Dunyo dinlari tarixi


Buddaviylik marosim va bayramlari


Download 489.19 Kb.
bet44/83
Sana10.07.2023
Hajmi489.19 Kb.
#1659407
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   83
Bog'liq
дин

Buddaviylik marosim va bayramlari. Buddaviylik marosimlari ichida ertalabki va kechki ibodat har kuni ado
etiladi. Ibodat davomida duolar o'qiladi va sajda qilinadi. Ibodat Buddaning tasviriga qarab bajariladi. Bunda Budda tasviri atrofiga gul qo'yiladi, shamlar yonib, muattar hid taralib turadi.
Ajoyib ochilib turgan gUlning bir oz vaqtdan so'ng so'lishi ibodatcbiga hayotning o'tkinchi ekanligini, muattar hid esa Buddagasodiqlarninggo'zal xulq-atvorli bo'lishi lozimligini eslatib turadi. Shamlarning olovi esa nurlanganlik ramzi hisoblanadi.
Dunyoviy hayot kechiruvchi buddaviylarning kundalik asosiy marosimi — bu, monaxlarga oziq-ovqat keltirishdir.
Buddaviylarning yana bir marosimi «tiyilish kuni» deb ataladi. Bu marosim buddaviylarga o'z dinlariga e'tiqodlarini yanada mustahkamlashga, monaxlar uchun intizomni va o'zaro bir-birini tushunishni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Bunday kun oyda 2 marta o'tkaziladi. Ularda najotning sakkizlik yo'li talablari, Dxarma aqidalari takrorlanadi. Ayni paytda, bu marosim ijrosi davomida monaxlar dunyoviy hayot kechinivchilar ustiga suv sepadilar. Bu monaxlarning dunyoviy hayot kechiruv-chilar bilan o'zlaridagi yaxshi xislatlarni bo'lishish niyatlarining ramzi hisoblanadi.
Dunyoviy hayot kechiruvchilar esa yerga suv sepadilar. Bu — monaxlarning dunyoviy hayot kechiruvchilarga bildirgan yaxshi niyatlarining ajdodlar bilan baham ko'rayotganlik belgisidir.
Buddaviylikda, shuningdek, dunyoga kelishni, balog'at yoshini nishonlash, nikoh, yangi uyga ko'chib o'tish, ajdodlarni xotirlash va dafn etish kabi marosimlar mavjud.
Boshqa dinlarda bo'lganidek, buddaviylikning ham qator bayramlari bor. Bular — Yangi yil hamda Buddaning tug'ilgan, nurlangan va vafot etgan kunlari bayramlaridir. Buddaviylikda yangi yilning boshlanishi — har bir buddaviy uchun o'z axloqiy xatti-harakatlarini tahlil qilish, poklanish va xayrli ishlarni bajo keltirish haqida qayg'urish vaqti hamdir. Bu bayram aprel oyining o'rtalarida nishonlanadi va 2—3 kun davom etadi.
Yangi yil nishonlanayotgan kunlarda buddaviylar Buddani, avliyolarni, ajdodlarni eslaydilar. Eslash belgisi sifatida tomchilatib suv sepadilar. Suv sepish — ayni paytda yomg'ir chaqirish vositasi hamda xotirjam hayot belgisidir.
Buddaning tug'ilgan, nurlangan va vafot etgan kuni bayramlari turli mamlakatlarda turli muddatlarda nishonlanadi. Masalan, Yaponiya buddaviylari Buddaning tug'ilgan kunini 8- aprelda, nurlanganini 8-dekabrda, vafot etgan kunini esa 15-fevralda nishonlaydilar.
Buddaning tug'ilgan kuni — bu, gullar bayrami va Budda tasvirini yuvib tozalash marosimidir. Buddaning nurlangan va vafot etgan kunlarida Buddaga alohida iltifot bilan sig'inish bilan bog'liq marosimlar ado etiladi.



Download 489.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling