Dunyo mamlakatlarida maktabgacha ta’lim tizimi
Download 1.11 Mb. Pdf ko'rish
|
ma\'ruza
YOSHLAR
Hozir Niderlandiyada mamlakat umumiy aholisining 40 foizini 25 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etadi. Mamlakat yoshlar siyosatining asosiy yo‘nalishi ularni ma’lumotli, kasb-korli qilishga, yoshlarni mamlakat ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy hayotida faolroq ishtirok etishini ta’minlash, ularning ko‘ngilli dam olishlarini yaxshiroq tashkil etishni ta’minlashga qaratilgan. Keyingi paytlarda mamlakatda yoshlarning ijtimoiy istiqbollari keskin o‘zgardi. Ularda hayotiy jarayonlarga qiziqish ancha kuchaydi, shuningdek ular o‘z muammolarini o‘zlari mustaqil hal qilishga tobora intilmoqdalar. Yoshlar boshqa mamlakatlardagi tengdoshlari singari jamiyatdagi o‘z o‘rnini topish va uni mustahkamlash uchun ko‘rashmoqdalar. Yoshlar siyosatiga oid, davlat ahamiyatiga molik masalalarni faravonlik, sog‘liqni saqlash va madaniyat ishlari vazirligi hal etadi. Bu vazirlik boshqa vazirliklar bilan hamjihatlikda yoshlar ehtiyojlarini, shu jumladan ularni ish bilan, turar joy bilan ta’minlash, moddiy farovonligini yaxshilash, ularga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish kabi masalalarni muvofiqlashtiradi, hal etadi. Katta avlodning, boshqaruv ishidagi mansabdorlarning faoliyatida eng ko‘zga tashlangan soha yoshlarning ishsizligini tugatish, ularga keng ko‘lamdagi yordamlar uyushtirishga sidqidildan yondashayotganligidir. Niderlandiyada yoshlar ishlari bo‘yicha federastiyasi mavjud bo‘lib uning vazifasi hukumatda, parlamentda yoshlar manfaatini va ularning huquqlarini himoya qilishdan iborat. Nidеrlаndiyadа “yoshlаr ishlаri bo‘yiсhа fеdеrаtsiya” si mаjud bo‘lib, uning vаzifаsi hukumаtdа, pаrlаmеntdа yoshlаr mаnfааtini vа ulаrning huquqlаrini himоya qilishdаn ibоrаt. Niderlandiyada qariyib 4 mln. yoshlar kundo‘zgi o‘quvlar bilan qamrab olingan. Mamlakatda majburiy ta’lim pulsiz, katta yoshlilar maktablari va oliygohlarida pullikdir. Ba’zan maktablarda ota-onalar o‘quv tarbiya ishlarini amalga oshirishga o‘z mablag‘lari bilan yordamlashishga xohish bildiradilar. Bunday istaklar qabul qilinadi. Barcha o‘qtuvchilar va tarbiyachilar maoshlari davlat tomonidan ta’minlanadi. Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, ta’lim vazirligi Niderlandiyada eng qimmat turuvchi vazirlikdir. Unga davlat bir yilga 29,6 milliard gulden mablag‘ sarf etadi. Bu davlat byudjetining 17 foizidir. O‘qituvchi to‘liq holda maosh olish uchun haftasiga 40 soat sarf etmog‘i kerak. Bizning mamlakatimizda asosan erkaklar 60 yoshda, ayollar esa 55 yoshda fahriyga chiqadilar. Niderlandiyada esa erkaklar uchun ham ayollar uchun ham bir xil pensiya yoshi 65 yosh. Pensiya miqdori oiladagi kishilar soniga qarab belgilanadi. Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling