Dunyo dinlari tarixi


Avesto — qat'iy o'matilgan qonun-qoidalar


Download 489.19 Kb.
bet17/83
Sana10.07.2023
Hajmi489.19 Kb.
#1659407
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   83
Bog'liq
дин

Avesto — qat'iy o'matilgan qonun-qoidalar.


SAVOL VA TOPSHIRIQLAR


    1. Dunyodagi dastlabki dinlardan biri zardushtiylikning bizning yurtimizda paydo bo'lganligidan Siz qanday xulosa chiqargan bo'lar edingiz?

    2. Zardushtiylik dinining paydo bo'lishidagi tarixiy shart-sharoitlar nimalardan iborat edi?

    3. «Avesto» haqida nimalarni bilib oldingiz?

    4. «Avesto»ning tarixiy ahamiyati nimalardan iborat?

Tarixdan olgan bilimlaringizga asoslanib, Aleksandr Makedonskiyning «Avesto»dagi astronomiya, falsafa va tibbiyotga oid bo'limlarni yunon tiliga tarjima qildirganligi nimadan guvohlik beradi?


9-10-& ZARDUSHTIYLIK TA'LIMOTI.


Axuramazda oliy ibtido. Zardushtiylik ta'limotiga ko'ra, Axuramazda yakka-yu yagona xudo, U yer yuzidagi barcha jonli va jonsiz mavjudotlarning, osmon jismlarining yaratuvchisi.
Ularning barchasi Axuramazda tomonidan boshqariladi. U o'zi yaratgan ilohiy adolat va tartib-qoidalarning kafili. Axuramazdaning xotini ham, farzandlari ham yo'q, biroq u abadiy barhayot.
Axuramazda Yer yuzidagi barcha olijanob ishlar va xulq- atvoming, adolatning himoyachisi.
Yovuzlikning, barcha yomonliklarning ashaddiy dushmani. Axuramazda Yer yuzida adolat qonunining tantanasi uchun kurashadi, biroq bu kurash juda og'ir kechadi.
Axuramazda adolat uchun kurashda yolg'iz emas. Unga doimo quyidagi 6 nafar eng yaqin yordamchilari (farishtalar) ko'maklashadi:


    1. Chorva mollari va ezgu fikr homiysi (Vohu Manax).

    2. Olov va yuksak haqiqat homiysi (Asha Vahishta).

    3. Ma'dan va qudrat, hokimiyat homiysi (Xshatra Varya).

    4. Yer va diyonat homiysi (Sienta Armati).

    5. Suv va salomatlik homiysi (Xarvatat).

    6. O'simlik va mangulik homiysi (Ameretat). Axuramazda o'zining bu 6 nafar yordamchisini muqaddas ruh

yordamida yaratgan. Ular ham abadiydir.

Download 489.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling