Дунё минтақаларида демографик ўтиш даврининг хусусиятлари


Download 0.92 Mb.
bet13/57
Sana23.04.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1386472
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   57
Bog'liq
Ziyotova Gulhayo

Aholisi koʻp davlatlar Aholiga xos eng muhim koʻrsatkichlardan biri, uning joylanishi hisoblanadi. aholi joylashuvini ifodalovchi eng oddiy mezon — Aholi zichligidir. Yer kurrasi Aholisining oʻrtacha zichligi 1996-yilda 1 km2 ga 39 kishi boʻldi. Aholisoni boʻyicha eng yirik davlatlar: Xitoy 1179,5 mln. kishi, Hindiston 896,6 mln. kishi, AQSh 258,2 mln. kishi, Indoneziya 188,2 mln. kishi, Braziliya 156,5 mln. kishi, Rossiya 148 mln. kishi (1993). 90-yillarning boshida dunyo aholisi yiliga taxminan. 90 mln. kishiga koʻpaygan. Aholining geografik taqsimlanishi notekis: quruqlikning 7 % da 70 % aholi yashaydi. Doimiy aholi mavjud boʻlgan joylardagi (130 mln. km²) aholi zichligi salkam 45 kishini tashkil etdi. Lekin Yer kurrasida Aholi nihoyatda notekis joylashgan. Jumladan, Bangladeshda Aholi benihoya zich (1 km² ga 800 kishidan ortiq), Mongoliyada esa oʻta siyrak (1 km² ga 1,4 kishi) joylashgan. Aholi zichligi, uning joylashish xususiyatlariga ijtimoiy-iqtisodiy omillar bilan birga tabiiy-geografik sharoitlar (iqlim, relyef) ham jiddiy taʼsir koʻrsatadi. Jahon Aholisining deyarli yarmi shaharlarda yashaydi (qarang Shahar aholisi, Qishloq aholisi). Shahar Aholisining salmogʻi uzluksiz tarzda koʻpaymokdAholi Bunda mexanik harakatning roli juda katta (maʼmuriy-hududiy oʻzgarishlar va aholi migratsiyasi). Shahar aholisining ulushi Avstraliya va Okeaniya, Yevropa va Amerikada 70 % dan ziyod, Osiyo va Afrikada esa 30 %. Shahar Aholisining ulushi eng yuqori (80 % dan ortiq) boʻlgan mamlakatlar qatoriga Buyuk Britaniya, Avstraliya, Germaniya kabi mamlakatlar kiradi.

Yer kurrasi aholisi Yer kurrasi Aholisining soni koʻp ming yillar davomida nihoyatda past surʻatlar bilan oʻsdi. Chamasi paleolit davrining oxirida (taxminan. miloddan 15 ming yil avval) aholi soni 3 mln. boʻlgan, neolit oxirida 50 mln. kishiga yetgan. Milod boshlarida Yer yuzida AHOLI soni 230 mln.ga yaqin boʻlgan. Milodiy 1000-yilda Yer sharidagi Aholi soni 275 mln. kishiga yetgan. 20-asr boshida Yer yuzi Aholi soni 1617 mln. kishini tashkil etdi. 1995-yilda Yer shari Aholisining soni 5,7 mlrd. kishiga yetdi. 1993-yil Yevropada 728 mln., Osiyoda 3336 mln., Afrikada 670 mln., Shimoliy va Markaziy Amerikada 442 mln., Janubiy Amerikada 308 mln., Avstraliya va Okeaniyada 28 mln. kishi yashadi. Aholi soni ning oʻsish surʻatlari 19-asrning oxiri 20-asr aholining 1 yarmida pasaydi. Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda esa yana oʻsdi. 20-asr oxirida Yer yuzidagi Aholining oʻrtacha yillik oʻsish surʻatlari 1,6-1,7 % ni tashkil etib, uning mutlaq soni yiliga 90-100 mln. kishiga koʻpaymoqda. Aholi BMT ning prognoziga koʻra, Yer shari Aholisining soni 2025-yilda 8,3 mlrd. kishiga yetadi.


Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling