Dunyo dinlari tarixi


Download 489.19 Kb.
bet73/83
Sana10.07.2023
Hajmi489.19 Kb.
#1659407
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   83
Bog'liq
дин

SAVOL VA TOPSHIRIQLAR




            1. Tasavvuf nima va u qanday vujudga kelgan?

            2. Tariqatning mazmuni haqida so'zlab bering.

            3. «Yassaviya» tariqatining mazmuni haqida nimalarni bilib oldingiz?

            4. «Kubroviya» tariqati haqida so'zlab bering.

            5. Javonmardlik haqida nimalarni bilib oldingiz?

            6. «Naqshbandiya» tariqatining keng tarqalganligining sabablari haqida so'zlab bering.

            7. Naqslibandiya tariqatidagi bosh g'oya nima?

            8. Xoja Aliror Valiyning naqshbandiya tariqati rivojiga qo'shgan liissasi haqida nimalarni bilib oldingiz?

33-34-& DINIY FUNDAMENTALIZM VA EKSTREMIZM HAQIDA.


«...Bii hech qachon diniy da 'vatlar hokimiyat uchun kurashga, siyosat, iqtisodiyot va qonunshunoslikka aralashish uchun bayroq bo 'lishiga yo'/ qo'ymaymiz Chunki bu hotni davlatimizning xavfsizligi, barqarorligi uchun jiddiy xavf-xatar deb hisoblaymiz»- Islom Karimov.
Diniy fundamentalism haqida. Yurtboshimiz Islom Karimov «0'zbekiston XXI asr bo'sag'asida...» nomli kitoblarida bunday deb yozgan edilar: «... Aniq-ravshanki Jahon jamoatchiligi... diniy ekstremizm va fundamentalizm kabi keskin hodisalar munosabati bilan bezovtalanayotgani, ba'zan esa, hatto xavfsirayotgani ham ko'zga tashlanmoqda...
Hozirgi zamon tarixida ana shu o'ta keskin ko'rinishlar jiddiy mojarolarni, ziddiyatlami keltirib chiqarishi, barqarorlik va xavfsizlikka tahdid so- lishi mumkinligi insoniyatni cho'chityapti». («0'zbekiston XXI asr bo'sag'asida... T., «0'zbekiston», 1997- yil, 34- bet.)
Jahonda xavfsizlikka tahdid solayotgan, o'zining bu tahdidi bilan jahon jamoatchiligini cho'chitayotgan aniy fundamentalizm va ekstremizmning o'zi nima?
Diniy fundamentalizm — u yoki dinni o'sha din paydo bo'lgan dastlabki ko'rinish holatiga qaytarish demakdir.
Bu qoidani islomga nisbatan Hasak, islom fundamentalizmi deyilganda bugungi islomni u paydo bo'lgan VII asrdagi holatiga qaytarishga urinishdir. Fundamentalizm — aqidaparastlik deb ham ataladi.
Islomni VII asr holatiga qaytarish aslo mumkin errias Dunyoviy davlat o'rniga Islom davlati ham tuzish mumkin errris Chunki O'zbekiston fuqarolari buni istamaydi. Qolaversa. jahon fani davlat faqat dunyoviy bo'lishi kerakligi, diniy davlat taraqqiyotga olib kelmasligini isbotlab bergan.
Aqidaparastlar ham buni yaxshi tushunadilar. Biroq ularning asl maqsadlari hokimiyatni qo'lga kiritish bo'lganligi uchun, o'z niyatlaridan voz kechmaydilar. Tinch yo'l bilan hokimiyatni qo'lga kiritish mumkin emasligini yaxshi anglagan aqidaparastlar kurashning keskin yo'lini — ekstremistik yo'lini tanlaganlar. Shu tariqa, aqidaparastlik ekstremizmni vujudga keltiradi.

  1. Download 489.19 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling