Dunyo dinlari tarixi


-& ZARDUSHTIYLIK DINI TARIXIDAN


Download 489.19 Kb.
bet14/83
Sana10.07.2023
Hajmi489.19 Kb.
#1659407
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   83
Bog'liq
дин

8-& ZARDUSHTIYLIK DINI TARIXIDAN.

Zardushtiylik dinining paydo bo'lishi Bundan qariyb 3000 yil muqaddam hozirgi Xorazm hududida zardushtiylik dini paydo bo'ldi. Keyinchalik Eron, Kavkaz va Hindistonga tarqalgan. Uning asoschisi ulug' tarixiy shaxs — ilohiyotchi, faylasuf, shoir va tabiatshunos olim, ulug' vatandoshimiz Zardusht Sepitoma edi.
Yevropada Zardusht — Zoraastr (yunoncha «astron» — yulduz) deb atalgan. Chunki Yunonistonda Zardusht munajjim sifatida ardoqlangan. Shu nomdan kelib chiqib, Zardusht ta'Iimotini zoroastrizm, deb ataganlar. Zardusht yashagan zamon urug'- qabilachilik munosabatlari yemirilayotgan, uning o'rnida dastlabki davlatchilik asoslari qaror topayotgan davr edi.
Biroq mahalliy — qabilaviy diniy e'tiqodlar jamiyat taraqqiyotidagi bu yangi bosqichning to'la qaror topishiga to'sqinlik qilmoqda edi.
Bundan tashqari, Zardusht yashagan murakkab davrda o'lkaning turlj qabilalarini birlashtirish va ularni ilk markazlashgan davlatchilik g'oyasi atrofida uyushtirish ham zaruratga aylangan edi. Ana shundagina bosqinchilarning tajovuzkorona hujumlariga qarshi turish mumkin edi.
Bularning barchasi jamiyat uchun yangi mafkuraga muhtojlikni VuJudga keltirgan. Bu muhtojlikni hammadan ko'proq donishmand Zardusht anglab yetgan edi.
U inqirozdan qutulish, xalqlar, qabilalarni birlashtirib, yagona davlatchilikka erishishning birdan-bir yo'li — yangi din bo'lishi ^mkinligini anglab yetdi.
Endi, u butun ongli faoliyatini, hayotini ana shu muqaddas ishga bag'ishladi.
Diniy rivoyatlarga ko'ra, Zardusht Navro'z kunlarining birida ! kohinlar boshchiligida muqaddas ichimlik — «Haoma» I tayyorlamoqchi bo'lgan. Shu maqsadda, u erta tong pallasida daryodan suv olib kelish uchun qirg'oqqa tushgan. Suv olib | bo'lgach, biryo'la tahoratini yangilayotgan Zardushtning ko'ziga qirg'oqda turgan porloq xilqat — Voxumana ko'rinadi va uning sehrli nuriga ergashadi. Nihoyat, u ulug' xudo Axuramazda huzuriga boradi.
Axuramazda o'zining butun borliqni yaratgan xudo ekanligi haqidagi xabarni bildirish uchun odamlar orasidan Zardushtni tanlaganini aytadi. Bu vaqtda Zardusht 40 yoshga to'lgan edi. Shu kundan boshlab Zardusht Axuramazda dinining payg'ambariga aylanadi. Endi u o'z qavmlari orasida Axuramazda dinining mazmunini tashkil etuvchi tartib, insof, adolat, haqiqat, poklik ( aqidalari asosida yashashni targ'ib eta boshlaydi.
Shu tariqa yangi din — zardushtiylik dini paydo bo'ldi.

Download 489.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling