Meni qo'sab yig'lab endi bo'zlama
Sog'inma, sog'inching eshitgim ham yo'q
Men sevgimni topdim endi ko'nglim to'q
Seni tengi yuq gul deya o'ylardim
Sen meni jonimsan deya so'zlardim
So'zlaring sog'inib goho bo'zlardim
Sog'inma,sog'inching eshitgim ham yo'q
Men sevgimni topdim endi ko'nglim to'q.
Kel deya yonimga chorlayolmayman
Yurakdagi yuking men ololmayman
Poyimga tiz cho'kma kechirolmayman
Sog'inma,sog'inching eshitgim ham yo'q
Men sevgimni topdim endi ko'nglim to'q.
*******
Jaxl chiqsa aql ketar deydilar
Muxabbatda jaxlga hech o'rin yo'q
Sabr qilsang murodingga yetarsan
Ishq bog'ida besabrga ko'rim yo'q
SHUKUR QIL
Shukur qil oyog'ing yurgani uchun
Shukur qil ko'zlaring ko'rgani uchun
Shukur qil yuraging urgani uchun
Shukur qil ey do'stim shukur qil
Oyog'i ishlamay yurganlar qancha
Ko'zlari ko'rmasdan turganlar qancha
Yuraging urishdan to'xtamay turib
Shukur qil ey do'stim shukur qil
Shukur qil xech kimdan kaming yo'q
Shukur qil tashvishu g'aming yo'q
Yordamga zor bo'lgan daming yo'q
Shukur qil ey do'stim shukur qil
Yashashdan maqsading yeyish bo'lmasin
Qimmat baho kiyim, kiyish bo'lmasin
Boshing omon bulsa do'ppi topilar
Shukur qil ey do'stim shukur qil
Nolima o’g’lim yo’q farzandim qiz deb
Ortimdan qolmaydi erta bir iz deb
Tirnoqqa zor bo’lgan insonlar qancha
Shukur qil ey do'stim shukur qil
ONADAN BOSHQASI YOLG’ON
Ba’zida aldanib shirin so’zlarga
Ma’suma ko’ringan qaro ko’zlarga
Bag’ishlab qo’yamiz o’zni-o’zlarga
Dunyoda onadan boshqasi yolg’on
Mexr bersang gulga tikan sanchadi
Do'stlaringiz bilan baham: |