Dunyo nega bunaqa


Download 81.19 Kb.
bet1/10
Sana13.05.2023
Hajmi81.19 Kb.
#1455476
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
QALB GAVXARI




Muallif: BOYMONOV MEHRIDDIN BAHRIDDIN O’G’LI
«MEXRUSH»


QALB GAVXARI SHERIY TO’PLAMI


DUNYO NEGA BUNAQA


Mana men xam qo’lga oldim qalamni
To’kib sochdim bordardimni, alamni
Ko’zlarimga tor bo’lgan bu olamni
Ayting do’stlar dunyo nega bunaqa
Sinovlari turfa hil xar qanaqa


Kimdir kuyar yo’qdir otam onam deb
Kimdir yiglar yo’qdir bitta bolam deb
Nega buncha beshavqat bu olam deb
Ayting do’stlar dunyo nega bunaqa
Sinovlari turfa hil xar qanaqa


Hayotning o’zi bu besh kunlik safar
Og’a –ini qarindoshdan olmaymiz xabar
Umrni o’tkazib befayz besamar
Ayting do’stlar dunyo nega bunaqa
Sinovlari turfa hil xar qanaqa


Birov pul topay deb safarga ketar
Boshqasin topgani avlodga yetar
Boylikni qaybiri orqalab ketar
Ayting do’stlar dunyo nega bunaqa
Sinovlari turfa hil xar qanaqa


Kimlardir yo’l yurar olisga tomon
Kimga yaxshi uchrar kimgadir yomon
Kimlar yo’lin topmay xar yerda sarson
Ayting do’stlar dunyo nega bunaqa
Sinovlari turfa hil xar qanaqa


Nega borligida qadr qilmaymiz
Yo’q bo’lsa berar deb sabr qilmaymiz
Har bir ishni o’ylab tadbir qilmaymiz
Ayting do’stlar dunyo nega bunaqa
Sinovlari turfa hil xar qanaqa


Bir birimiz quvvatlab beraylik yordam
Yaxshilik qilaylik xaryerda xar dam
Sherini yakunlab shuyerda birdam
Mexrush aytar dunyo o’zishunaqa
Sinovlari turfa hil xar qanaqa


SEVGI NIMA U



Download 81.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling