Dunyo dinlari tarixi o‘rta umumta’lim muassasalarining 10-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik


Download 2.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/95
Sana21.10.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1714537
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   95
Bog'liq
Dunyo dinlari tarixi. 10-sinf (2017, Z.Islomov, D.Rahimjonov)

DINLARDA HAYOT QADRI
26-§
FAOLLASHTIRISH UCHUN
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. «Hayot — bebaho ne’mat» hikmatini sharhlang.
2. Tirik jonga ozor bermaslik haqidagi maqollar hamda ota-bobolarimiz 
tomonidan aytilgan hikmatlarni eslang.
3. O‘rta asrlarda o‘z joniga qasd qilganlarga qanday munosabatda bo‘lingan?
4. Nima deb o‘ylaysiz, islom dinida o‘z joniga qasd qilganlarga janoza 
o‘qilmasligining sababi nimada?
Barcha dinlarda hayotning insonlarga Xudo tomo-
nidan berilgani va undan samarali foydalanish lozim 
ekani uqtiriladi. Shu sababli ham har bir din o‘z ta’li-
motida zo‘ravonlik, shafqatsizlik, o‘ziga va o‘zgalar jo-
niga qasd qilishni, tinch aholiga zulm yetkazish va qon 
to‘kish ni qat’iy taqiqlaydi.
Ba’zi din a’zolari 
kutilmaganda 
tirik mavjudot 
kirib ketmasligi 
va uni nobud 
qilib qo‘ymaslik 
maqsadida 
hatto og‘izlarini 
bog‘lab oladilar, 
tasodifan oyoqlari 
bilan qumurs­
qalarni bosib 
olmaslik uchun 
oyoqlari ostini 
supurib yuradilar.


129
DUNYO DINLARIDA HAYOTGA TAJOVUZ 
QILISHNING QORALANISHI
Jahon dinlari ichida eng keng tarqalgan xristianlik 
dini o‘z joniga qasd qilishni qat’iy qoralaydi, chunki 
insonning necha yil yashashi Xudo tomonidan belgila-
nib, taqdirdan qochish deb qaraladi. Bundaylarning ru-
hini poklash va mozorga ko‘mish man qilinadi. O‘rta 
asr g‘arb davlatlarida buning oldini olish uchun o‘z jo-
niga qasd qilganlarni qattiq tahqirlashar edi. O‘z joniga 
qasd qilib, tirik qolganlarni esa, qotil sifatida juda og‘ir 
ishlarga surgun qilinar edi. Ular markaziy ko‘chalarga 
oyog‘idan osib qo‘yilar, yuragiga yog‘och qoziq qoqib, 
chorrahaga ko‘mib qo‘yishar, o‘lgan hayvonlarni ham 
yoniga qo‘shib qo‘yishar edi. 
Masalan, Fransiya podshosi Lyudovik XIV davrida 
o‘z joniga qasd qilganning tanasi yuzi yerga qaragan 
holatda ko‘chalar orqali zambilda sudralib, osilib, keyin 
qassobxonaga tashlanar edi. 
Xristianlik dinining pravoslav yo‘nalishida o‘z joni-
ga qasd qilish — qotillik va umidsizlikni sodir etganli-
gi uchun og‘ir gunohlardan sanaladi. Mazkur ishga qo‘l 
urgan kishining dafn marosimida marsiya (otpevanie) 
o‘qilmaydi. Agar o‘z joniga qasd qiluvchining aqli nora-
so bo‘lsa bundan mustasno. 1950-yillarga qadar o‘z jo-
niga qasd qilganlar qabristondan tashqarida ko‘milgan. 
Bularning barchasi o‘z joniga qasd qilish og‘ir gunohli-
gini bildirish hamda o‘zgalarni ogohlanti rish uchun qi-
lingan. 
Injilning «Havoriylar faoliyati» kitobi 16-bob, 28-qa-
torda o‘z joniga qasd qilmaslik haqida quyidagi so‘zlar-
ni ko‘rish mumkin: «Lekin Pavlus baland ovozda baqi-
rib: «Zinhor o‘z joningga qasd qilma», dedi».
Halokatga olib 
boruvchi yettita 
gunohdan saqla­
ninglar: 
1) Allohi Taolo­
ga shirk keltir­
moq; 
2) sehr ishlari 
bilan shug‘ul­
lanmoq; 
3) birovni nohaq 
o‘ldirmoq; 
4) sudxo‘rlik; 
5) yetimlarning 
molini yemoq; 
6) yov bilan 
bo‘layotgan 
jangdan qoch­
moq; 
7) erli, mo‘mina, 
iffatli ayollar­
ni fohisha deb 
haqoratlamoq.
Hadis


130
Buddaviylikda esa o‘z joniga qasd qilish insonning 
hayotga nisbatan qilgan noshukurligi sifatida baholangan.
Qadimgi slavyan xalqlarida o‘z joniga qasd qilgan-
larni «nopoklar» deb ataganlar. Bunday kishilarning 
ruhi tiriklarga ozor beradi, balo keltiradi, azobga qo‘ya-
di, deb ishonganlar. O‘zga insonlarga zarar keltirmasin 
deb ularning qabriga tog‘terak tayog‘i qoqilgan. 
Shuningdek, Xitoyda ham o‘z joniga qasd qilish qo-
ralanadi. Xitoyliklar o‘z joniga qasd qilganning ruhi 
osmonga ko‘tarilmasdan, suiqasd sodir etgan uyida qo-
lishiga va oila a’zolariga omadsizlik, balo-ofat keltiri-
shiga ishonganlar.

Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling