Dunyo mamlakatlarining iqtisodiy rivojlanish jihatidan guruhlanishi va ular o`rtasidagi munosabatlarni amal qilishi mundarija kirish I bob. Dunyo mamlakatlarining iqtisodiy rivojlanish jihatidan guruhlanishi


Download 0.53 Mb.
bet2/18
Sana28.03.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1303993
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
14 Full tayyor Dunyo mamlakatlarining iqtisodiy rivojlanish jihatidan guruhlanishi va ular o`rtasidagi munosabatlarni amal qilishi

Mavzuning dolzarbligi. O’zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning asosiy maqsadi iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish orqali mamlakat aholisini munosib turmush tarzi bilan ta’minlash va insonlar farovonligini muttasil oshirib borishdan iborat. Jahon xo’jalik tizimida globallashuv va xalqaro integrastiya jarayonlari chuqurlashib borayotgan bugungi kunda milliy xo’jaliklarning jahon iqtisodiyotiga bog’liqligi oshib bormoqda. Bunday sharoitda esa har qanday mamlakat, shu jumladan O’zbekiston o’z ichki imkoniyatlari va qiyosiy afzalliklariga asoslangan holda jahon xo’jalik tizimi bilan oqilona integrastiyalashishga va jahon iqtisodiyotida o’ziga xos o’rin egallashga alohida e’tibor qaratadi.
Respublikamiz mustaqillikka erishgan dastlabki yillardan boshlab tashqi iqtisodiy aloqalarni yo’lga qo’yishga, mamlakatlar va xalqaro bank-moliya tashkilotlari bilan teng huquqli va manfaatli hamkorlik yo’nalishlarini ishlab chiqish va mustahkamlashga ustuvor vazifalardan biri sifatida qarab kelmoqda.1.
Kurs ishining maqsadi va vazifalari. Kurs ishining asosiy maqsadi jahon iqtisodiyoti globalllashuvining xususiyatlari va rivojlanish tendenstiyalarini o’rganish asosida jahonning bir bo’lagi bo’lgan O’zbekiston Respublikasining jahon hamjamiyati va xalqaro tashkilotlari bilan ijtimoiy-iqtisodiy hamkorligini kengaytirish bo’yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Ushbu maqsadga erishish uchun ishda qo’yidagi vazifalar qo’yilgan:

  1. Globallashuv jarayonini tahlil qilish;

  2. Globallashuv va halqaro iqtisodiy integrastiya jarayonlarining o’zaro bog’liqligi o’rganib chiqish;

  3. Jahon iqtisodiyoti rivojlanishining asosiy tendenstiyalarini o’rganib chiqish;

  4. Xalqaro moliyaviy tashkilotlar va xalqaro korparastiyalarning faoliyatining o’ziga xos jihatlarini aniqlash;

  5. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiroz davrida halqaro savdoning o’zgarish tendenstiyasi o’rganish va uning O’zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri hamda uning oqibatlarini oldini olish yo’llari ko’rib chiqish;

  6. O’zbekiston va xalqaro moliya tashkilotlari o’rtasidagi iqtisodiy hamkorlikning asosiy yo’nalishlari asoslash;

  7. O’zbekistoning xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy hamkorligini tahlil qilish.


Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling