Dunyo dinlarida insonparvarlik g'oyalari


Download 0.77 Mb.
Sana20.12.2022
Hajmi0.77 Mb.
#1035256
Bog'liq
Dunyo dinlarida insonparvarlik g\'oyalari


Dunyo dinlarida insonparvarlik g'oyalari
Kamchilik va nuqsonlaringni ko‘rsatib, seni koyigan donishmandning etagidan mahkam tut. Zero, u zot xazinaga eltayotgan yo‘lboshchiga o‘xshaydi va sen sira kam bo‘lmaysan.
Budda
Xristianlik dunyoda eng keng tarqalgan din hisoblanadi. Tarixda mazkur dinni niqob qilib buzg‘unchilik, xunrezlik maqsadlarida foydalanilgani, “Salib yurishlari”, “Inkvizitsiya” nomlari ostida ko‘plab shaharlar vayron qilingani, minglab odamlarning halok bo‘lgani ma’lum.
Holbuki, xristianlikda hech kimga yomonlik qilmaslik haqida ta’lim beriladi. Bu din ham barcha dinlar kabi tinchlikparvarlik, yaxshilik qilish va ezgulikka chaqiradi. Islom dinida xristianlarni nasroniylar deb atashadi. Bu nom Iso payg‘ambarning Nazaret qishlog‘ida tug‘ilgani bilan bog‘liq.
Hech kimga yomonlik evaziga yomonlik qaytarmanglar. Barcha odamlarning ko‘zi oldida yaxshilik qilishga intilinglar. Agar iloji bo‘lsa, qo‘lingizdan kelganicha barcha odamlar bilan tinch-totuv hayot kechiringlar.
Yangi Ahd. Rimliklarga maktub, 12-bob
Xalq orasida fitna qo‘zg‘atish, tuhmat va ig‘vo tarqatish yo‘lidagi urinishlar, tinchlik va xotirjamlikni izdan chiqaruvchi hodisalar yoki harakatlar islomning mohiyatiga mutlaqo zid.
Buddaviylik ta’limotining o‘ziga xos jihatlari barcha jonli narsalarga muhabbat bilan qarashni targ‘ib etish, aql ko‘rsatmalariga qat’iy bo‘ysunish va hissiyotga berilmaslikdir. Insonparvarlik va ezgulik g‘oyalari buddaviylikning “Pancha shila” (sanskritcha – besh nasihat) qoidasida ham aks etadi.
Unga ko‘ra, buddaviy qotillik, o‘g‘rilik, gumrohlik, yolg‘on so‘z, mast qiluvchi narsalardan saqlanishi lozim. Bu dinga e’tiqod qilgan har bir rohib o‘zgalar mulkiga ko‘z olaytirmasligi, birovga nafrat bilan qaramasligi, adolat haqida o‘ylashi, munosib insonlardan yaxshiligini ayamasligi, axloq qoidalariga amal qilishi zarur hisoblanadi.
Milliy dinlardan bo‘lgan hinduiylik va jayniylikda tinchlikparvarlik g‘oyalari “ahimsa” – kuch ishlatmaslik ta’limotida o‘z aksini topgan. Unga ko‘ra, yer yuzida buzg‘unchilik qilish, nafaqat insonlar, balki barcha jonzotlarga ozor berish taqiqlanadi. Mazkur ta’limot zo‘ravonlikka zo‘ravonlik bilan javob berish, urush qilganga qarshi urushishni ham qoralab chiqadi. Ahimsa nafaqat odamlar, balki barcha jonli mavjudotlarga nisbatan ham zo‘ravonlik qilmaslikdir.
Markaziy Osiyoda yuzaga kelgan zardushtiylik dini ham o‘zining insonparvarligi bilan alohida ajralib turgan. Bu “Avesto”dagi “Ezgu fikr, ezgu so‘z, ezgu amal” ta’limotida ham o‘z aksini topgan. Unda tinchlikning muhimligi borasida fikrlar bildirilgan. Zardushtiylikda har bir zardushtiy tiyilishi lozim bo‘lgan narsalar qatorida chorvani talon-toroj qilish, talafot va vayronagarchilik keltirishdan tiyilish ham sanab o‘tilgan
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling