Dunyo dinlari tarixi


Download 76.57 Kb.
Sana14.12.2020
Hajmi76.57 Kb.
#167049
Bog'liq
Sana


Sana: 24.01.2020 -yil DUNYO DINLARI TARIXI fani Sinf: 11A B sinf
Mavzu: .Takrorlash

I. TK – tayanch kompetensiya

O’zini o’zi rivojlantirish kompetensiyasi:

shaxs sifatida doimiy ravishda o’z-o’zini rivojlantirish, hayot davomida o’qib-o’rganish, bilim, tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish;

ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilish;

I. Darsning maqsadi:

a) Ta’limiy: O`quvchilarga – fanning maqsad va vazifalari, nimalarni o`rganishi haqida, uning yo`nalishlari haqida ma`lumot berish.

b) Tarbiyaviy: O`quvchilarga mustaqil fikr yuritishni, olgan bilimlarini hayot bilan bog`lay olishni, ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish, estetik did axloqiy sifatlarini kasb-hunarga bo`lgan qiziqishlarini tashkil toptirish

v) Rivojlantiruvchi: Mustaqil ishlash va fikrlash orqali bilim olishga, xotirani mustahkamlashga, tez fikrlashga o`rgatish, fanga qiziqishini ortirish.



II. Darsning turi: Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.

III. Darsning usuli: Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.

IV. Darsning jihozi: Darslik ,ko’rgazmali qurollar, globus, xarita.

V. Didaktik jihoz: Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.

VI. Texnik jihoz: Kadoskop, kompyuter, diaproyektor ekran.

VII. Dars uchun talab etiladigan vaqt: 45 daqiqa:

Darsning texnik chizmasi:


Dars bosqichlari

Vaqt

Tashkiliy qism.

daqiqa

Yangi mavzuni boshlashga hozirlik

daqiqa

Yangi mavzuni yoritish

daqiqa

Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish

daqiqa

Darsni yakunlash

daqiqa

Uyga beriladigan topshiriqlar

daqiqa
VIII. Darsning borishi (reja):

1.Tashkiliy qism: a)salomlashish, b)tozalikni aniqlash, d)davomatni aniqlash

c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi.

2. Uyga vazifani so`rab baholash: a) og`zaki so`rov b)daftarni tekshirish

v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.

IX. O’tilgan mavzuni takrorlash

X. Yangi mavzu bayonining qisqacha mazmuni:

XX-XXI ASRLARDA TASAVVUF TA’LIMOTI

Siz 10-sinfda tasavvuf va uning mohiyati, asoschilari haqida bilimlarga ega bo‘lgansiz. Mazkur mavzuda tasavif talimotining XX-XXI asrlardagi holati haqida gaplashamiz.

Мusulmon dunyosining deyarli barcha mamlakatlarida turli tasavvufiy tariqatlar vakillari faoliyat yuritayotganini ko‘rish mumkin.

Pokiston va Hindiston hududlarida tarqalgan tariqatlarning urf-odatlarida yoga, buddaviylik, hinduiylik va qadimgi hind falsafasining ta’siri mavjud. Barlaviya, Mehmandiya va boshqa qator tariqatlarda qadimgi hind falsafasidagi "tanosux" (ruhning ko‘chib yurishi) g‘oyasi keng o‘rin olgan. Ular namoz yoki zikr vaqtida yuqoridan bir joyni bo‘sh qo‘yadilar va unga Muhammad Payg‘ambar ruhi kelib o‘rnashadi, deb hisoblaydilar. Masjidlarining qibla tarafida esa o‘z tariqatlarining asoschisi yoki pirlarining qabri joylashgan bo‘lib, namozdan avval va keyin uni tavof qiladilar. Bunday holatlar islom dini ta’limotiga to‘g‘ri kelmaydi.

ADASHGAN SO‘FIY GURUHLARNING O‘ZIGA ZOS XUSUSIYATLARI

Islom tarixining barcha davrlarda tasavvufni tor ma’noda talqin etuvchi guruh va shaxslar ham bo‘lgan.

Hozirgi kunda ham ana shunday guruh va shaxslar bor bo‘lib, ular asosan e’tiborni tashqi ko‘rinishga qaratadilar.

Tasavvufning «So‘fiy uchun na dunyodan va na oxiratdan ta’ma bo‘lmasligi kerakligi go‘yasi»ning mohiyati buzilib, turli marosimbozlik, «pirparastlik», «murid ovlash» (qo‘shtirnoq ichidagi «murid ovi»), turli diniy marosimlarda o‘zlarini alohida shaxs ekan-

liklarini namoyon qilish va shu bilan obro‘, boylik o‘rttirish maqsad bo‘lib qolgan.

Qo‘shtirnoq ichidagi bunday «so‘fiylar»ning boshqalardan ajratib turadigan jihatlari o‘ziga xos liboslar kiyish, turfa rasm-rusumlarga berilishdan iboratdir.

Bu toifalar tasavvufni komil inson yetishtirishdagi bir vosita ekanligini e’tiborda chetda qoldirganlar.

Shu sababli tasavvufshunos olimlar tomonidan bunday toifalarni mumtoz tasavvuf namoyandalaridan farqlay bilish, ularni boshqa turli oqimlardan ajratib ko‘rsatish maqsadida qo‘shtirnoq ichidagi «tariqatchilar» atamasi iste’molga kiritildi. Ularning asl maqsadlari ochib berildi va din ulamolarining tanqidiga uchradi. Tasavvuf odamlarni esa bunday noto‘g‘ri fikrlarga qarshi bo‘lgan. Tasavvuf kishilar orasida tenglik, birodarlik, ijtimoiy adolat, jamiyatga manfaatli mehnat faoliyati bilan mashg‘ul bo‘lishni targ‘ib etgan. Masalan, Bahouddin Naqshbandiyning «Dil ba Yoru dast ba kor» tariqati o‘zining mazmunini yo‘qotmagan.

Tasavvufiy qarashlarning yaxlit ta’limotga aylanib, islom o‘lkalariga keng yoyilishi va kishilar hayotida muhim voqyelikka aylangan.

Mumtoz tasavvufga xos go‘zal axloq, yuksak ma’naviy fazilatlarni shakllantirish, komil inson, nafs tarbiyasi, vatanparvarlik kabi g‘oyalar xalqimizning asrlar davomida takomiliga yetib borgan ma’naviy boyligini tashkil etadi. Hozirgi sharoitda ham tasavvufning ana shunday xususiyatlarini ko‘rsatib berish, kishilarni turli asossiz g‘oyalar va maslaklarga adashib kirib qolishining oldini olishda muhim ahamiyatga ega.

XI.Yangi mavzuni mustahkamlash:

1. Fanning metodologik poydevori, nima tashkil etadi?

2. Fanning maqsadini ta’riflab bering.

XII.Uyga vazifa: Mavzuni o`qib o`rganib kelish.

XIII.Foydalanilgan adabiyotlar: DUNYO DINLARI TARIXI 11-sinf darsligi, qo`shimcha adabiyotlar.



O’TIBDO’ : Z.Xudoyberdiyeva
Download 76.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling