Dunyo dinlari tarixi
Anafema — la'natlash. Katolik —
Download 0.49 Mb.
|
дин
Anafema — la'natlash.
Katolik — butun dunyo. Pravoslaviye — chin e'tiqod. Protest — norozilik, protestantlik shu so'zdan olingan. SAVOL VA TOPSHIRIQLARXristianlik bo'linmasligi mumkin edimi? Pravoslavlik haqida nimalarni bilib oldingiz? Katoliklik haqida so'zlab bering. Nega XVI asrda katoliklik bo'linib ketdi? Germaniyada boshlangan Reformatsiya harakatining tarixiy ahamiyati nimadan iborat edi? Protestantlikning vujudga kelishi sabablari haqida so'zlab bering. 21-22-& XRISTIANLIK OQIMLARI TA'LIMOT I DAG I FARQLAR. PRAVOSLAVLIKNING MAROSIM VA BAYRAMLARI. Katoliklik ta'Iimotining qisqacha mazmuni. Katoliklik Ilohiy uchlikni tan oladi. Ayni paytda, bu masalada xristianlik oqimlari o'rtasida yagona fikr yo'q. Xususan, katoliklik Muqaddas Ruh xudoham Ota xudodan, ham O'g'il xudodan vujudga kelgan, deb ta'lim beradi. Bundan tashqari, katoliklik faqat lotin tilida bitilgan muqaddas kitob (Bibliya)ni tan oladi. Ayni paytda, muqaddas rivoyatlarni (apostollar rivoyati) ham xristianlik ta'limoti manbayi, deb hisoblaydi. Shuningdek, muqaddas rivoyatlar qatoriga cherkov soborlarining qarorlarini, Rim papasining qarorlarini ham qo'shadilar. Bibliyani faqat ruhoniylargina sharhlashi mumkin, deb o'rgatadi. Katoliklikka ko'ra, Rim papasi birlamchidir, ya'ni Papa katolik cherkovi boshlig'i, Isoning noibi. Papaning hokimiyati avliyolar va farishtalar hokimiyatidan yuqori. Katoliklardagi yana bir o'ziga xoslik — bu, katoliklikda do'zax bilan jannat oralig'ida arosat yoki a'rof bor, deb hisoblashdir. A'rofda gunohkorlarning ruhlari tiriklik vaqtida yuvilmay qolgan gunohlardan tozalanadi. Shundagina ularjannatga kirish imkoniga ega bo'ladilar. Katoliklikda, ayni zamonda, «xayrli va savobli ishlar zaxirasi» va «xizmatlar xazinasi» haqidagi ta'limot ham mavjud. Bu ta'limotga ko'ra, Isoning va xristian avliyolarining qilib qo'ygan xizmatlaridan yaxshi yoki xayrli va savob ishlarning shunday katta zaxirasi tarkib topganki, ular bilan barcha gunohlarni yuvish mumkin. XizmatIar xazinasi» katolik cherkovi va uning boshlig'i Rim papasi ixtiyorida turadi. Papa gunohkorlarga o'z gunohlarini yuvish uchun ana shu «xayrli va savob ishlar»ning bir qismini berishi ham mumkin. Katolik ilohiyotchilari tomonidan XIII asrda ishlab chiqilgan «savob ishlar zaxirasi» haqidagi ta'limot har qanday gunohlar uchun cherkovdan kechirim sotib olishga imkon beraredi. Papalar ana shu ta'limotga asoslanib o'rta asrlarda gunohlarni kechirish haqidagi yorliqlar (indulgensiya) bilan savdo qilishni tashkil etganlar. Shuningdek, katoliklikda Isoning onasi Bibi Maryamning ilohiy qudrat natijasida farzandli bo'lganligi, Bibi Maryamning o'zi ham onasidan ilohiy qudratdan tug'ilganligi, Bibi Maryam vafotidan so'ng uning jasadi osmonga ko'tarilib ketganligi haqidagi ta'limot ham mavjud. 1064- yilda Bibi Maryam (ital-yancha Madonna ham deyiladi) cherkov onasi, deb ham e'lon qilingan. Ayni paytda, katoliklik cherkovi Bibi Maryamni xudodan gunohlarni so'rab beruvchi, odamlarning, ayniqsa xotin- qizlarning ehtiyojlarini yaxshi tushunuvchi, deb ham targ'ib qilinadi. Bundan tashqari, katoliklik ta'limotida ruhoniylar masalasi alohida o'rin egallaydi. Unga ko'ra, faqat ruhoniylargina xudo bilan aloqa qilish imkoniga ega. Ruhoniylar odamlar bilan xudo o'rtasidagi vositachi. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling