Dumalash podshipniklari reja: Umumiy ma’lumotlar


O‘ng tomondagi ikki raqam


Download 19.03 Kb.
bet3/3
Sana28.08.2023
Hajmi19.03 Kb.
#1670960
1   2   3
Bog'liq
Dumalash podshipniklari-fayllar.org

O‘ng tomondagi ikki raqam podshipnikning ichki diametrini aniqlaydi (podshipnik o‘rnatiladigan valning diametri):
- agar d = (20495) mm bo‘lsa, u holda bu ikki raqamni 5 ga ko‘paytirilsa, d diametrning qiymatini beradi.
- agar d < 20 mm bo‘lsa, u holda oxirigi ikki raqam bilan diametr d orasidagi bog‘lanish 24.3-jadvalda ko‘rsatilgandek bo‘ladi.
jadval

Oxirigi ikki raqam


00

01

02

03

Ichki diametr d, mm


10

12

15

17


- agar d  9 mm bo‘lsa, u holda diametrni o‘ng tomondagi oxirigi bitta raqam belgilab, podshipnik ichki diametrining haqiqiy o‘lchamini bildiradi, mm da.

- agar d 500 mm bo‘lsa, u holda podshipnik belgisi kasrli: maxraji ichki diametrining haqiqiy o‘lchami bo‘ladi, surati esa podship- nik turi va seriyasini ko‘rsatadi.


O‘ng tomondan uchinchi raqam radial sharchali podshipniklar uchun (d  9 – ikkinchi raqam) podshipnikning diametr va eni bo‘yicha seriya- sini ko‘rsatadi.
O‘ng tomondan to‘rtinchi raqam podshipnikning turini ko‘rsatadi. Turlarning belgilari jadvalda berilgan. Belgilash lozim bo‘lgan radial sharikli podshipnik belgisida 0 raqami ko‘rsatilmagan.
O‘ng tomonida 4 ta raqam podshipnikni ta’riflab beradigan asosiy raqamlar hisoblanadi. Chaproqdagi keyingi raqam va harflar (agar bo‘lsa) podshipnikning tuzilish xususiyatlarini (podshipnikning darajasini, konussimon podshipnik kontakt burchagi, va x.k.) va aniqlik sinfini ifodalaydi.
Podshipniklarning belgilanishini quyidagi misollarda ko‘ramiz:
17 – ichki diametri d =7 mm, 1- o‘ta yengil seriya, radial sharchali aniqligi -0 (normal);
203 – d =17 mm, 3- o‘rta seriyali, radial sharchali, aniqligi normal;
314 –d = 70mm, 3- o‘rta seriyali, radial sharchali, aniqligi normal;
5-7512 – d =60 mm, 5- yengil enli seriya, 7- konussimon rolikli, aniqligi 5 –sinf ;
6-1320 – d =100 mm, o‘rta seriyali, sharchali sferik, 6 -sinf aniqlikda;
11207 - d =35 mm, 2-yengil seriya, 1- ikki qatorli, 1- podshipnikni valga mahkamlash uchun rezbali vtulka o‘rnatilgan, aniqligi normal.
3. Radial kuchlar ta’sirida DP dumalash elementlari notekis, ya’ni yarmi yuklanishli yarmi yuklanishsiz bo‘ladi (24.1-rasm). Muvozanat shartidan foydalanib, ta’sir etuvchi kuchni sharchalar orasida taqsimlanishini aniqlash mumkin:
Fr = F0 + 2F1 Cos γ+2F2 Cos 2γ+ … +2Fn Cos nγ,
bu yerda γ = 360 / z –sharchalar orasidagi burchak; z – sharchalar soni. Har bir sharchaga ta’sir etuvchi kuch quyidagicha aniqlash mumkin:
F1 = F0 Cos3/2γ, F2 = F0 Cos3/2γ … Fn = Cos3/2 .
Topilgan qiymatlarni muvozanat shartiga qo‘yib
Fr = F0 ( 1 + 2) ∑ Cos3/2
ifodani olamiz. Bundan eng katta kuchni qiymatini aniqalaymiz:
F0 = k Fr / z; k = z / ( 1 + 2 ) ∑ Cos3/2nγ.

rasm.
Bunda kontakt kuchlanish o‘zga-ruvchan sikl bilan ta’sir qilishni erishish kerak.

Ta’sir etuvchi kuchlar qiymatlari aniqlangach, podshipnik detallarini uvalanib ishdan chiqishiga asosiy sabablardan biri bo‘lgan kontakt kuchlanish- larni topish mumkin (bu yerda keltirilmaydi). DP yahshi ishlashi uchun ichki xalqani aylani-shini ta’minlash tavsiya etilidi.
4. DP kinematikasini o‘rganish uchun ichki halqasi aylanadigan qilib o‘rnatilgan podshipnik detallari uchun tuzilgan tezliklar planidan foydalanamiz ( 25.2-rasm). Bunga ko‘ra:
V0 = V1 / 2 , V1 = ω D /2.
Sharchaning (yoki rolikning) o‘z o‘qi atrofida aylanish chastotasi:
ωsh = 2 ( V1 V 2 ) / dsh = 0,5 ω D1 / dsh .
Separatorning aylanish chastotasi sharchaning val o‘qi atrofida aylanish chastotatasiga teng bo‘ladi, ya’ni
ωc = 2 V0 /dsh = 0,5 ω D1 / (D1 + dsh ) ≈ 0,5 ω .

rasm.
O‘zgaruvchan kuchlanish ta’sirida kontaktdagi yuzalar toliqadi va yemirilishiga asosiy sabab bo‘ladi. Xozirda DP mustahkamlikka hisob lash ikki usulga asoslangan:



- qoldiq deformatsiya bo‘lmasligi uchun statik yuk ko‘taruvchanlik bo‘yicha;
-toliqishdan yemirilish bo‘lmasligi uchun, dinamik yuk ko‘taruv-chanlik bo‘yicha.
Amalda mashinalarni loyihalashda DP hisoblanmaydi, balki tayanchga ta’sir etuvchi kuch va boshqa zarur omillarni e’tiborga olish asosida standart bo‘yicha jadvaldan tanlab olinadi. Chunki har qanday podshipnik uchun yuk ko‘taruvchanlik hisoblangan.
5. Dinamik yuk ko‘taruvchanlik shunday doimiy yuklanishki, bunda podshipnik 1 mln. marta aylanganda ham, 90% tekshirilgan podshipnik lar elementlarida uvalanish hodisasi bo‘lmaydi. Valning aylanish soni n 10 ayl/min bo‘lganda, podshipnik dinamik yuk ko‘taruvchanlik bo‘yicha tanlanadi.
Podshipnikning pasporti bo‘yicha yuk ko‘taruvchanligi S tashqi yukla- nish va podshipnikni ishlash muddati (resursi) bilan bog‘langan bo‘lib, quyidagi empirik tenglama bilan ifodalanadi:
S  , (25.1)
bu yerda: R – ekvivalent dinamik yuklanish, N; r –ildiz ko‘rsatkichi zoldirli podshipniklar uchun r = 3, rolikli podshipniklar uchun r = 3,33; L – ishlash muddati, mln. ayl:
L = 60 n · 10-6 Lh , (25.2)
bu yerda: Lh – ishlash muddati, soatda; naylanishlar soni, ayl/min.
Ekvivalent dinamik yuklanish podshipnikning haqiqiy ishlash sharoitini hisobga olib, uning chidamliligini va ishlash muddatini ta’minlab beradi, Zoldirli radial, radial-tirak hamda rolikli radial-tirak podshipniklar uchun:
R = ( X · V · Fr + Y · Fa ) k b · k m .
Tirak zoldirli va rolikli radial podshipniklar uchun:
R = ( X · Fr + Y · Fa ) k b · k m .
Silindrik kalta rolikli podshipniklar uchun:
R = V · Fr · k b ·k m , Fa =0.
Tirak podshipniklar uchun: R =Fa · k b · k m , Fr =0,
bu yerda: Fr va Fa – radial va bo‘ylama yuklanish; X va Y–radial va bo‘ylama yuklanish koeffitsientlari, katalogdan podshipnik turiga, radial va bo‘ylama yuklanish nisbati ko‘ra tanlanadi; V – halqalarni aylanishini hisobga oluvchi koeffitsient,: ichki halqa aylanganda V = 1, tashqi halqa aylanganda – V = 1,2;
kb – xavfsizlik koeffitsienti, yuklanishni xarakteriga bog‘liq bo‘lib, yuklanish tekis bo‘lsa kb = 1; notekis bo‘lsa kb = 1,3···1,5; zarbli bo‘lsa kb = 2 ··· 3 qabul qilinadi.
kt – podshipnikni qizishini hisobga oluvchi koeffitsient, ishchi issiqlik t = 100° da kt = 1; t = 125°  250° da kt = 1,04  1,4.
Tenglamaning o‘ng tomonidagi qiymatga qarab katalogdan podship- nikka mos bo‘lgan dinamik yuk ko‘taruvchanlikning eng yaqin qiymati tan lab olinadi.
6. Standart bo‘yicha aylanishlar soni n < 10 ayl/min bo‘lganda, podshipniklar statik yuk ko‘taruvchanlik bo‘yicha quyidagi shart asosida tanlanadi:
 , (25.7)
bu yerda S0 – pasportli (katalogli) statik yuk ko‘taruvchanlik;
R0 – ekvivalent statik yuklanish, N:
Zoldirli radial, radial-tirak hamda rolikli radial-tirak pod- shipniklar uchun:
, (25.8)
bu yerda X0 va Y0 – radial va bo‘ylama yuklanish koeffitsienti, kata- logdan podshipnik turiga, radial va bo‘ylama yuklanish nisbatiga qarab jadvaldan tanlanadi.
Ekvivalent yuklanishni (25.8) tenglama bilan hisoblab, katalog-dan statik yuk ko‘taruvchanlik bo‘yicha, eng yaqin katta qiymatga ega bo‘lgan podshipnik tanlanadi.
Adabiyotlar:


        1. Sulaymonov I. I. Mashina detallari. Toshkent nashriyoti, 1988.


2. Tojiboev R.N., Jo‘raev A.J. Mashina detallari. Toshkent, «O‘qituvchi», 2002
3. Pyataev A.V., Muhammadjonov B.K. Mashina detallari. O‘quv qo‘llanma., Toshkent, 2004.
4. Ivanov M.N. Detali mashin. Moskva, «Vыsshaya shkola», 1991.

http://fayllar.org
Download 19.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling