Dunyo dinlari tarixi


Buddaviylikning jahon diniga aylanishi


Download 489.19 Kb.
bet41/83
Sana10.07.2023
Hajmi489.19 Kb.
#1659407
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   83
Bog'liq
дин

Buddaviylikning jahon diniga aylanishi.Podsho Ashoka hukmronligi (mil. av.269—232-yillar) davrida Hindistonda davlat diniga aylangan buddaviylik ke­yinchalik jahonning boshqa davlatlariga ham tarqala boshlagan. Xususan, Kushonlar hukmronligi davrida bu din bizning o'lkamizga ham kirib kelgan. Bu sulola, hatto buddaviylikka davlat dini maqomini bergan.Buddaviylik 900 yil davomida Hindistonda ravnaq topdi va gullab-yashnadi (mil. av. 250- yildan milodning 650- yiligacha). 650- yildan boshlab uning bu yerda nufuzi pasaya bordi. Va nihoyat, buddaviylik XII asr oxiri — XIII asr boshlarida Hindistondan siqib chiqarildi. Bunga Hindistonning shimolida musulmon sulolalari hukmronligining o'rnatilishi, Hindistonning boshqa qismlarida hinduiylik dinining to'Ia qaror topganligi sabab bo'ldi. Biroq buddaviylik yo'q bo'lib ketmadi. Aksincha, u ikki oqimga bo'lingan holda yashashda davom etdi. Bu ikki oqimning biri Xinayana (najot topishning tor yo'li), ikkinchisi esa Maxayana (najot topishning keng yo'li) deb ataladi.
Xinayana buddaviylikning o'zgarishsiz ilk ta'limotiga amal qilishni yoqlab chiqadi. Maxayana oqimi esa buddaviylikning zamon ruhiga nioslashtirilgan ko'rinishidir.Xinayana tarafdorlari hayot azob-uqubatlaridan monaxlik jamoasiga a'zo bo'lganlar xalos bo'la oladi, deb hisoblaydilar.Maxayana tarafdorlari esa Siddxartxa o'gitlariga amal qiluvchi, xudoga iltijo qiluvchi, monaxlarga nioddiy yordam beruvchi, dunyoviy ishlar bilan shug'ullanuvchi har bir kishi ham najot topishi mumkin, deb hisoblaydilar.Buddaviylik dastlab xudosiz din edi. Maxayana tarafdorlari xudosiz dinning odamlarga tushunarsiz bo'lishini hisobga olganlar. Shuning uchun ham ular Siddxartxani xudo, deb e'lon qilganlar. Shu tariqa unga sig'inish qaror topgan. Ayni paytda, ular buddaviylikka jannat to'g'risidagi ta'limotni qo'shganlar. Bu omil buddaviylikning jahon bo'ylab yanada kengroq tarqalishiga yo'l ochgan. U Osiyoning boshqa davlatlarida, Rossiyaning Burya- tiya, Qolmiq va Tuva Respublikalarida keng qaror topa bordi.Buddaviylik XIX—XX asrlarda Amerika va Yevropa davlatlarida ham o'z jamoalarini vujudga keltira oldi. Hozirgi kunda yer yuzi aholisining 500 milliondan ortig'i shu dinga e'tiqod qiladi. Osiyo­ning Shri Lanka, Birma, Tailand, Laos, Mo'g'uliston, Kambodja, Vyetnam, Butan, Nepal, Yaponiya va Koreya davlatlarida asosiy din hisoblanadi. Maxayananing hozirgi davrdagi eng muhim ko'rinishi — lamalikdir. Lamalik XlVasroxiri — XV asr boshlarida Tibetda vujudga kelgan (Tibet hozir Xitoy tarkibida).
Lama — oliy budda rohibi. Buddaviylikning barcha aqidalarini qabul qilgan iamalikda inson faqat Lama yordamidagina najot topadi. Gunohlaridan poklanadi. Ayni paytda, lamalik Lamalarsiz oddiy insonning jannatga tushib nirvanaga o'tishi u yoqda tursin, hatto qayta tug'ilganlaridan so'ng ham bu dunyoda hech narsaga erisha olmaydilar, deb ta'lim beradi.
1950- yilda Shri Lanka davlatida buddaviylarning «Jahon buddaviylari birodarligi» tashkiloti tuzildi. 1956- yilda esa dunyo buddaviylari o'z dinlarining 2500 yilligini nishonladilar.


Download 489.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling