 yillik o‘t o‘simlik. Bu sabzi ildizining dag‘al va mayda bo‘lishi bilan ekma sabzidan farq qiladi. Ekma sabzi (D.sativus).2 yillik o‘simlik. Chala buta va buta o‘simliklari kam uchraydi. O‘tsimon o‘simliklar asosan shimoliy yarim sharning mo‘tadil iqlimli zonasida, buta va chala buta o‘simliklari esa tropik va subtropik mamlakatlarda o‘sadi. Birinchi yili uzun bandli 2-3 marta patsimon qirqilgan to‘pbarg va ildizmeva hosil qiladi. Ikkinchi yili sershox poya chiqaradi va oq gullar hosil bo‘ladi. Mevasi o‘ziga xos hidli ingichka o‘tkir tikanchalar bilan qoplangan. Shuning uchun bular o‘zaro bir-biriga yopishishadi. Sabzi sabzavot sifatida va mollarga oziqa sifatida ekiladi. Kashnich (Coriandrum sativum. U gullari oq 2 jinsli, urug‘i silliq,bir oz dumaloq yoki ovalsimon, barglari qirqilgan bir yillik tuksiz yashil o‘simlikdir. Vatani O‘rta dengiz. Kashnich mevasida 0,8 % gacha korindrin efir moyi bor. 18% gacha yog‘ bo‘lib, u sovun ishlab chiqarishda va to‘qimachilik sanoatida ishlatiladi. Bargi taomlarga ko‘k sifatida ishlatiladi. Petrushka (Petroselinum crispus). U ildizlari urchiqsimon, barglari 2-3 marta patsimon qirqilgan, gullari sarg‘ish, oq, qizg‘ish tusli 2 yillik o‘simlik.Uning hamma qismi yoqimli hid va ta’mga ega.Urug‘ida efir moyi bor. Tmin yoki qora zira (Carum). Bu ko‘p yillik yoki 2 yillik, ko‘pincha tuganaksiz o‘t o‘simlikdir. Barglari 2-3 marta patsimon qirqilgan. Gullari 2 jinsli oq pushti yoki qizil rangli. Mevasi cho‘ziq yonidan siqilgan, qovurg‘asi yapsimon egatidagi moy yo‘llari bitta. Urug‘ining ich tomoni yassi. 2turi (C.carvi va C.atrisangueneun) O‘zbekiston florasida tarqalgan. Birinchi turi 2 yillik tuksiz o‘simlik. U guli oq yoki pushti, bo‘yi 40-60 sm poyasi yakka egatli ichi bo‘sh ayri bo‘lib shoxlangan. Urug‘i cho‘ziq xushbo‘y hidli, jigarrang. Tog‘li rayonlarda o‘sadi. Mahalliy xalq qorazira deb ataydi va ovqatga ziravor sifatida ishlatiladi. Valerianadoshlar oilasi-Valerianaceae. Bu oila vakillari buta,chala buta ko‘proq o‘t o‘simliklardir. Barglari qarama-qarshi joylashgan, odatda, patsimon qirqilgan va yonbargsiz. To‘pgullari dixoziy yoki gajak. Gullari 2 jinsli, ba’zan bir jinsli, zigomorf, assimetrik, ya’ni teng 2 qismga ajratish mumkin bo‘lmaydigan, 5 a’zolidir. Kosachasi gullash davrida yaxshi sezilmaydi, keyinroq patsimon o‘simtaga aylanadi. Gultoji 2 labli, qo‘ng‘iroqsimon va uzun nayli bo‘lib, naydan pixsimon yoki naysimon o‘simta chiqadi. Changchilari 1 ta yoki 3 ta qolgan 2 tasi rivojlanmaydi. Urug‘chisi 3 mevabargli. Tugunchasi ostki, lekin urug‘kurtagi uning faqat bittasidagina taraqqiy etadi. Mevasi yong‘oqcha, kosachadan hosil bo‘lgan patsimon uchmasi bor.Urug‘i endosperimsiz. Valerianadoshlar oilasi 14 avlod va 350 turdan iborat bo‘lib, asosan shimoliy yarim sharda, bir qismi Braziliyada va And tog‘larida tarqalgandir. O‘zbekistonda 3 avlodi va 19 turi uchraydi. Valeriana avlodi (Valeriana). Bu avlod vakillari ildizlari ko‘pincha yo‘g‘onlashgan 200 tacha turni o‘z ichiga oladi. Ular shimoliy yarim sharning mo‘tadil poslarida va And tog‘larida tarqalgan. 3 turi (V.Ticarifolia, V.chionophila,V.Tedtschenkovii) O‘zbekiston florasida o‘sadi. Dori valeriana (V.officinalis). U meditsinada katta ahamiyatga ega bo‘lgan ildizpoyali, yirik ko‘p yillik o‘tlardandir. Barglari toq patsimon, qirqilgan qarama-qarshi joylashgan, gullari pushti rangli xushbo‘y. Changchisi 3 ta bo‘lib, tojbarg naychasiga birikkan. Ildizi bilan ildizpoyasi dori sifatida ishlatiladi. Asosan Ukrainada va Voronej oblastida ekiladi. Belorusiya, Ukraina, Rostov oblastlarida yovvoyi xolda o‘sganlari ham yig‘ishtirib olinadi. Valeriananing xo‘jalikdagi ahamiyati. Bu oilaning vakillaridan dori valeriana ekiladi.Uning ildiz va ildizpoyasidan tayyorlangan dori asab kasalliklarini, xapqon kasalligini, yurak urishi va uyqusizlik kasalliklarini davolashda kengqo‘llaniladi. Salat sifatida valerianella eriokarpa barglari ishlatiladi. Sigirquyruqgullilar tartibi -Ituzumguldoshlar oilasi-Solanaceae. Bu oila vakillari o‘t, chala buta, buta ba’zan ilashuvchi tropiklarda o‘suvchi xatto kichikroq daraxt o‘ziga xos xidi bor o‘simliklardir. Barglari oddiy butun yoki qaychibarg va yonbargsiz bo‘lib, asosan navbatlashib joylashadi. Biroq gulli tanalarida barglari ba’zan juft-juft, hatto qarama-qarshi joylashgandek ko‘rinadi (mas.o‘simligida) to‘p gulli simoz odatda gajjak, gullari och sariq, pushti binafsha. Oqimtir ko‘k rangli aktinomorf ba’zan bir oz zigomorf tuzilgan.2 jinsli bo‘ladi. Gulqo‘rg‘oni qismlari va otaligi 5 a’zoli. Onaligi 2 mevabargli, tugunchasi ustki, 2 uyali, ba’zan 3-5 uyali, har qaysi uyasi ko‘p urug‘kurtakli. Mevasi rezavor-meva yoki ko‘sakcha. Urug‘i endospermli ham, endospermsiz ham bo‘ladi. Embrioni bukilgan (ba’zan to‘g‘ri). Tuguncha atrofida halqa bo‘lib joylashgan 5 bo‘lakchali shiradoni bor. Hashoratlar vositasi bilan yoki o‘z-o‘zidan changlanadi. Anatomik jihatdan bog‘lamlari orasida yumshoq tolalar bo‘lishi, bioximik jihatdan turli alkaloidlarga boy bo‘lishi, oilaning xarakterli belgilaridan biridir. Ituzumdoshlar oilasi 80 avlod, 2500 ortiqroq turdan iborat bo‘lib, yer sharining mo‘t’adil iqlimli poyasida va tropiklarda, xususan Amerikaning tropik oblastlarida keng tarqalgan. Shulardan SSSR florasidan faqat yovvoyi xolda 10 avlod va 45 turi, O‘zbekiston florasida 2007 avlod va 25 turi uchraydi. Ituzumdoshlarga mansub turlari tarkibida alkaloidlar bo‘lganligidan ularning ko‘pchiligi zaharli hisoblanadi. Bir necha turlar dorivor o‘simlik sifatida qo‘llaniladi. Shu bilan birga muhim sabzavot sifatida ekiladigan va texnikada qo‘llaniladigan vakillari ham bor. Mevasi rezavordir. Ituzumdoshlar oilasi-Solanum. Bu avlod vakillari gullari to‘g‘ri tuzilgan, oq, ko‘k, qizil, binafsha, sariq rangli, gultoji yulduzsimon, qisqa naylidir. Otaligi 5 ta,bandi qisqa, changdoni chetlari bilan birlashib nay hosil qiladi. Changdoni uchidagi teshikchalari orqali yorilib, ochiladi. Urug‘lari endospermli. Bu gulli o‘simliklarning eng yirik avlodlaridan bo‘lib, 1300 dan ortiqroq turni o‘z ichiga oladi. Uning vakillari asosan markaziy va janubiy Amerikada, Afrikada, bir qismi Yevro Osiyo va Amerikaning o‘rta iqlimli zonalarida o‘sadi. Ituzumning MDX florasida 18, O‘zbekistonda 7 turi uchraydi. Dexqonchilikdagi bir necha muhim o‘simliklar shu avlodga kiradi. Kartoshka- S. tuberosum. Bu yer ostidagi ipchalarda o‘zgargan ildizpoya tuganaklar hosil qiladigan ko‘p yillik o‘t o‘simliklardir to‘p gullari murakkab gajak, gullari to‘g‘ri tuzilgan oq sariq, pushti va och binafsha rangli,gultoji voronkasimon qaytarmasi 5 bo‘lakchali. Changdoni sariq, mevasi 2 uyali, kattaligi olchadek, yashil rangli rezavor meva. Kartoshkaning vatani Janubiy Amerika bo‘lib 16 asr oxirlarida yuvropaga keltiriladi. Tuganagida 12-25% kraxmal, 2% chamasida moy, shu miqdorda oqsil hamda "A","V1","V2","V6", "S", "N", "K" vitaminlari bo‘lganligidan bir yillik sabzavot va texnika o‘simligi sifatida yersharining ko‘p qismida ekiladi. Kartoshka yovvoyi xolda janubiy markaziy Amerikaning And tog‘larida o‘sadi. Rossiyada 18 asrdan boshlab, O‘zbekistonda esa 19 asrning 2 yarmidan ekila boshlandi. Kartoshkaning 2000 dan ortiq navi bor. Dunyo dexqonchiligi bo‘yicha kartoshka ekiladigan maydon 20 million ga yetadi. O‘zbekistonda kartoshkaning ertagi navlaridan Kuryer,Nim rang, Epikuo, Ekron, Pochki navlaridan Lorx, Qaychi barg, Gollandskiy va boshqalar ekiladi. Ituzum - S.nigrum. Bu bir yillik, mevasi dumaloq, urug‘i sariq begona o‘tdir. U hamma yerda uchraydi. Bizda mevasi qora ituzum o‘sgan joylarda qizil mevali ituzum ham o‘sadi. Har ikki turning mevasida "S" vitamini juda ko‘p. Pomidor yoki tomatlar avlodi. Ituzumlarga eng yaqin avlod xisoblanadi. Pomidor- L.esculentum. Bu mayin tukli o‘ziga xos hidli bir yillik o‘simlikdir. Barglari uzuk-uzuk katta qismi toq patsimon, bo‘lakchalarga bo‘lingan. Gullari murakkab yoki oddiy gajak yoki shingil tipida to‘pgul hosil qiladi. Gultoji sariq, changdonlari yonidagi tik yoriqchalar orqali ochiladi. Mevasi sersuv mevadir. Vatani janubiy Amerikadir. U yerda ko‘p yillik o‘simlik hisoblanadi va daraxtga o‘xshash turlari yovvoyi holda o‘sadi. Navlari g‘oyat ko‘p bo‘lib keng miqyosida ekiladi. 16 asrning oxirida (1569 yil) pomidor urug‘i ekib tajriba qilish maqsadida Angliyaga keltiriladi. Pomidor Rossiyada ham birinchi martda 1780 yili ekilib ko‘riladi. Odessada 1850 yildan ekila boshlaydi.19 asrning 1 yarimlaridan boshlab O‘rta Osiyoda ham ekila boshlaydi. Pomidorning mevasi "S", "V1", "V2", "V6", "R", RR, "K" vitaminlarga va karotinga (provitamin A) juda boydir. O‘zbekistonda pomidorning tezpishar navlaridan Bizon va sporka-grebovakiy, kechpishar navlaridan Chudo-Riika, Budyoka, Maglob va boshqalar ekiladi. Garmdori avlodi-Capsicum. Bu avlod 30 turdan tashkil topgan. Ularning Vatani Janubiy Amerikaning shimolidir. U yerda bir necha turlari ekiladi va yovvoyi holda o‘sadi. Qalampir-C.annum. Bu bir yillik, poyasi tik chiqqan ayri-ayri bo‘lib o‘sgan o‘t o‘simlikdir. Gullari och xira oq yoki binafsha rangli, mevasi cho‘ziq konussimon, tuxumsimon, sharsimon, ko‘pincha och qizilrangli rezavor mevadir. Mevasi vitamin "A","S"ga boyligi jihatidan (270 mg% gacha) sabzavot o‘simliklari orasida birinchi o‘rinda turadi. Vatani Mexikadir. Uning navlari ko‘p. Achchiq navlarida kapsitsin alkaloidi ko‘p bo‘ladi, ziravor sifatida ishlatiladi. Shirin navlari esa salat va do‘lma qilib ovqatga ishlatiladi. Belladonna- Atropa belladonna. Bu mevasi olchaga o‘xshash, ammo, 2 uyali, ko‘p urug‘li, suvli rezavor-meva hamma qismi zaxarli o‘t o‘simlikdir. Qrim, Kavkaz va Korpat tog‘larida o‘sadi. Ba’zi tadqiqotchilar Kavkazda o‘suvchi belladonani alohida mustaqil tur deb xisoblaydilar. Bu eng muxim dori o‘simliklardan bo‘lib, Ukrainada ekiladi. Hamma organida ham atropin, giosiamin, beladonain skopolamin alkoloidi bor. Mingdevona avlodi - Hyoscyamus Bu avlod vakillari 11 turdan iborat zaharli begona o‘tlar bo‘lib, yuvropada, Osiyoda va Shimoliy Amerikada tarqalgandir. MDX florasida 8, O‘zbekistonda 5 turi bo‘lib bulardan qora mingdevona ayniqsa ko‘p tarqalgan bu barglari yirma, tuxumsimon, chetlari o‘yilgan, patsiz tanasi yopishqoq bezlar bilan qoplangan. Ikki yillik o‘t o‘simlikdir. Gullari biroz zigomorf tuzilgan gajaksimon to‘p gul hosil qiladi. Kosachasi ko‘sakchasimon, tishlari keng uchburchakli. Gultoji och sariq, bo‘g‘zi qoramtirko‘k rangli taram-taram, binafsha tomirli. XulosaO'zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma'naviy-ahloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog'liq bo'lgan uzluksiz ta'lim tizimi orqali barkamol shaxs-fuqaroni shakllantirishni nazarda tutadi. Ushbu vazifalarni hal etish uzluksiz ta'lim tizimida o'qitiladigan barcha o'quv fanlari qatori biologiyaning ham zimmasiga yuklanadi. Barkamol shaxs - fuqaroni shakllantirish vazifasining muvaffaqiyatli hal etilishi avvalo, o'quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishni talab etadi. Tabiat to'g'risidagi yetakchi fanlarning biri sanalgan - biologiya zimmasiga o'quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishda ancha ma'suliyatli vazifalar tushadi. Shu sababli, ham maktab biologiya o'quv fanining mazmuni o'quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishda katta imkoniyatlarga ega. Biologiyani o'qitishda avvalo, o'quvchilarni biologiyaning asosiy g'oya, nazariya, qonuniyatlari va tushunchalari, amaliyot, xalq xo'jaligining turli tarmoqlarida tutgan o'rni, biologik bilimlarni o'zlashtirishning ahamiyati bilan tanishtirish nazarda tutiladi va shu orqali o'quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish va insonning tabiat va jamiyatga ongli munosabatini tarkib toptirish bilan uzviy bog'langan holda ta'lim-tarbiyaviy tizim vujudga keltiriladi.O'zbekiston territoriyasidagi to'qayzor o'simliklarini tashkil qilishda teraklarning bir necha turi, jiyda, yulg'un, qizilmiya, kandir, qamish,, savag'ich, ajriq, sho'rajriq, ilonchirmoviq, oqbosh, shirinmiya, yantoq kabi juda ko'p o'simliklar, qatnashadi. To'qayzor o'simliklarini ng 40% ga yaqi ni vaqt-vaqti bilan suv toshib turishiga va sho'rlangan sharoitda o'sishga moslashgan o'simliklardir. A D A B I YO T L A R 1. L.I.Kursanov.,N.A.Komarnitskiy ,Meyyer K.M.va boshqalar. Botanika II tom.T."O‘rta va Oliy maktab" 1963 y. 2. V.A.Burыgin.F.X.Jongurazov Saidov J.K.va boshqalar.Botanika va o‘simliklar fiziologiyasi.T,"O‘qituvchi",1972 yil. 3. V.G.Xrjanovskiy.Kurs obshey botaniki.Chast II.M. Iz-vo "Vыsshaya shkola ",1982 god. 4. I.Xamdamov.,I.Shukurullayev.,YE.Tarasova. vaboshqalar. Botanika аsoslari.T.,Mehnat 1990 yil. 5. G.P.Yakovlev.,V.A.Chelombыtko.Botanika. M.Iz-vo"Vыsshaya shkola" 1990 god. 6. Xolida Mirfayoz qizi Maxkamova. Botanika.T."O‘qituvchi, 1995 yil. Download 30.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling