Dunyo dinlari tarixi


-7& DASTLABKI KISHILIK JAMIYATI DAVRIDA PAYDO BO’LGAN DINIY TASAVVURLARNING TARIXIY SHAKLLARI


Download 489.19 Kb.
bet10/83
Sana10.07.2023
Hajmi489.19 Kb.
#1659407
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   83
Bog'liq
дин

6-7& DASTLABKI KISHILIK JAMIYATI DAVRIDA PAYDO BO’LGAN DINIY TASAVVURLARNING TARIXIY SHAKLLARI

Totemizm Diniy tasavvurlar tarixan turli shakllarda namoyon bo‘lgan. Ular bir-biri- dan mazmunan farq qilgan.
Dastlabki kishilik jamiyati — ibtidoyi jamoa tuzumi davri­da insoniyat ajdodlari diniy tasavvurlaming — toteizm, anemizm, fetishizm, sehrgarlik va shomanizm kabi shakllarni yaratganlar.
“Totemizm” so‘zi — “uning urug'i” degan ma’noni anglata- di. toteizmning mohiyatini ajdodlar bilan ayrim xayvonlar va o‘simliklar orasida qandaydir yaqinlik, aloqa hamda qon-qarin- doshlik, ajdodlik bor deb ishonish tashkil etgan.
Ajdodlarimiz o‘z urug‘i har bir a’zosining hayoti urug‘ning ajdodi hisoblangan totemga, ya’ni totem deb qabul qilingan o‘simlik yoki xayvonga bog'liq deb ishonganlar. Olsha o‘simlik yoki hayvon muqaddas hisoblangan. 0‘z urug‘lari ruhini ifodalovchi hayvon yoki o‘simlik surati solingan tosh va taxtachalar mahsus joylarda saqlangan. Bunday joylar muqaddas deb e’zozlangan. Ular urug‘ totemi ruhlarining makoni sanalgan.
Ayni paytda, totem hisoblangan o‘simlik yoki hayvon urug‘ning homiysi deb hisoblangan. Shuning uchun ham ajdodlarimiz o'z totemlarining yordamiga muxtoj bo‘lganlar va ularga sehr yorda- mida ta’sir ko‘rsatishga uringanlar.
Bundan tashqari, ajdodlarimiz urug‘ning yangi tug‘ilgan a’zolariga рок yo‘l bilan totem o‘tib qoladi, deb hisoblaganlar
Ular totem hisoblangan o'simlik yoki liayvonlarni asrashga harakat qilganlar. Ularni ko'paytirish liaqida qayg‘urganlar. Shun- day qilinmasa totem halok bo'ladi, binobarin, nrug' ham halok bo‘ladi, deb ishonganlar. Ayrim tiruglar labial hodisalari — yomg'ir, quyosh, sliamol va boshqalami ham totem deb qabul qilganlar.
Vaqt o'lishi bilan ba’zi qifalarda yashovchi qabila urugiari o‘z urug'i nomlarini birorta hayvon yoki o'simlik nomi bilan ham ataganlar. Siz “muchal yili” degan iborani eshitgansiz, al­batta. Ma’lumki, dunyoning qator xalqlari, shu jumladan, Turki- ston xalqlari qadimgi zamonlardan buyon vaqt hisobini,xususan, odamlarning yoshini muchal hisobi, ya’ni 12 ta hayvon nomi bilan ataladigan davriy yil (12 yillik) hisobi bilan belgilaganlar.
Bu — sichqon (mush), sigir (baqar), yo'lbars (palang), quyon (xargo‘sh), baliq (naxang), ilon (mor), ot (asp), qo‘y (go‘sfand), maymun (hamduna), tovuq (murg‘),it (sak) va to‘ng‘iz (xo‘k) muqaddas va xosiyatli hisoblangan.
Olimlar muchal yilining hisobiningsh tosh davrlardan bu­yon ma’lumligini qayd etganlar. Binobarin, muchal yil hisobiga asos bo‘lgan hayvonlar ham bir vaqtlar totem hisoblangan.O‘z davrida totemlar e’zozlangan, ularni o‘ldirish ham man etilgan.
Animizm Animizm (lotincha “anima” so‘zidan olingan bo‘lib, “jon”, “ruh” degan ma’noni anglatadi) kishida jon, ruh bor deb ishontirishlikdir. Ajdodlarning ruhlariga (arvohlariga) tirik kishilarning jonlariga, tabiat xodisalarining jonli ekanligiga ishonish animizmning mazmunini tashkil etadi.
Tabiiyki, qadimgi ajdodlarimizda o‘z tanalarining tuzilishi to‘g‘risida aniq bilimlar bo‘lmagan. Binobarin, ular uyqu, tush, va o‘lim kabi hodisalarning sabablarini bilishmagan. Shuning uchun ham bunday hodisalarni tanaga kirib olgan jonning ishi deb ishonganlar.
Ruhlar tabiat hodisalarini boshqarganlar. Ayni paytda, ular yo saxiy bo‘lganlar, yoki kishilar hayotiga tahdid soluvchi ruhlarga bo‘linganlar.
Jon— aniq narsa, uni ushlab sezsa bo'ladi, uni ko‘rish ham mumkin, deb ishonilgan.
Ayrim xalqlar nafas olish bilan bogliq deb hisoblaganlar. Shuning uchun ham ularning shamanlari (o‘sha davr marosimlarini bajarishga rahbarlik qiluvchilar) kasalga darn solish yo‘li bilan ularning jonini davolaganlar.
Animizmga ko‘ra, odam o‘lgandan keyin jon tanadan chiqib ketadi, lekin oMmaydi, abadiy yashaydi.
Ruhlar ham kishilarga o‘xshab ov qiladi, o‘yin-kulgi qiladi. Shunday ekan, tabiiyki, ular ovqat ham yeyishadi.
Binobarin, vafot etgan kishining tirik arvohi haqida g‘amho‘rlik qilish lozim.
Ularga oziq-ovqat va boshqa hadyalar atab turish lozim.
Markaziy Osiyoda marhumning joni arvoh deb atalgan. Arvoh qabrdan tashqariga chiqib turadi, lekin o’likni tashlab uzoqqa ketmaydi, deb ishonilgan.
Arvoh hamma joyda — daraxtlarda, ariq va daryolarda, hovuz va xarobalarda, uylarda, hovlilarda yuradi. Kishilar o‘z boshlariga mushkul ish tushganida arvohlardan madad so‘raganlar.
Dasturxon har kuni arvohlarga bag'ishlab qoqilgan.
Bu odat hamon davom etmoqda.

Download 489.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling