Dunyo nega bunaqa


Sevsangu sevging javobsiz qolsa


Download 81.19 Kb.
bet2/10
Sana13.05.2023
Hajmi81.19 Kb.
#1455476
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
QALB GAVXARI

Sevsangu sevging javobsiz qolsa
Xar ko’rganda ming bor joningni olsa
Gul tutsang, guling egasiz qolsa
Sevgi roxatmikan yoki iztirob


Uni o’ylab tunni o’tkazsang bedor
Goxida o’zingni o’ylasang nochor
Dunyo ko’zlaringga ko’ringanda tor
Sevgi azobmikan yoki mukofot


Oqshomlari oyga aytsang dardingni
Sevganing bilmasa sening qadringni
Nozlar qilib sinayversa sabringni
Sevgi sinovmikan yoki bir o’yin


Joningni bersangu qilmasa parvo
Visol onin bir bor ko’rmasa ravo
Bu qanday darddirki bo’lmasa davo
Sevgi og’riqmikan yoki shirin his


Ey Mexrush sevgi bu nima o’zi ayt
Bilmasang bu yo’ldan yurma ortga qayt
So’rab ko’r Toxiru – Zuxro ne derkin
Sevgi nima o’zi sevgi qanday bayt


SURATLAR


O’tarkan do’st-u yor, ota onang ham
O’tarkan yaxshi kun shodiyonang ham
Bir kuni unutmas seni bolang ham
Suratlar estalik bulib qolarkan


Sevgiling sog’inchi o’tida yonsang
Do’stlaring siyratin eslolmay qolsang
Tark etib quvvating keksayib qolsang
Suratlar estalik bulib qolarkan


O’zgararkan dunyo olam o’zgarar
Hayot oqar daryo odam o’zgarar
Mayli nima desa desin o’zgalar
Suratlar estalik bulib qolarkan


Ertaga qaytmaydi bugungi bahor
Bulbul bir xil sayramas ertangi nahor
Bo’y cho’zib gullari o’zgarar gulzor
Suratlar estalik bulib qolarkan


2016-yil Yanvar
OTA – ONA


Suyangan tog’imsiz ota
Ishongan bog’imsiz ona

Download 81.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling