Dunyo mamlakatlarida maktabgacha ta’lim tizimi


Download 1.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/59
Sana28.10.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1729688
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   59
Bog'liq
ma\'ruza

YOSHLAR 
Hozir Niderlandiyada mamlakat umumiy aholisining 40 foizini 25 yoshgacha 
bo‘lgan yoshlar tashkil etadi. Mamlakat yoshlar siyosatining asosiy yo‘nalishi ularni 
ma’lumotli, kasb-korli qilishga, yoshlarni mamlakat ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy 
hayotida faolroq ishtirok etishini ta’minlash, ularning ko‘ngilli dam olishlarini 
yaxshiroq tashkil etishni ta’minlashga qaratilgan.
Keyingi paytlarda mamlakatda yoshlarning ijtimoiy istiqbollari keskin o‘zgardi. 
Ularda hayotiy jarayonlarga qiziqish ancha kuchaydi, shuningdek ular o‘z 
muammolarini o‘zlari mustaqil hal qilishga tobora intilmoqdalar.
Yoshlar boshqa mamlakatlardagi tengdoshlari singari jamiyatdagi o‘z o‘rnini 
topish va uni mustahkamlash uchun ko‘rashmoqdalar.
Yoshlar siyosatiga oid, davlat ahamiyatiga molik masalalarni faravonlik, sog‘liqni 
saqlash va madaniyat ishlari vazirligi hal etadi. Bu vazirlik boshqa vazirliklar bilan 
hamjihatlikda yoshlar ehtiyojlarini, shu jumladan ularni ish bilan, turar joy bilan 
ta’minlash, moddiy farovonligini yaxshilash, ularga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish 
kabi masalalarni muvofiqlashtiradi, hal etadi.
Katta avlodning, boshqaruv ishidagi mansabdorlarning faoliyatida eng ko‘zga 
tashlangan soha yoshlarning ishsizligini tugatish, ularga keng ko‘lamdagi yordamlar 


uyushtirishga sidqidildan yondashayotganligidir. Niderlandiyada yoshlar ishlari 
bo‘yicha federastiyasi mavjud bo‘lib uning vazifasi hukumatda, parlamentda yoshlar 
manfaatini va ularning huquqlarini himoya qilishdan iborat.
Nidеrlаndiyadа “yoshlаr ishlаri bo‘yiсhа fеdеrаtsiya” si mаjud bo‘lib, uning
vаzifаsi hukumаtdа, pаrlаmеntdа yoshlаr mаnfааtini vа ulаrning huquqlаrini himоya
qilishdаn ibоrаt. 
Niderlandiyada qariyib 4 mln. yoshlar kundo‘zgi o‘quvlar bilan qamrab olingan. 
Mamlakatda majburiy ta’lim pulsiz, katta yoshlilar maktablari va oliygohlarida 
pullikdir.
Ba’zan maktablarda ota-onalar o‘quv tarbiya ishlarini amalga oshirishga o‘z 
mablag‘lari bilan yordamlashishga xohish bildiradilar. Bunday istaklar qabul qilinadi. 
Barcha o‘qtuvchilar va tarbiyachilar maoshlari davlat tomonidan ta’minlanadi.
Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, ta’lim vazirligi Niderlandiyada eng qimmat 
turuvchi vazirlikdir. Unga davlat bir yilga 29,6 milliard gulden mablag‘ sarf etadi. Bu 
davlat byudjetining 17 foizidir.
O‘qituvchi to‘liq holda maosh olish uchun haftasiga 40 soat sarf etmog‘i kerak.
Bizning mamlakatimizda asosan erkaklar 60 yoshda, ayollar esa 55 yoshda 
fahriyga chiqadilar. Niderlandiyada esa erkaklar uchun ham ayollar uchun ham bir xil 
pensiya yoshi 65 yosh. Pensiya miqdori oiladagi kishilar soniga qarab belgilanadi.

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling