Dunyo brendlaring reklama kompanyasi Mamatmusayeva Aziza
Eng qimmat brendlar o‘nligiga
Download 1.08 Mb.
|
1 2
Bog'liqDunyo brendlaring reklama kompanyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Alibaba
- Yana bir mezon - dunyoning eng yirik iqtisodiyotlarida yaxshi tan olingan brend bolishi shart. Dunyodagi eng qimmat media brend e’lon qilindi
Eng qimmat brendlar o‘nligiga:
Google (251,75 milliard dollar), Samsung (87,7 milliard dollar), Toyota (59,76 milliard dollar), Coca-Cola (57,5 milliard dollar), Mercedes-Benz (56,1 milliard dollar), Disney (50,3 milliard dollar) va Nike (50,29 milliard dollar) kirdi. Interbrand — faqat katta ta'sirga ega global brendlar ro'yxatini taqdim etadi. Unda belgilangan mezonlarning qat'iyligi tufayli, hatto Alibaba kabi yirik kompaniyalar ham TOP natijani ko'rsatmasligi mumkin. Uning asosiy mezoni: daromadning kamida 30% qismi brend ishlab chiqarilgan mamlakatdan tashqaridagi hududlardan olinishi kerak. Ikkinchi mezon — Osiyo, Yevropa va Shimoliy Amerikada muhim brendligi, shuningdek, rivojlanayotgan bozorlarda keng vakillik. Yana bir mezon - dunyoning eng yirik iqtisodiyotlarida yaxshi tan olingan brend bo'lishi shart. Dunyodagi eng qimmat media brend e’lon qilindi Brand Finance kompaniyasi dunyodagi eng qimmat 50 ta media brendning navbatdagi reytingini taqdim etdi. O‘tgan yilgidek Google eng qimmat media brend deb topildi. Mutaxassislar uni 263,4 mlrd dollarga baholadi. Google o‘zining deyarli barcha daromadini reklamadan oladi. Pandemiya boshida, reklama beruvchilar o‘z xarajatlarini qisqartirganda, holat yomonlashishiga olib keldi. Ammo, dunyo yangi me’yorlarga moslashgani sayin, reklama budjetlari ochila boshladi, natijada brend qiymati 2021-yilga nisbatan 38 foizga oshdi. Ikkinchi o‘rinni Meta Platforms’ning Facebook brendi (101,2 mlrd dollar) egalladi. Uchinchi o‘rinda Xitoyning WeChat platformasi (62,3 mlrd dollar) bo‘ldi. To‘rtinchi o‘rinni Xitoyning TikTok/Doyin brendi (58,98 milliard dollar) egallab, eng tez o‘sayotgan brendga aylandi. Beshinchi o‘rinda joylashgan Disney klassik mediabrendlarning eng qimmati bo‘lib chiqdi.Reytingdagi umumiy brend qiymatining 66 foizi uning hissasiga to‘g‘ri keladi. Avvalroq TikTok 2021-yilda Google’ni ortda qoldirib, eng ommabop platformaga aylangani haqidaxabar berilgan edi. Reytingda dunyoning top-20 brendlari sanab o‘tildi. So‘nggi bir necha yil davomida moliyaviy bozorlarda sezilarni darajada o‘zgarishlar kuzatilgan bo‘lsa-da, dunyo brendlari barqaror o‘sib borishda davom etdi. Dunyo bo‘yicha 2022-yilda Best Global Brands’ning o‘rtacha brend qiymati 3 trillion dollardan oshdi. Bu haqda Interbrand sayti habar berdi deya yozmoqda "Kommers" manbasi. Qayd etilishicha, 2022-yil brendlar qiymatining eng tez o‘sishi kuzatildi. Bu o‘z navbatida kompaniya brendining iqtisodiy muvaffaqiyatiga qo‘shgan hissasini ko‘rsatdi. So‘nggi bir necha yil ichida moliyaviy bozorlarda sezilarli tebranishlar kuzatilgan bo‘lsa-da, dunyodagi eng kuchli brendlarning qiymati barqaror ravishda o‘sib bordi. Apple dunyo bo‘yicha (top-20) reytingida yetakchilik qilmoqda: 1. Apple — 482,2 milliard dollar; 2. Microsoft — 278,3 milliard dollar; 3. Amazon — 274,8 milliard dollar; 4. Google — 251,75 milliard dollar; 5. Samsung — 87,7 milliard dollar; 6. Toyota — 59,76 milliard dollar; 7. Coca-Cola — 57,5 milliard dollar; 8. Mercedes-Benz — 56,1 milliard dollar; 9. Disney — 50,3 milliard dollar; 10. Nike — 50,29 milliard dollar; 11. McDonald’s — 48,6 milliard dollar; 12. Tesla — 48 milliard dollar; 13. BMW — 46,3 milliard dollar; 14. Louis Vuitton — 44,5 milliard dollar; 15. Cisco — 41,3 milliard dollar; 16. Instagram — 36,5 milliard dollar; 17. Facebook — 34,5 milliard dollar; 18. IBM — 34,2 milliard dollar; 19. Intel — 32,9 milliard dollar; 20. SAP — 31,5milliard dollar. Shuningdek, eng yaxshi o‘nta brendda eksponensial o‘sishni va "super liga" paydo bo‘lishini ko‘rish mumkin. Ajoyib tajriba va kuchli yaxlitlikka asoslangan ushbu kompaniyalar mijozlar hayotidagi ulushini, brend qiymati va bozor kapitallashuvini oshirib, bir necha yo‘nalishda harakat qilmoqda. Etiboringiz Uchun RaxmatDownload 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling