Dunyo mamlakatlarining iqtisodiy rivojlanish jihatidan guruhlanishi va ular o`rtasidagi munosabatlarni amal qilishi mundarija kirish I bob. Dunyo mamlakatlarining iqtisodiy rivojlanish jihatidan guruhlanishi
Download 0.53 Mb.
|
14 Full tayyor Dunyo mamlakatlarining iqtisodiy rivojlanish jihatidan guruhlanishi va ular o`rtasidagi munosabatlarni amal qilishi
2.1.2-diagramma
Yana bir muhim ko’rsatqichlar: • Kompyuter va dasturlash xizmatlari hajmi 2019 yil natijalari bo‘yicha 119 foizgacha o‘sdi va 1,078 milliard so‘mni tashkil etdi (rejada — 920 million so‘m); • Dasturiy mahsulotlar va xizmatlar eksporti hajmi 15,8 million dollargacha oshdi va 158 foiz o‘sish dinamikasini ko‘rsatdi (rejada — 10 million dollar); • Axborot va aloqa sohasida ish haqi o‘sish dinamikasi ham 119 foizni ko‘rsatdi. Hozirgi kunda mazkur sohada o‘rtacha maosh 4 million so‘mni tashkil etadi (umumrespublika bo‘yicha ish haqi — 2,3 million so‘m); • AKT sohasida xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni yildan-yilga oshib boryapti: 2019 yil natijalari bo‘yicha ularning soni 269 ni tashkil etdi va 73 taga ko‘paydi. 1. Bir qator ishlab chiqarish sanoat tarmoqlarda (engil sanoat, to`qimachilik sanoati, elektron sanoati) qo`llaniladigan texnika va texnologiyalarni yetkazib berishda TMKlar investor-sarmoyachi sifatida ham, shuningdek investitsiya tovarlarini yoki texnologiyalarini (litsenziyalarini) yetkazib beruvchi korporatsiyalar sifatida ham muhim rol o`ynaydi. 2. Rivojlanayotgan mamlakatlarni jahon bozoriga xom-ashyo eksport qiluvchi davlatlardan tayyor mahsulotlarning sotuvchilariga aylantirish. Bunda, bevosita ko`yilma, rivojlanayotgan mamlakatlarni ishlab chiqarishdagi tarkibiy o`zgarishlari uchun to`g`ridan – to`g`ri yo`nalishidagi investitsiyalar moliyaviy resurslarni oddiy joylashtirishga nisbatan ancha muhim hisoblanadi. 3. Transmilliy korporatsiyalar an’anaviy jarayonlarning tezlashuvini ta’minlaydi. Texnologik innovatsilar hozirgi kunda asosan sanoati rivojlangan mamlakatlarda to`plangan bo`lib, so`nggi o`n yilliklarda ular bir qator mamlakatlarda, ayniqsa “yangi industrial davlatlar” iqtisodiyotida muhim rol o`ynamoqda. Texnologiyalarni qo`llanishi, atrof-muhit bilan bog`liq bo`lishi mumkin. Shuning uchun ham TMKlarning filiallarini faoliyati ular tanlagan mamlakatlarning tabiati uchun, shuningdek insonlarning manfaati va ularning hayotiga tahdid solmasligi lozim. Shu munosabat bilan xususiy shuningdek xorijiy korxonalar ustidan nazoratni o`rnatish maqsadida rivojlanayotgan mamlakatlardagi tartibot milliy organlarining faoliyatini kuchaytirish talab etiladi. 4. TMKlar rivojlanayotgan mamlakatlardagi mavjud ish bilan bandlik muammolarini ham bartaraf etadi. Shunga qaramasdan, ta’kidlab o`tish joizki, to`g`ridan –to`g`ri yo`naltirilgan investitsiyalar bilan bevosita bog`liq bo`lgan ishchi o`rinlar unchalik ko`p bo`lmasdan rivojlanayotgan dunyodagi iqtisodiy aktiv aholining 1% dan kamroq qismini ta’minlay oladi, xalos. 5.Хalqaro tashkilotlar rivojlanayotgan mamlakatlarga texnik yordamlarini ko`rsatishda TMKlar imkoniyatidan keng foydalanishmoqda. O`z navbatida rivojlanayotgan mamlakatlarning hukumat rahbarlari ham TMKlarni o`z iqtisodiyotiga jalb etish borasida o`zaro kurash olib bormoqdalar. Masalan, AQShning “Jeneral motors” kompaniyasi 2005 yilda o`zining Osiyo –Tinch okeani mintaqasi bozoridagi ulushini ikki barobarga oshirish maqsadida, uning 10% ga qadar ko`paytirishga harakat qilmoqda. Хullas, jahon xo`jaligi va xalqaro iqtisodiy munosabatlar rivojlanishining ob’ektiv qonunlariga bo`ysungan holda, rivojlanayotgan mamlakatlar xususiy maqsadlar bilan bir qatorda ijtimoiy – iqtisodiy muammolarning hamda TMKlarning mamlakatlar iqtisodiyotidagi manfaatlariga mos keluvchi zaruriy parametrlarini izlab topmoqdalar. Jahon iqtisodiyoti va ХIMda “Yangi industrial mamlakatlar”(“YaIM”) rivojlanayotgan davlatlarning ko`pchiligidan iqtisodiy parametrlarining barcha sistemalari bo`yicha ajralib turadi. “YaIM”ni rivojlanayotgan mamlakatlardan farqlanib turuvchi xususiyatlaridan biri ularni rivojlangan kapitalistik mamlakatlardan ham ajratib turishlidir. Ya’ni, ularning rivojlanishi “Yangi industrial” rivojlanish modeli sifatida mavjudligidir. Bunday xarakterli tomonlar, Lotin Amerikasidagi va shuningdek Osiyodagi “YaIM”ning rivojlanish tajribasini chuqur analiz qilish jarayonida ko`zga tashlangan edi. Lotin Amerikasidagi “YaIM”larning rivojlanish tajribasi va shuningdek Osiyodagi “YaIM”larning ko`pchiligi ozodlikka erishgan jahonning rivojlanayotgan mamlakatlari uchun xalq xo`jaligining ichki rivojlanish dinamikasi bo`yicha ham, tashqi iqtisodiy munosabatlarining ekspansiyasi bo`yicha ham, rivojlanishning o`ziga xos namunasi bo`lib qolmoqda. Odatda, rivojlanayotgan “Yangi industrial mamlakatlar” qatoriga Osiyodagi Janubiy Koreya, Tayvan, Gonkong, Singapur, Malayziya shu bilan bir qatorda Lotin Amerikasidagi “YaIM”lar –Argentina, Braziliya, Meksika kabi mamlakatlar taalukqlidir. Yuqorida sanab o`tilgan barcha mamlakatlar “YaIM”larning birinchi avlodlari yoki birinchi qaldirg`ochlari hisoblanadi. Ularning orqasida “YaIM”ning so`nggi avlodlari (Filippin va Хitoyning janubiy chegaralari va boshqalar) yetishib chiqmoqda.. BMT tomonidan ishlab chiqargan metodika bo`yicha “YaIM”lar qatoriga kiruvchi davlatlar u yoki bu kriteriyalar bo`yicha alohida ajralib turadi. Ular quyidagilardan iboratdir: - Yalpi ichki mahsulot tarkibidagi qayta ishlash sanoatining umumiy miqdori bo`yicha( 20% atrofida bo`lishi kerak). - Chiqariladigan tovarlarning umumiy miqdoriga nisbatan sanoat maxsulotlarining ulushi va eksport miqdori bo`yicha. - Хorijiy mamlakatlarga chiqariladigan to`g`ridan–to`g`ri investitsiyalarning umumiy miqdori va h.o.lar. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling