Dunyo dinlari tarixi
Download 489.19 Kb.
|
дин
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oquv predmetining maqsad va vazifalari.
1-& “ DUNYO DINLARI TARIXI “ PREDMETINING MAQSAD VA VAZIFALARI. Xalqlar va dinlar.Hozirgi paytda dunyoda 6 milliarddan ortiq aholi yashamoqda. Ular turli- tuman xalqlarga mansub kishilardir. Dunyoda biror-bir xalq yo'qki, u yoki bu dinga e'tiqod qilmasin! Dinlar esa xilma-xil. Ayni paytda, ular jahon hamda milliy dinlarga boiinadi. Islom, xristianlik va buddaviylik dinlari — jahon dinlari hisoblanadi. Jahon dinlari — o'zlari paydo bo'lgan hududdagina amal qilib qolmay, balki yer yuzining boshqa hududlarida ham keng tarqalgan. Bu dinlar o'z e'tiqodchilarining millati, tili, irqi, tug'ilgan joyi, fuqaroligi kabi xususiyatlarni hisobga olmaydi. Jahon dinlarining paydo bo'lishi bilan katta ijobiy hodisa — bir dinga e'tiqod qiluvchi turli xalqlarning yaqinlashuvi jarayoni ham ro'y bera boshladi. Milliy dinlarga hinduiylik, sinkhiylik, konfutsiychilik, yahudiylik va boshqa bir qancha dinlar kiradi. YODDA TUTING: Jahon dinlari elatlarning, keyinchalik esa millatlarning shakllanish jarayonini aks ettirgan hamda o'zlari paydo bo'lgan hududlardagi odamlarning (elat, millatlarning) o'z millatlariga, davlatlariga e'tiqod qilishni ifodalagan. O'quv predmetining maqsad va vazifalari. Har bir o'quv predmetining maqsad va vazifalari bo'lganidek, «Dunyo dinlari tarixi»ning ham maqsad va vazifalari bor. Demak, ushbu o'quv qo'llanmasining asosiy maqsadi Siz o'quvchi yoshlarni dinlar tarixi bilan tanishtirishdir. Bu maqsadga quyidagi vazifalami bajarish orqali erishiladi: —'dunyoviy davlat va dinning o'zaro munosabatlari haqida hamda O'zbekiston Respublikasining «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida»gi qonunining mazmuni to'g'risida ma'lumot berish; din nima va u qanday paydo bo'lgan? degan savollarga javob topish; dinning jamiyatga ijtimoiy, ma'naviy, ruhiy ta'siri haqida bilim berish; dastlabki ibtidoiy diniy tasavvurlar haqida ma'lumot berish; milliy va jahon dinlari asoslari haqida ma'lumot berish; dinning mohiyati va uning kishilik jamiyati taraqqiyotidagi turli bosqichlarida tutgan mavqeyi haqida ma'lumot berish; jamiyatni ma'naviy jihatdan kamol toptirishda diniy qadriyatlarning ahamiyatini yoritish; islomda Qur'oni karimdan keyin ikkinchi manba hisoblangan Hadis ilmini rivojlantirishga ulkan hissa qo'shgan va butun islom olami tan olgan ulug' bobokalonlarimiz hayoti, ijodi bilan tanishtirish, hadislarning tarbiyaviy ahamiyatini keng talqin etish; ulug' hamyurtlarimizning tasavvuf takomilidagi buyuk xizmatlari haqida o'quvchilarga bilim berish hamda ularda faxrlanish hislarini tarbiyalash; mustaqil mamlakatimizda dinga nisbatan munosabatning tubdan o'zgarganligi, xususan, islom dini qadriyatlarini tiklash yo'lida qilingan sa'y-harakatlar haqida ma'lumotlar berish; diniy aqidaparastlik, ekstremizm va fanatizm mohiyatini yoritish hamda boshqa masalalar haqida tushunchalar berishdan iboratdir. Bu maqsad va vazifalarning amalda bajarilishi katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Xususan, «Dunyo dinlari tarixi»ni o'rganish orqali Siz islom va boshqa dinlar qadriyatlariga hurmat bilan qarash, ularni qadrlash, boshqa dinlarga va ularning vakillariga hurmat bilan munosabatda bo'lishni o'zingizda tarbiyalaysiz. Ayni paytda, diniy aqidaparastlik, ekstremizm va fanatizmga nisbatan murosasiz bo'lish zarurligini anglab olasiz. Download 489.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling