Dunyo dinlari tarixi


Download 489.19 Kb.
bet9/83
Sana10.07.2023
Hajmi489.19 Kb.
#1659407
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   83
Bog'liq
дин

SAVOL VATOPSHIRIQLAR

  1. Mustamlakachilik davrida vijdon erkinligi, din va diniy tashkilotlarga munosabat qanday bo'lgan edi?

  2. Nima uchun sho'ro davlati islom madaniyatini reaksion madaniyat deb atagan?

  3. Sho'rolar dinga qarshi kurash olib borgan bo'lsalar-da, nega jamiyatda dindorlarning kamayishiga erisha olmaganlar?

  4. Mustaqillik yillarida Respublikamizda vijdon erkinligi, din va diniy tashkilotlarga munosabat masalasida qanday tub o'zgarishlaramalga oshirildi'

  5. Buyuk muhaddis alloma — Imom al-Buxoriyning islom olamida tutgan o'rniga baho bering.

  6. Toshkent islom universitetining vazifasi nimalardan iborat?


BULARNI O'QING:


Prezident Islom Karimovning: Abu Iso Muhammad ibn Iso at-Termiziy tavalludining 1200 yilligiga bag'ishlangan xalqaro ilmiy anjuman qatnashchilariga tabriknomasidan. (1990- yil 14 sentabr.)

«...Imom at-Termiziyning aziz nomlari ham yorug'yulduzdaycharaqlab turibdi.


Bugungi kunda Termiziyning ma'naviy meroslari nafaqat ahli din orasida, balki dunyoviy ilm sohiblari keng miqyosdagi ahli jatnoasi orasida ham o'z qadrini topayotir...

    1. Prezident Islom Karimovning Burhoniddin Marg'inoniy tavalludining 9 JO yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimida so 'zlagan nutqidan:

Islom huquqshunosligining ulkan namoyandasi, shayxulislom Burhoniddin Marg'inoniyning nomi Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Mahmud Zamaxshariy, Najmiddin Kubro, Bahouddin Naqshband, Xoja Ahror Valiy singari ulug' siymolar qatorida turadi...
U1 zot o'z asarlarida o'sha zamonalarda mo'min-musulmonlar duch keladigan dolzarb hayotiy masalalar, jumladan, oilaviy va ijtimoiy munosabatlar, mulkchilik, savdo-sotiq, jinoyat vajazo, insonning burch va mas'uliyatlariga taalluqli ko'p-ko'p murakkab muammolami islomiy huquq nuqtayi nazaridan hal etib bergan.
Shu sababli alloma nafaqat ulamolar, balki oddiy xalq orasida ham «Hidoyat yo'lining sarboni» deya katta hurmat-e'tibortopgan.

    1. Prezident Islom Karimovning Imom Moturidiy tavalludining 1130 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimda so'zlagan nutqidan:

Musulmon jamiyati islom dinimizni asrab-avaylab, lining ma'no-mazmunini odamlarga to'g'ri va xolis yetkazib beradigan, ularni hidoyat yo'liga boshlaydigan fozil shaxslarga doimo katta ehtiyoj sezib kelgan...
...Imom Moturidiy hazratlari ana shunday tarixiy zarurat natijasida maydonga chiqqan mumtoz siymo, ulug' allomadir.
U1 zot... beqiyos aql-zakovat va ilm bilan to'g'ri yo'ldan adashgan oqimlarga qarshi kurash olib bordi.
U johil kuchlarning tahdid va tajovuzlaridan qo'rqmay, hidoyat yo'lini yo'qotgan firqalarga qarshi keskin raddiyalar bitdi.
Shuning uchun ham Moturidiy bobomiz islom olamida ^Musulmonlarning e'tiqodini tuzatuvchi» degan yuksak sharafga
sazovorbo'ldi.
Ul zot asos solgan diniy ta'limot — Moturidiyya maktabi Sharq mamlakatlarida katta shuhrat topishiga bo'lgan sabab shuki, unda ilgari surilgan g'oyalar islom dinirhizning mohiyatini to'g'rilik, ezgulik, insoniylikda deb biladigan jamiki mo'min- rnusulmonlarning qarashlari va intilishlari bilan hamohang edi.



Download 489.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling