Dullo quronov galaktikada bir
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
Galaktikada bir kun PDF Lotin
QUMSOAT TUMANLIGI
*** Koinotda tumanliklar koʻp. Bu tumanliklar fazoviy chang va turli gazlardan tashkil topgan boʻlib, koinotning biror joyida tuman kabi suzib yuradi. Astronomlar shu kunga qadar koʻplab tumanliklarni aniqlashgan. Ulardan Ot boshi, Mushuk koʻzi, Qumsoat va Chigʻanoqsimon tumanliklari fanda mashhur. Ularning har biri osmondagi bulutlar kabi biror shaklga oʻxshab ketadi. Olimlar esa shu shaklga qarab ularni nomlashgan. Qumsoat tumanligi Quyosh tizimidan 8000 yorugʻlik yili uzoqligida joylashgan. Oʻtgan boblarda Rigel yulduzining 860 yorugʻlik yili uzoqlikda joylashgani va bu tasavvur qilish ham mushkul boʻlgan masofa ekani haqida yozgan edik. Qumsoat tumanligi esa Rigeldan ham 10-marta uzoqroqda. Bu tumanlik koʻrinishidan qumsoatga oʻxshagani uchun ham shu nomni olgan. Bir-biriga tutashib ketgan ikki doira shaklidagi tumanlik qumsoatga juda oʻxshaydi. Ular tutashib turgan markazda esa mitti oq yulduz mavjud. Xabbl teleskopi fazoga uchirilganidan soʻng qurilma mazkur tumanlikning goʻzal suratlarini olib Yerga yubordi. Qachonlardir bu tumanlik Quyoshdan 8-marta katta yaxlit yulduz boʻlgan. Ammo vaqti kelib yulduz qariydi 114 va portlab ketadi. Hozirgi tumanlik shu portlashning asoratidir. Yana ming yillar oʻtib bu tumanlik ham tarqab, fazoda faqat mitti oq yulduzning oʻzi qoladi. “Koʻkkezar” Qumsoat tumanligiga yetib borish uchun bir oyga yaqin uchdi. Fazogirlar yoʻl davomida ancha zerikib ham qolishdi. Chunki yoʻl davomida kema faqat gravitatsiya toʻlqini boʻylab yuradi. Bu toʻlqinning ichi esa xuddi tunnelga oʻxshaydi – atrofda hech vaqo koʻrinmaydi. Lekin ularga salmirliklarning uyqu eliksiri juda asqatdi. Bu eliksir koinotda uzoq safar qiladiganlar uchun maxsus yaratilgan boʻlib, uni ichgan odam bir necha haftaga uxlab qoladi. Mana, hozir ham uyquchi fazogirlarimizni yoʻl boʻyi faqat bir nuqtaga qarab kelgan Moki uygʻotdi. Sababi, ularning kemasi allaqachon Qumsoatga yetib kelgan edi. Tumanlikning ichiga kirish haqiqatda juda xavfli. Chunki u vodorod, geliy kabi gazlarning quyuq bulutlaridan tashkil topgan. Bu gaz bulutlarining tubida juda kuchli kimyoviy jarayonlar sodir boʻladi. Yaʼni vodorod atomining yadrolari oʻzaro urishib, geliy gazini hosil qiladi. Mazkur jarayonda juda katta energiya ajralib chiqib, xuddi atom bombasi portlaganday boʻladi. Bundan tashqari, fazoviy chang ham turli hajmdagi metall va tosh boʻlaklaridan iborat. Ular kemaga urilib uni chil-parchin qilib yuborishi mumkin. Shuning uchun “Koʻkkezar” ekipaji, mana bir kun oʻtsa ham, aniq reja tuza olmay tang holatda. Bu xavfli vaziyatda nima qilishni bilmay boshi berk koʻchaga kirib qolishgan. – Menimcha, tumanlik ichiga kira olmaymiz. Bu mening oxirgi xulosam, – dedi Margol qatʼiy ohangda. – Tumanlikka kirmasdan qanday qilib qanotni olib chiqamiz?! Ayni shu savol hammaning boshini ogʻritayotgan edi. Hatto Moki ham bu savollardan charchagan, shekilli, oxiri oʻzini oʻzi uxlatib, yaʼni oʻchirib qoʻydi. 115 – Margol, menda bir zoʻr gʻoya bor! – Ahmad oʻrnidan sakrab turdi. – Burgʻilovchi qurilmangiz necha kilometrgacha chuqur qazir edi? – 50 kilometrgacha. – Oʻsha qurilma yer qazishning oʻrniga oʻz quvurini fazoda muallaq choʻza oladimi? – Bu qaytaga osonroq-ku, lekin nima naf? – Duraduning qanoti – noyob metall. Yaʼni metall tarkibidagi atomlar murakkab tuzilmaga ega. Sizning burgʻilovchi qurilmangiz ham N 2 G, yaʼni oʻta murakkab atom tuzilmali moddani qidiradi. Demak, oʻsha burgʻilovchi qurilmaning maxsus uskunalari metallarni bir-biridan farqlay oladi. Aytmoqchimanki, qurilma tumanlikdagi turli-tuman metall boʻlaklari ichidan biz uchun keraklisini topib, qayerda joylashganini koʻrsatib beradi. Buning uchun tumanlikka imkon qadar yaqinlashib, burgʻilovchi qurilmaning quvurini 50 kilometrga choʻzamiz. Agar shu hududda noyob metall aniqlansa, demak, u biz izlayotgan qanot boʻlib chiqadi. – Aqlingga qoyil! – Margol oʻzida yoʻq xursand boʻlib ketdi, ammo birdan yana oʻylanib qoldi. – Qanotni aniqladik ham deylik, biroq uni qanday olib chiqamiz? – Juda kuchli magnit yordamida! – javob berdi Ahmad koʻrsatkich barmogʻi bilan taʼkidlab. – Axir bizning kemada unday magnit yoʻq-ku. – Margol, shu yerda fizikadan olgan bilimlarimiz bizga qoʻl keladi. Kemada magnit boʻlmasa ham, abadiy energiya generatori va yetarlicha sim bor, shundaymi?! Bundan tashqari, siz elektr toki magnit maydonini hosil qilishini ham bilsangiz kerak? – Ahmad, sening aqlingga yana bir bor qoyil qoldim! Juda toʻgʻri, bu reja albatta amalga oshadi! |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling